Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
Fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash uchun ularga quyidagi imkoniyatlar berilishi kerak
Fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining, mansabdor shaxslarning, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashayotgan huquqi yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqli. Demak, sudlar manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini ximoya qilish yo‘li bilan odil sudlovni amalga oshiradi. Odil sudlovning faqat sudlar tomonidan amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunda va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topgan. Fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlash uchun ularga quyidagi imkoniyatlar berilishi kerak: sud xarajatlarining ko‘p bo‘lmasligi; sud tomonidan davlat boji to‘lashdan ozod qilinishi yoki ularni to‘lashni kechiktirilishi; malakali yuridik yordam olishga yo‘l qo‘yilishi; fuqarolarga sud himoyasidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida sud idoralari xalqning yashash joylariga mumkin qadar yaqinlashtirilib joylashtirilgan bo‘lishi. Bu imkoniyatlarning ayrimlari bo‘yicha mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 oktyabrdagi “Tuman va shahar umumiy yurikdiksiya sudlari faoliyatinini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4570-sonli Farmoni60 qabul qilinishi munosabati bilan ayrim viloyatlarning uzoq, chekka tumanlarida fuqarolik ishlari bo‘yicha tuman sudlari (masalan, Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Forish tuman sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi, Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Nurobod tuman sudi) tashkil etildi. Fuqarolarning malakali yuridik yordam olishini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga, “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunga va boshqa qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Biroq, hozirgi kunda qonunchilikdagi ayrim to‘siqlarning mavjudligi fuqarolarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sud orqali himoyalanish huquqini cheklamoqda. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4850-sonli61, 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonli Farmonlarining qabul qilinishi62 mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, fuqarolarning odil sudlovga to‘sqinliksiz erishishini ta’minlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tardi. Mazkur farmonlarda belgilangan chora-tadbirlar, o‘z navbatida, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida o‘z aksini topdi. Hozirgi vaqtda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilish jarayonida davlat bojlariningyuqori miqdorda belgilangan fuqarolarning odil sudlovni amalga oshirishlarida qaysidir ma’noda to‘sqinlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonliqarori bilan tasdiqlangan “Davlat boji stavkalari”ga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilinganida davlat boji quyidagi miqdorda to‘lanadi:
Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling