Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning
Download 122.33 Kb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning ragbatlantiruvchanlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI “ SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH ” FANIDAN REFERAT MAVZU : IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHDA SOLIQLARNING RAG’BATLANTIRUVCHANLIK AHAMIYATINI OSHRISH Bajardi: KBI-60 guruh talabasi Saidov F. Ilmiy rahbar: dots. Shirinov S. TOSHKENT-2017 2 Reja: Kirish 1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va diversifikatsiya qilish 2. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi 3. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanlik rolini oshirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 3 Kirish Iqtisodiyotning mafkuradan xoli bo’lishi, iqtisodiyotning siyosatdan ustunligida o’z ifodasini topgan pragmatik iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohotchi vazifasini o’z zimmasiga olishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish, islohotlarni bosqichma-bosqich va vazminlik bilan amalga oshirish kabi tamoyillar asosida iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish masalalari hal qilinmoqda. Yuqorida belgilangan masalalarni hal qilish maqsadida Hukumatimiz tomonidan respublikamizda xususiy va kichik biznesni rivojlantirish, elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash, import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish, asossiz import hajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishlarni har tomonlama qullab – quvvatlash choralari ishlab chiqilmoqda. Shunday chora-tadbirlardan biri soliqlarning rag’batlantiriuvchanlik rolini oshirishdir. Bugungi kundagi soliq tizimi ishlab chiqarishni rivojlantirishni, moddiy xom ashyo resurslari, shuningdek moliyaviy va mehnat resurslari, jamg’arilgan mol-mulkdan samarali foydalanishni rag’batlandiradi. Makroiqtisodiy barqarorlikka rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag’batlantiradi. Soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali davlat xalq xo’jaligi taraqqiyotini rag’batlantiradi. Ishlab chiqarishni soliqlarning rag’batlantirish funktsiyasi orqali rag’batlantirib, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish bilan soliq yukini kuchaytirmasdan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkin faoliyat ko’rsatishi ta’minlanadi. 4 Ammo, soliqlarning rag’batlantiruvchanlik funktsiyasini doimi o’rganib borish zrurati mavjud. Chunki, amaldagi soliq qonunchiligida ayrim berilgan soliq imtiyozlari ko’zlangan natija bermasligi, ayrim sohalarni rivojlantirish zarurligi mavjud. Download 122.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling