Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tovar-moddiy zaxiralar hisobi va auditining nazariy-huquqiy asoslari


Tovar moddiy zaxiralar ombor xo’jaligi auditida inventarizatsiya va uni o’tkazish tartibini takomillashtirish


Download 83.65 Kb.
bet3/3
Sana12.03.2023
Hajmi83.65 Kb.
#1264840
1   2   3
Bog'liq
Tovar moddiy zahiralari hisobi

Tovar moddiy zaxiralar ombor xo’jaligi auditida inventarizatsiya va uni o’tkazish tartibini takomillashtirish.

Tovar-moddiy zaxiralarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish chog’ida auditor olinayotgan moddiy boyliklar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i (agar korxona QQS to’lovchi bo’lsa) ning hisobda aks ettirilishini ham tekshiradi.
Mol yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlarida alohida qator bilan ajratib ko’rsatilib, xaridor korxonaga to’lov uchun taqdim qilinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasi 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining debeti va 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. To’langan qo’shilgan qiymat solig’i summalari ishlab chiqarish zaxiralarining sotib olish qiymatiga kiritilmaydi ya’ni 1010-1090 «Materiallar» yoki 1510 «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotlar debetiga olib borilmaydi.
4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyotining istalgan hisobot sanasiga debet qoldig’i sotib olingan, lekin hali puli to’lanmagan moddiy boyliklarga tegishli bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i summasini bildiradi. Ushbu summa balans aktivining II bo’limida tegishli modda bo’yicha ajratib ko’rsatiladi.

  1. Auditning xalqaro standartlari bo’yicha tovar-moddiy zaxiralar hisobi va ombor xo’jaligi auditini takomillashtirish.

Auditor sotib olinadigan zaxiralarning maqsadli tayinlanishi yoki qanday maqsadlar uchun ishlatilishiga ko’ra qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobdan o’chirish tartibiga e’tibor qaratishi zarur. Chunki moddiy resurslarni ishlab chiqarishga sarflash me’yoriga qarab, ularga tegishli bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’i summasi 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha)» schyot debeti va 4410 -«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti kreditida; moddiy boyliklarni boshqa korxonalarning ustav kapitaliga moliyaviy qo’yilma sifatida, hamda ularni tekinga berish chog’ida qo’shilgan qiymat solig’i summasi 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debeti va 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti kreditida aks ettiriladi. Shuningdek, qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha yakuniy hisob-kitob 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik (turlari bo’yicha) » schyot debeti va 4410 -«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyot krediti bo’yicha aks ettiriladi.
Sotib olingan moddiy boyliklarga doir qo’shilgan qiymat solig’i faqat quyidagi qonunchilik shartsharoitlari bajarilgandagina byudjetdan qoplanadi:
qo’shilgan qiymat solig’i dastlabki va hisob-kitob hujjatlarida alohida satr bilan ajratib ko’rsatilganida;
moddiy boyliklar haqiqatda qabul qilinganida;
moddiy boyliklar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sotib olinganida.
Barcha hollarda qo’shilgan qiymat solig’i faqat moddiy boyliklar kirim qilinganida va mol yetkazib beruvchilarga puli to’langanidagina hisobdan o’chiriladi.
Amaliyotda korxonalar moddiy boyliklarni kirim qilmasdan turib, ya’ni tovarmoddiy zaxiralarni hisobda aks ettirish talablariga rioya qilmasdan hisobdan o’chirish hollari ko’p tarqalgan. Bu qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha soliq bilan bog’liq noxush oqibatlarga olib keladi. Masalan, auditor korxona tomonidan kabel sotib olinganligi va uning qiymati mol yetkazib beruvchi tomonidan taqdim qilingan schyotga muvofiq 1 200 000 so’m, qo’shilgan qiymat solig’i esa 240 000 so’mni tashkil etganligini aniqladi. Ushbu muomala mijoz-korxona buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirilgan:
Debet 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – kabel qiymati 1 200 000 so’mga
Kredit 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti – kabel qiymati – 1 200 000 so’mga;
Debet 4410-«Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti- qo’shilgan qiymat solig’i summasi 240 000 sumga
Kredit 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - qo’shilgan qiymat solig’i summasi 240 000 so’mga
Debet 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» schyoti - qo’shilgan qiymat solig’i summasi 240 000 so’mga
Kredit 4410 - «Soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» schyoti – qo’shilgan qiymat solig’i summasi 240 000 so’mga.
Ushbu vaziyatda auditor tomonidan tovar-moddiy zaxiralar qoldig’ining buzib ko’rsatilishi va ular tannarxining hisobot davrida oshirib ko’rsatilganligi to’g’risida xulosa qilingan. Chunki, haqiqatda barcha materiallar to’laligicha hisobdan o’chirilib ishlab chiqarish tannarxiga olib borilmagan. Bundan tashqari, barcha moddiy boyliklar o’z vaqtida qabul qilinmaganligi munosabati bilan, soliq organlari qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga o’tkazishga taqdim qilishni asossiz deb topishlari mumkin. Lekin, ma’lum sharoitlarda qabul qilingan moddiy boyliklarga tegishli qo’shilgan qiymat solig’i, ularning haqiqiy sotib olish tannarxiga kiritilishi kerak. Xususan quyidagi hollarda:
ishlab chiqarish zaxiralari qo’shilgan qiymat solig’i solinmaydigan maxsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish uchun ishlatilganida;
ishlab chiqarish zaxiralari chakana savdo tashkilotlari va aholidan naqd pulga sotib olinganida;
ko’p marta ishlatiladigan idishlar sotib olinganida;
schyot-faktura va boshqa hisob-kitob hujjatlarida qo’shilgan qiymat solig’i ajratib ko’rsatilmaganda.
№4 –«Tovar-moddiy zaxiralar» nomli Buxgalteriya hisobi milliy standartida tovar-moddiy zaxiralarini sotib olish xarajatlarining tarkibi keltirilgan. Ularga, xususan, materiallarni tayyorlash va tashib keltirish, import bojxona to’lovlari va yig’imlari, maxsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlar, soliqlar (korxona keyinchalik qaytarib oladigan soliqlardan tashqari, masalan, qo’shilgan qiymat solig’i kabi), hamda tayyorlov-transport, xizmat ko’rsatish va zaxiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Savdo diskontlari, chegirmalar va shunga o’xshash summalar tovar – moddiy zaxiralarni sotib olish xarajatlarini aniqlashda chegirib tashlanadi. 1610 - «Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida yoxud 1000 (1010-1090) – «Materiallarni hisobga oladigan schyotlar»da aniqlanib, hisobdan o’chirilgan transport-tayyorlov sarflari yoki hisob baholaridan chetga chiqishlarni tekshirishda transport tashkiloti yoki vositachi tashkilot to’lovga taqdim qiladigan schyot, tovar-moddiy zaxiralar kirim qilinganidan so’ng kechikib olingan holatlarga e’tibor qaratilishi kerak. Bunday holda transport sarflari materiallarni kirim qilishda ularning haqiqiy tannarxiga qo’shilishi mumkin emas.
Korxonaning omborxona-tayyorlov apparatini saqlash uchun qilingan sarflari, uning hisob siyosatida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq tayyorlangan materiallar tannarxiga qo’shilishi mumkin. Bunday sarflar, odatda, hisobot oyining oxirida taqsimlanadi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish zaxiralarining mahsulot tannarxidagi salmog'i borgan sari oshib bormoqda. Agar ijtimoiy ishlab chiqarishning kengayib borayotgan ko'lamini ko'z oldimizga keltirsak, ishlab chiqarish zaxiralarini tejab-tergab sarflash xalq xo'jaligiga katta samara keltirishini tushunib yetish qiyin emas.

Xulosa
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxona asosiy maqsadiga erishishi uchun aylanma mablag'larni jumladan ishlab chiqarish zaxiralarini tejab foydalanishga alohida e'tibor beradi. Chunki shuning natijasida ular o'z raqobatdoshliligini oshirishga va foydalarini ko'paytirishga, oqibat natijada o'z foydalilik darajasini oshirishga erishadilar. Mahsulot ishlab chiqarishda ishlab chiqarish zaxiralarining ahamiyati va roli juda kattadir. Ularsiz ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati cheklansa, ayrim hollarda ularsiz umuman mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Masalan, ishlab chiqarish zaxiralari hisoblangan materiallar, xom-ashyolar, yoqilg'i, elektr quvvatlari va boshqalar mavjud bo'lmasa mahsulot ishlab chiqarish ham cheklanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. www.uz.wikipedia.org

  2. https://tfi.uz/

Download 83.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling