Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
-jadval O‘zbekiston Respublikasi va viloyatlari iqtisodiyotining
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqalar nomi YAIM (YAHM) Sanoat mahsuloti
- O‘zbekiston Respublikasi 100 100
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi
- 12-jadval O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy ko‘rsatkichlar (kishi, ming so‘m) (2016 yil)
- Mintaqalar nomi YAIM (YAHM) Sanat mahsuloti
- Xizmatlar CHakana savdo O‘zbekiston Respublikasi
- 9-rasm. 2016 yilda Toshkent shahar hududiy eksport Dasturi doirasidagi vazifalarning bajarilishi 88
11-jadval
O‘zbekiston Respublikasi va viloyatlari iqtisodiyotining tarkibi holati tahlili (2016 yil)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statitika qo‘mitasi ma’lumotlari 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSH dollari miqdoridagi 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 barobar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizga, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizga oshadi87. YUqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2016 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida Toshkent shahri (15,79foiz), Toshkent viloyati (10,30foiz), Qashqadaryo viloyati (7,47foiz), Samarqand viloyati (7,05foiz), Farg‘ona viloyati (6,98foiz), Andijon viloyati (5,65foiz), Navoiy (5,29foiz) viloyatlari salmoqli hissaga ega. Xorazm, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ulushi mos ravishda 2-3 foiz atrofida bo‘lgan. Ushbu raqamlar yuqoridagi viloyat va tumanlarning mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish to‘liq emasligini, hududlarda katta imkoniyatlar ishga tushmay qolayotganini ko‘rsatadi. YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish hisobidan hududlarni barqaror rivojlantirishga, aholi bandligini ustuvor ta’minlashga erishish, barcha mavjud resurslar salohiyatidan oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb masalalardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. . 12-jadval O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy ko‘rsatkichlar (kishi, ming so‘m) (2016 yil)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statitika qo‘mitasi ma’lumotlari Mamlakatimizning barcha viloyat va tumanlaridagi mavjud imkoniyatlarni chuqur o‘rganish, iqtisodiyotini ilmiy, amaliy tahlil etish asosida viloyat va tumanlarda,chekka qishloqlarda ham sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalarini keng rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Bu jarayonning asosiy maqsadlaridan bir yurtimizning barcha hududlarida istiqomat qilayotgan insonlar uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi YUqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, viloyatlar bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan asosiy ko‘rsatkichlarda ham jiddiy farqlar mavjud. Jumladan, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 6 258,6 ming so‘mni tashkil etgan holda, bu ko‘rsatkich Navoiy viloyatida 11 271 ming so‘mni, Toshkent shahrida 13 068,8 ming so‘mni tashkil etgan. Andijon, Jizzax, Samarqand, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida 4000 ming so‘mdan past bo‘lgan. Ko‘rsatkichlardagi farqlar mavjud holatni chuqur tahlil qilish asosida viloyatlarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farqlarning sabablarini aniqlash, imkon darajasida ularni minimallashtiradigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Ushbu masalalarni optimal echishning eng muhim omillaridan biri sifatida shaxsiy javobgarlikni oshirishga e’tibor kuchaytirilmoqda. Mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlab berayotgan hududiy iqtisodiyot tarmoqlari muhim hisoblanadi. Bu tarmoqlar mamlakatimiz aholisining sanoat, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda, qayta ishlash sanoati tarmoqlarini esa xomashyoga bo‘lgan talabni qondirishda katta ahamiyatga ega.SHuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz poytaxti hisoblangan Toshkent shahri bevosita iqtisodiyotning barcha sohalarida ijobiy o‘sish tendensiyasiga erishib kelmoqda. 2017-2020 yillarda Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, o‘tgan yillardagi iqtisodiy o‘sish holatiga tahliliy yondashadigan bo‘lsak, o‘tgan 2016 yil yanvar holatiga ko‘ra, yalpi hududiy mahsulot hajmida 15,6 foizni tashkil etmoqda. 9-rasm. 2016 yilda Toshkent shahar hududiy eksport Dasturi doirasidagi vazifalarning bajarilishi88 2016 yilda Toshkent shahar hududiy eksport Dasturi doirasidagi vazifalarni bajarilishholati bo‘yicha ma’lumotlarga tahliliy nazar tashlaydigan bo‘lsak, hududiy eksport hajmida sanoat mahsulotlari 297,1 million dollar yoki 23 foizni, meva-savbzavot mahsulotlari 421,1 million dollarni yoki 33 foizni hamda xizmatlar eksporti esa 575million dollarni tashkil etgan. Hududiy eksport hajmida xizmatlar eksportining ulushi yuqori bo‘lmoqda, bu esa o‘z-o‘zidan ayonki, Toshkent shahri asosan barcha hududlar uchun bevosita eksport xizmatini ko‘rsatib kelayotgani bilan yuqori tendensiyaga ega bo‘lmoqda. 2016 yilning yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida 55129 ta yuridik shaxs faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shu jumladan sanoat korxonalari 12313 ta, kichik biznes sub’ektlari soni 47250 tani, qo‘shma korxonalar soni 3385 tani tashkil etmoqda. Toshkent shahrining deyarli barcha tumanlarida bozor infratuzilma ob’ektlarining to‘liq tashkil etilgani va komunal va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning uzluksiz ishlashi, aynan ushbu hududda kichik biznes sub’ektlari uchun qulay investitsion va innovatsion muhitning shakllangani natijasida rivojlanish darajasi o‘sib bormoqda. Hududning boshqa tumanlari kabi,YAshnobod va Olmazor tumanlarida ham kichik biznesning innovatsion texnoparklarini tashkil etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Toshkentning YAshnobod va Olmazor tumanlarida maxsus innovatsion texnoparklar yaratish rejalashtirilgan. YAshnobod tumanidagi texnopark materialshunoslik, elektron asbob va kontrollerlar, ozuqa va biologik faol qo‘shimchalar, dori vositalari sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va kichik innovatsion ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etish maqsadida barpo etilishi belgilab olindi. 13-jadval Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling