Iqtisodiyotni tartibga solishning maqsadi, vazifalari va usullari
Download 93.07 Kb.
|
IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING MAQSADI, VAZIFALARI VA USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING MAQSADI, VAZIFALARI VA USULLARI
Kirish Bozor iqtisodiyoti o’zining ob’ektiv qonunlari hamda o’zini-o’zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qiladi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjuddir. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi ob’ektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklarining buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklarning kuchayishi, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, infyatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo’ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvir ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo’ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o’zini-o’zi tartiblashining bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg’unlashtirishni hamda unga mos ravishda davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirishni taqozo etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun davlatning iqtisodiy siyosati mamlakatimizda rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotini tartiblash mexanizmini yanada takomillashtirish va bozorning o’zini-o’zi tartiblashning ob’ektiv mexanizmi bilan uyg’unlashtirish muxim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o’ziga xos ahamiyat kasb etib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga turli iqtisodiy tizimlar bir-biridan iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlat va bozor rolining nisbati bo’yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi. Mamlakatizmining deyarli barcha sohalarida davlat aralashuvi juda yuqori. Bu o’z navbatida iqtisodiy rivojlanishimizda bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Bu to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tomonidan quyidagi fikrlarning bildirilgan bizning fikrimiz asoslanganligini ayon qildi. Xususan, davlatimiz rahbari “...iqtisodiyotni boshqarishda davlat aralashuvini keskin kamaytirish lozim. Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan bo’lsa, ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion so’mni tashkil etmoqda. Yoqilg’i-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki yuqori darajada saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga to’sqinlik qilmoqda. Ayrim vazirliklar o’zi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda taʼsischi ekani erkin va sog’lom raqobatga yo’l bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. Bunday tizimni endi o’zgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib bo’lmaydi” deya ta’kidlaganlar1. Download 93.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling