Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


 Ma’muriy, jinoyat,fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish


Download 3.9 Mb.
bet59/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

6. Ma’muriy, jinoyat,fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish


Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish.“Harakatlar strategiyasi”ning 2.3. bandida ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish belgilangan bo‘lib, unda ushbu qonun hujjatlariga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish kabi muhim vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifa doirasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning shaffofligi hamda samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning rivojlanish holati, zamonaviy talablardan, xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb etishni nazarda tutgan holda, “Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiya” loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda:
birinchidan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash imkoniyatini kengaytirish nazarda tutilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga jinoyat sodir etgan shaxsni jamiyatdan ajratmagan holda, uni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali axloqiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turini kiritish belgilangan. Ushbu o‘zgartirishlar jinoyat sodir etgan ko‘plab insonlarni jamiyatdan, ularning oilasidan ajratmagan holda, sodir etgan jinoyati uchun insonparvarlik tamoyillariga asoslangan jazo turlarini kengroq qo‘llash imkonini beradi;
ikkinchidan, yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini yanada kengaytirish o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda asosan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni ushbu institutga kiritish nazarda tutilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 661-moddasiga muvofiq, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi. Bugungi kunda yarashuv institutiga 50 dan ortiq jinoyatlar kiritilgan bo‘lib, minglab insonlar jinoyatni sodir etgandan so‘ng etkazilgan zararni qoplab, jabrlanuvchilar bilan yarashib, jinoiy javobgarlikdan ozod bo‘lmoqda. Bu boradagi islohotlarni davom ettirish va yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga asos bo‘ladigan jinoyatlar sonini kengaytirish mamlakatimizda yanada ko‘proq shaxslarni sudlanganlik holatidan saqlab qoladi;
uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to‘xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish ham ushbu loyihada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda iqtisodiyot sohasidagi, jumladan, xo‘jalik faoliyati sohasidagi ayrim ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan batamom chiqarib tashlash, buning evaziga mazkur sohada birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lga qaytsa, ularning qonun buzilish holatlari va uning natijasida etkazilgan zarar bartaraf etilsa hamda ular tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishni boshlasa, bunday toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;
to‘rtinchidan, voyaga etmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual xarakatlarni o‘tkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga doir bir qator o‘zgartirishlar kiritish belgilangan. Bunda diqqat-e’tibor voyaga etmagan shaxslarni o‘qish va ishdan, eng asosiysi, ularni oilasidan ajratmagan holda, ularning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi, xorijiy mamlakatlarda o‘zini ijobiy tomondan oqlagan jazo va majburlov choralarini kengroq qo‘llashga qaratiladi. SHuningdek, nafaqat voyaga etmagan ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarni, balki jinoyatlardan jabr ko‘rgan va u yoki bu jinoyatning guvohi bo‘lgan voyaga etmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish kabi muhim o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Bunda voyaga etmagan shaxslarga nisbatan tergov harakatlarini amalga oshirishda ularni advokat,ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari bilan ishtirokini ta’minlash, ushbu jarayonlarning muddatlarini qisqartirish va boshqa shu kabi o‘zgartirishlar nazarda tutiladi;

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling