Iqtisodiyotni tartibga solishning maqsadi, vazifalari va usullari


Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi usul va vositalari


Download 93.07 Kb.
bet9/10
Sana14.05.2023
Hajmi93.07 Kb.
#1460751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING MAQSADI, VAZIFALARI VA USULLARI

4. Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi usul va vositalari
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:

  • bevosita ta’sir qilish usullari;

  • bilvosita ta’sir qilish usullari;

  • tashqi iqtisodiy usullar.

Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tovon to’lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.

4-rasm. Milliy iqtisodiyotni tartibga solishda foydalaniladigan usullarning guruhlanishi10
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin:
a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o’ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi;
b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi;
v) ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko’radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko’rsatadi;
g) iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar).
Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo’li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo’l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi.

Xulosa
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati tushuniladi.
Bozor qanchalik mukammal vosita bo’lmasin, barcha muammolarni hal etishga qodir emas. U davlat aralashuvisiz iqtisodiy muvozanatni ta’minlay olmaydi. 2007-2008 yillarda boshlangan global moliyaviy iqtisodiy inqiroz saboqlari buni yaqqol ko’rsatdi. Bozor o’zicha barchaga barobar foiz stavkasi, baho va daromadlar mexanizmini yarata olmaydi. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi nisbatni saqlash mikrodarajada davlat ishtiroki va nazorati bilangina ta’minlanishi mumkin. Xuddi mana shu ikki narsada ishlab chiqarish va aholi daromadlarini o’stirishning beqiyos imkoniyati mujassam.
Davlat tomonidan tartibga solish juda muhim vazifa hisoblanadi. Jumladan, bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Chunki, davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko’maklashadi.
Bozor munosabatlarini tartibga solishdan ko’zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarni muayyan va ma’lum yo’nalishlar asosida rivojlantirib, aholining turmush darajasini oshirish choralarini ko’rishdan iboratdir. Shunday ekan, iqtisodiyot qancha rivojlansa, kamol topsa aholi turmush darajasi ham shuncha rivojlanadi va yaxshilanadi.
O’ylaymanki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish davlat uchun hozirgi kunda asosiy vazifalardan biriga aylangan.
Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi taqozo etuvchi sabablardan biri ahilini inson salomatligiga va tabiatga ziyon yetkazuvchi omillardan himoya qilish zaruratidir. Shunday ekan bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi tadbirkor avvalo, o’zini o’ylaydi, o’z manfaati yo’lida faoliyat ko’rsatadi. Bu faoliyat ayrim hollarda tabiatga yoki inson salomatligiga ziyon etkazishi, davlat manfaatlariga zid kelishi mumkin.
Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya`ni iqtisodiy vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlariga bevosita ta`sir ko`rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana shunday vositalarga kiradi.
Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va ta`sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nazariyalari tahlili shuni ko’rsatdiki, bozorning o’zini-o’zi tartibga solish mexanizmlari va davlat mexanizmlarini qo’shib amalga oshirish bozor iqtisodiyoti samarali amal qilishi uchun yetarli sharoit yaratadi va iqtisodiyot rivojlanib boradi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usullari - bevosita, bilvosita va tashqi iqtisodiy usullar hamda davlatning maxsus iqtisodiy dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo’ladi: hisob stavkasini tartibga solish; moliya- kredit muassasalalarining Markaziy bankdagi zaxiralari minimal hajmini o’rnatish va o’zgartirish; davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari (davlat obligatsiyalarini chiqarish, ularni sotish va to’lash). Davlat byudjet siyosati uning daromadlar va harajatlar qismini o’zgartirishga qaratilib, bu usulning eng asosiy dastagi soliqlar hisoblanadi.


Download 93.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling