Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
2. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish
O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat, Toshkent shahri va jami viloyatlar tarkibida 157 tuman va shaharcha mavjud. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha dunyoda 55 - o‘rinni, aholisining soni bo‘yicha 39- o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” mavzusidagi ma’ruzasida aynan, “... iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, mamlakatimiz hududlarini rivojlantirish bo‘yicha qaysi eng muhim ko‘rsatkichlarni joriy yil birinchi choragi va birinchi yarim yilligida bajarish uchun nima qilish kerak?” degan masala ta’kidlab o‘tilgan86. E’tirof etish joizki, bugungi kunda viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish hisobidan hududlarni barqaror rivojlantirishga erishish, aholi bandligini ustuvor ta’minlashga erishish, barcha mavjud resurslar salohiyatidan oqilona foydalanishni ta’minlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimiz tarkibiga kirgan har bir viloyat, tuman ma’lum ob’ektiv qonuniyatlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, geografik va hududiy joylashuvi, iqtisodiyotining tarkibi, sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanganlik darajasi, hududlarning demografik holati va aholining joylashuvi, shuningdek, iqlimi, suv va tabiiy resurslar salohiyatiga egaligi bilan bir-biridan farq qiladi. Farg‘ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida foydali qazilma va mineral xomashyo resurslari juda kam, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi foydali qazilma va mineral xomashyo resurslarga boy, Jizzax, Samarqand viloyatlari ushbu resurslar mavjud hududlar qatoriga kiradi. Mamlakatimiz yoqilg‘i - energetik salohiyatida esa Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlarining salohiyati yuqori. YUrtimiz aholisi ham viloyatlar bo‘yicha notekis joylashgan. Masalan, Andijon viloyatida 1 kvadrat kilometrga to‘g‘ri keladagan aholi soni 665 kishini, Navoiy viloyatida esa 8,2 kishini tashkil etadi. Viloyatlar va tumanlarning er-suv resurslari, iqlim sharoitlari ham kam bo‘lsa-da, farqlanadi. Er-suv resurslarining sifatida ham jiddiy tafovutlar mavjud. Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida tabiat bilan bog‘liq ekologik turizmni rivojlantirish uchun juda qulay imkoniyatlar mavjud. YUrtimizda Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Qo‘qon kabi jahonga mashhur turistik shaharlar mavjud. Turizm sohasida deyarli barcha viloyat va tumanlarda imkoniyatlar etarli, ammo yuqorida sanab o‘tilgan hududlarda mutlaq va nisbiy ustunliklar ko‘proq sanaladi. YAna bir jiddiy farq - hududlarda iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va insonlar yashashi uchun zarur ne’matlar bilan ta’minlash imkoniyatlarida o‘z aksini topadi. Ana shunday murakkab holat sharoitida barcha viloyat va tumanlarni barqaror va jadal rivojlantirish, ular o‘rtasidagi tafovutlarning juda kattalashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining jiddiy e’tibor berayotgan masalalari qatoriga kiradi. Olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasiga ko‘ra, hududlarning rivojlanishida, ularning iqtisodiyotining tarkibida sezilarli farqlar mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmonida belgilab berilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ham aynan viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan masalalar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab berilgan. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling