Iqtisodiyotni tartibga solishning maqsadi, vazifalari va usullari


Asosiy qism 1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish to’g’risidagi mavjud nazariya va qarashlar


Download 93.07 Kb.
bet2/10
Sana14.05.2023
Hajmi93.07 Kb.
#1460751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING MAQSADI, VAZIFALARI VA USULLARI

Asosiy qism
1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish to’g’risidagi mavjud nazariya va qarashlar
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni tartibga solish ob’ektiv holat hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoda nechta bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakat bo’ladigan bo’lsa, barchasida iqtisodiyot davlat tomonidan tartib solinib turiladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usullari - bevosita, bilvosita va tashqi iqtisodiy usullar hamda davlatning maxsus iqtisodiy dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, uning darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq. Chunki milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo’llar orqali erishiladi (1-rasm):
1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo’llash;
2) iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish;
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish.
Hozirgi davrda O’zbekistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A.Smit tomonidan ko’rib chiqilgan2. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o’zini o’zi tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.


Download 93.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling