Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash


-rasm. Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy rejalashtirish tuzilmasi


Download 1.21 Mb.
bet5/7
Sana27.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1300460
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash

3-rasm. Sog‘liqni saqlash sohasida moliyaviy rejalashtirish tuzilmasi
Sog‘liqni saqlash muassasalalarini moliyalashtirishni maqsadli yondashuvlar asosida takomillashtirish bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi, ularga quyilagilarni kiritish mumkin:

  • davlat kafolati ostida bo‘lgan tibbiy yordam va moliyaviy resurslar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik darajasini ta’minlashni yanada kuchaytirish;

  • tizimda mablag‘larni tasarruf etishning natijaviyligini oshirish;

  • sohada bozor munosabatlari sharoitiga mos tarzda tajribadan o‘tgan va samarali sug‘urta tizimini rivojlanishini jadallashtirish;

  • sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishini moliyaviy rag‘batlantirish;

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovlar va tibbiy sug‘urta hisobiga ko‘rsatiladigan bir turdagi tibbiy xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro farq darajasi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik;  sog‘liqni saqlashning birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan ambulatoriya-poliklinika muassasalariga ularga biriktirilgan aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabidan kelib chiqib moliyaviy rejalashtirishni boshqarish vakolatlarini kengaytirish.

Budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar doirasida aholi salomatligi ko‘rsatkichlari talablariga javob berishini ta’minlash, boshqa ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirishda bemorlarning tibbiy xizmatlarni tanlash imkoniyatlarini yaratish, ya’ni tibbiyot muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar bozorida raqobat muhitini kuchaytirish zarur (4-rasm). Natijada, sarf etilayotgan moliyaviy resurslardan maqsadli foydalanish va xizmatlar bilan ular orasida o‘zaro bog‘liqlik darajasini oshirish orqali samaradorlikka erishiladi hamda tizimni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash jarayonlari takomillashadi. Pirovardida, aholining o‘rtacha umr ko‘rishi oshib, bolalar o‘rtasida o‘lim turli yuqumli kasalliklar darajasi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar optimallashadi.

4-rasm. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning yangi usullaridan foydalanishning umumiy ko‘rinishi


Bu yerda JBTF – Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan tibbiy fondi har bir inson uchun shaxsiy ochiladigan hisob raqam hisoblanadi. Ushbu hisob raqamda mab‘lar jamlanib, aynan tibbiyot xarajatlariga yo‘naltiriladi. Shu o‘rinda aytish mumkinki, sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirishni takomillashtirishda ishlab chiqilgan va ilmiy tavsiyalar sifatida taklif etilgan chora-tadbirlarni amaliyotda qo‘llash o‘zining samarali natijasini beradi.


Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling