Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning


 Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi


Download 122.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.10.2023
Hajmi122.33 Kb.
#1712170
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning ragbatlantiruvchanlik

2. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi 
 
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning 
ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli 
hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va 
sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo’jaligi 
tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti» 
ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni muayyan 
tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi
sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa tarmoqqa 
qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to’lovga qobil 
talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.
Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor 
sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari 
yo’q bo’lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, 
ko’rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo’lgan «yuqori 
tashkilot» tushunchasining o’zi asta-sekin yo’qola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni 
izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo’lgan yo’nalishda 
rag’batlantirish zarurati saqlanib qoladi. 
Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko’maklashish. 
O’zbekiston Respublikasida soliqning ushbu vazifasini bajarishi o’ziga xos 
xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda 
sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo’naltirilayotganligi 
tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda 
kattaligidir. Soliq sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga 
yo’naltirishning qudratli vositasi bo’lishi kerak. 


13 
- Aholining mehnat faolligini rag’batlantirish. Soliq deyarli barcha 
mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga 
solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq 
stavkalarining eng yuqori cheharasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi 
kuchining taklifi bilan bog’liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70 - 80 
yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda 
qo’llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib 
kelgan. 
- Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning 
samaradorlik va adolat printsiplari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi 
soliqga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqning uzoq 
muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy 
investorlar kapital qo’yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o’zlarining soliq 
majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez 
o’zgarmaydigan bo’lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo’lmagan 
taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi. 
Yuqorida aytib o’tganimizdek, soliqning byudjetga ijobiy ta’siridan tashqari
muhim iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol 
foydalanish 
mumkin. 
Narx-navoning 
isloh 
qilinishi, 
tashqi 
savdoning 
erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo 
bo’lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash zaruriyatini 
yuzaga keltiradi. Bu vazifani Soliq stavkalarining tabaqalashtirish yo’li orqali hal 
etish mumkin. 
Shunday qilib, soliqning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, 
qisqa muddatli, o’rta va uzoq muddatli vazifalarga bo’linadi. Bu vazifalar 
mazmuniga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Soliq nafaqat davlat byudjetining 
tushumlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga balki davlat daromadlarini 
byudjetning 
o’rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida 
moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. 


14 
Soliqlarning rag’batlantiruvchanligi soliq imtiyozlari va soliq stavkalari orqali 
amalga oshiriladi. 

Download 122.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling