Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
-mavzu. Ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi daromadlari
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Harakatlar strategiyasida ham
9-mavzu. Ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi daromadlari
Reja: Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish Tayanch so’z va iboralar: aholi bandligi, aholini ijtimoiy himoya qilish, infratuzilma, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari 1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish haqi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir. SHu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyasiya sur’atlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan. Byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni asosida muntazam oshirib boriladi. Xususan, Prezidentning 2016 yil 22 avgustdagi PF-4822-sonli «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi Farmoniga asosan 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam: ish haqi – oyiga 149 775 so‘m; yoshga doir pensiyalar – oyiga 292 940 so‘m; bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 292 940 so‘m; zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 179 755 so‘m qilib belgilandi. Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari huquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 2 fevraldagi“Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2753-sonli qarori94 qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab: barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat hududida hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda beriladi; 58 ta tog‘li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar hech qanday cheklovlarsiz to‘liq hajmda naqd shaklda amalga oshiriladi; oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi. Bundan tashqari, hududlarda shakllangan ish haqini naqd shaklda hamda plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashda odamlar o‘z ish haqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va o‘zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud to‘lov terminallari infratuzilmasi hisobga olinadi. Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan. Binobarin, yurtimizda har yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, hududlar bo‘yicha mehnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti. Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi (har yili yarim milliondan ortiq bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muhtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi. YUrtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo‘lsa-da, o‘tgan yili Bandlikka ko‘maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq95. Bunday holat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, ya’ni ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mehnat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2016 yilda Bandlikka ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilganlarning 93,2 foizi ishga joylashtirilgan (15-jadval). 15--jadval Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling