Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash


Moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash orqali sog‘liqni saqlash xarajatlari samaradorligini oshirish


Download 1.21 Mb.
bet4/7
Sana27.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1300460
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash

Moliyalashtirishning yangi usullarini qo‘llash orqali sog‘liqni saqlash xarajatlari samaradorligini oshirish


Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash uchun katta miqdorda investitsiyalarga ehtiyojni e’tiborga olib, sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish hajmi va yangi usullarni qo‘llash orqali samaradorligini oshirish zarur. Sog‘liqni saqlashga sarflanayotgan mablag‘larning hozirgi YaIMning 2,9 foiziga teng bo‘lgan darajasi jamiyat sog‘lig‘ini saqlashni yaxshilash uchun yetarli emas. Sog‘liqni saqlash tizimiga budjet hisobidan, budjetdan tashqari fondlar tashkil qilish va donor tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish hisobidan ajratilayotgan moliyalashtirish miqdorini asta-sekinlik bilan ko‘paytirish aholi farovonligini oshirish loyihalarining ustuvor vazifalaridan sanaladi.
Rivojlanishning hozirgi bosqichini hisobga olgan holda sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yangi usulini qo‘llash orqali ushbu soha xarajatlari samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Moliyalashtirishning yangi usuli sifatida mamlakatimizda fuqarolarning jamg‘arib boriladigan tibbiy sug‘urtalash tizimini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xorojiy tajribalardan ko‘rib o‘tilganidek, bu usul o‘z navbatida yetarli darajada insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan ehtiyojlarini sifatli va samarali tarzda qondirilishida muhim ahamiyatga ega. Mazkur fond mablag‘lari hisobidan tibbiy xizmatlarning to‘lovini amalga oshirishda xizmatlar sifatini oshirish uchun:

  1. tibbiy xizmat sifati va boshqa ko‘rsatkichlarni talab etish huquqlarini tibbiy xizmatdan foydalanuvchi ixtiyorida mavjud bo‘lishini ta’minlash;

  2. tibbiyot xodimi tomonidan davolanuvchiga yetkazilgan zararni tibbiyot muassasasi, tibbiyot xodimining sug‘urtalovchisi yoki tibbiyot xodimi hisobidan qoplanishini nazorat qilish maqsadga muvofiq.

Majburiy tibbiy sug‘urtani amalda joriy etish shuningdek, bir nechta asosiy masalalarni hal etishni taqozo qiladi. Bular:

  • tibbiy sug‘urtani qay shaklda joriy etgan ma’qul: ijtimoiy sug‘urta shaklidami yoki tijorat sug‘urtasi shaklidami;

  • majburiy tibbiy sug‘urta uchun to‘lovlar qaysi mablag‘lar hisobidan amalga

oshiriladi;

  • majburiy sug‘urtaning qamrovi qanday bo‘ladi.

Yuqorida ta’kidlangandek, majburiy tibbiy sug‘urta, ijtimoiy sug‘urta yoki sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunga muvofiq majburiy sug‘urta shaklida amalga oshirilishi mumkin. Tibbiy sug‘urtaning ijtimoiy sug‘urta shaklida joriy etilishi fond tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu fond majburiy tibbiy sug‘urta mablag‘larini jamlab, shu mablag‘lar hisobiga sug‘urtalanuvchilar (sug‘urta polislari egalari) ning tibbiy xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshiradi. Tibbiy sug‘urtani bu shaklda tashkil qilish qo‘shimcha ma’muriy xarajatlarga olib keladi. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda moliyaviy rejalashtirish modelidan foydalanish hamda ularni hududlarda amalga oshirish lozimdir. Quyidagi 3-rasmda Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy rejalashtirish tuzilmasi keltirilgan bo‘lib, aynan shunday ketma-ketlikda ishlarni amalga oshirish o‘z navbatida ijobiy samaraga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda sog‘liqni saqlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga mos tarzda moliyaviy rejalashtirishning maqsadini aniqlash talab etiladi. Keyingi bosqichda esa, qo‘yilgan maqsadga erishishda moliyaviy resurslarga talabni asoslash hisoblanib, ushbu moliyaviy rejani amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Aholiga o‘z navbatida tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida xizmatlar ko‘rsatilish monitoringini olib borish talab etiladi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling