Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash


-rasm. 2014 yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining moliyalashtirish manbalari


Download 1.21 Mb.
bet3/7
Sana27.03.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1300460
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sog‘liqni saqlash tizimini moluyaviy ta`minlash

2-rasm. 2014 yil “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining moliyalashtirish manbalari
Keltirilgan mahsulotlardan ko‘rish mumkinki, mamlakatimizda davlat dasturini amalga oshirishda so‘mdagi xarajatlarning 40 foizini tijorat banklari mablag‘lari, 38 foizni esa, budjet va budjetdan tashqari fondlar mablag‘lari, 22 foizini Ijrochilar va homiylar mablag‘lari tashkil etmoqda.
“Sog‘lom bola yili” davlat dasturiga binoan bevosita sog‘liqni saqlash sohasiga xalqaro tashkilotlarning aksariyat mablag‘lari yo‘naltirilgan bo‘lib, ular grantlar, kreditlar ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Xalqaro tashkilotlar mablag‘larining bevosita sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirilishi ushbu sohani modernizatsiyalashda, ishchi xodimlarni malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturini ko‘radigan bo‘lsak, aynan shu jihatlarga e’tibor qaratilib o‘tilgan. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturiga ko‘ra xalqaro tashkilotlar quyidagi ishlarga mablag‘ yo‘naltirishi belgilangan:

  • Homiylar va ES/YuNISEF “SUOMiD-2 faza” loyihasining 800 ming evro mablag‘lari hisobiga 7,2 ming nafar mutaxassisni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari asosida ona va bola salomatligini muhofaza qilish yo‘nalishida zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga o‘qitish;

  • BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)larining umumiy 220 mln. so‘mlik mablag‘lari evaziga aholining tibbiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Sog‘lom ona — sog‘lom bola” loyihasini amalga oshirish belgilangan.

  • 102,8 mln AQSh dollari miqdoridagi Koreya Respublikasining Iqtisodiy

rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi krediti va 6 mlrd 500 mln so‘m miqdorida budjet mablag‘lari evaziga 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Koreya Respublikasining iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasining moliyaviy ko‘magida va zamonaviy bolalar ko‘p ixtisosli markazini (IV daraja) qurish va uskunalari bilan jihozlash rejalashtirilgan.


  1. Download 1.21 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling