Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari
Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning tarkibi, uni tuzish bosqichlari va tartibi
Download 415.84 Kb.
|
Eshonqulov B 17.05.23 22222
2.2. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning tarkibi, uni tuzish bosqichlari va tartibi
Yuqorida konsolidatsiyalashgan hisobotning sub’ektlari va ob’ektlari, shuningdek, uni tuzish majburiyati ko’rib chiqilgan edi. Konsolidatsiyalashgan hisobot tuzilmasi ayrim jamiyat hisobotiga mos kelishi, ya’ni undagi mavjud bandlarni o’z ichiga olishi, shuningdek, birlashtirish natijasida yuzaga keladigan bandlar bilan to’ldirilishi kerak. Ma’lumki, BHXS tomonidan hisobot tuzilmasining aniq qat’iy rasmsi ko’zda tutilmagan. Biroq, ular hisobot ega bo’lgan ayrim tarkibiy qismlarni, shuningdek, ularning aks ettirilishi imkoniyatini, turlari va qiymat bahosini tartibga soluvchi qoidalarni ham ko’zda tutadi. Ushbu qoidalarga batafsil to’xtalmasdan shuni qayd etamizki, buxgalteriya balansi BHXSga muvofiq mulkni, majburiyat va kapitalni; moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot – daromad va harajatlarni; pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobot esa balans va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdagi daromadlar hamda zararlar to’g’risidagi o’zgarishlarni alohida aks ettirishi kerak. Bunda har bir mamlakat BHXSning muayyan qoidalariga rioya qilish sharti bilan o’zining maqsadga muvofiqligi to’g’risida an’analar va tushunchalar bilan asoslangan, shuningdek, BHXSga mos keladigan hisobot tuzilmasini ishlab chiqish imkoniga ega bo’ladi. Mana shuning uchun ayni paytda deyarli har bir mamlakat o’zining professional tashkilotlari yoki vazirliklari tomonidan ishlab chiqiladigan, boshqalardan u yoki bu xususiyatlari bilan ajralib turadigan hisobot tuzilmasiga egadir. Ayrim jamiyat hisobotining xususiyati qat’iy aniq tarkibga ega bo’lgan jamlangan hisobotga ham avtomatik tarzda o’tadi, biroq mamlakatidan qat’iy nazar turli tuzilmaga ham ega bo’lishi mumkin. Konsoldatsiyalashgan hisobot yuqorida qayd etganimizdek, asosiy, sho’’ba, hamkorlikda nazorat qilinadigan va qaram jamiyatlar hisobotlarning ma’lumotlarini o’z ichiga oladi. Buning ustiga hisobot mulk va moliyaviy ahvol, shuningdek, faoliyat natijalari jamiyatlar bosh va sho’’ba korxonalari guruhi bir butun holda ko’rinish uchun ifoda etilgan holda tuzilishi kerak. Ushbu murakkab vazifa bosh va sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlari hisobotlarining ma’lumotlarini birinchidan, bosqichma-bosqich birlashtirish yordamida, ikkinchidan, jamiyat turidan qat’iy nazar o’z uslubi yordamida hal etiladi. Uchinchidan, har bir uslub maxsus hisob tartiblari – bosh va sho’’ba korxonalari guruhini bir butun qilib ko’rsatish maqsadiga erishishga yordam beradigan birlashtirish tartibidan tashkil topadi. Biz umumlashtirilgan hisobotni tuzishni uchta asosiy bosqichini ajratamiz: I-bosqich. O’tish hisobotini tuzish; II-bosqich. Konsoldatsiyalashadigan balanslarni va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni gorizontal jamlash hamda jamlangan ma’lumotlarga ega bo’lish; III-bosqich. Bevosita umumlashtirish. Birinchi ikki bosqich yordamida bevosita umumlashtirishga faqat tayyorgarlik ko’rish amalga oshiriladi, xolos. Birinchi bosqich zarurligi shunga bog’liqki, ayrim hollarda, ya’ni hisob siyosati bosh va sho’’ba korxonalari guruhining barcha jamiyatlari uchun yagona bo’lgan zarur va amalda ko’pincha bajariladigan talablarga qaramasdan, asosiy jamiyat va bosh hamda sho’’ba korxonalari guruhining boshqa birlashayotgan jamiyatlarining hisoboti turli muddatlarda va turli valyutada tuzilishi, o’z tuzilmasi, tarkibi va bandlarni baholash bo’yicha (masalan, bosh va sho’’ba korxonalari guruhining xorijiy jamiyatlari mavjud bo’lsa, u yoki bu korxonani sotib olish yoki boshqa sabablar natijasida) bir-biridan farq qilishi mumkin. Bunday hisobotlarni ushbu farqlarni hisobga olmasdan umumlashtirish qonunga to’g’ri kelmaydi. Bunday vaziyatda Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining u yoki bu jamiyati hisobotini o’tish hisobotini tuzish yordamida birlashtirishga tayyorlash qo’l keladi. Uning maqsadi – Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlarining hisob yuritish siyosatidan chetga chiqqan hisobotini o’zgartirish va uni asosiy jamiyatning hisob siyosati tomonidan taqozo etilgan yagona talablarga mos holga keltirishdir. Ikkinchi bosqichida birlashtirilayotgan jamiyatlar hisoboti gorizontal ravishda jamlanadi. Natijada har bir bandi birlashtirilayotgan jamiyatlar hisobotining tegishli pozitsiyalari summasini ifoda etadigan umumiy balans paydo bo’ladi. Ushbu bosqichda konsoldatsiyalashgan hisobotning to’liq tartiblari hamda unga Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining birlashtirilishi lozim bo’lgan barcha jamiyatlar to’g’risidagi tartiblariga rioya qilish ustidan alohida nazorat qilish kerak. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu bosqich faqat sho’’ba va hamkorlikda nazorat qilinayotgan jamiyatlarga tegishli, xolos. Buning ustiga, agarda sho’’ba jamiyatining ma’lumotlari to’liq jamlansa, hamkorlikda nazorat qilinayotgan jamiyatlar ma’lumotlari faqat Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining ishtirok etish hajmiga mutanosib ulushda jamlanadi. Uchinchi bosqich moliyaviy natijalar to’g’risidagi konsoldatsiyalashgan balans va hisobotni tuzishni o’z ichiga oladigan bevosita birlashtirishni ifoda etadi. Uning maqsadi Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlari to’g’risidagi axborotni yagona iqtisodiy tuzilma sifatida taqdim etish. Buning uchun jamlangandan so’ng hisobot ichidagi qayta hisobga olish, Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi muomalalar hamda ularning natijalarini istisno qilishga yo’naltirilgan birlashtirishning aniq tartibi ko’zda tutilgan. Birlashtirish tartiblari sho’’ba va hamkorlikda nazorat qilinadigan jamiyatlar uchun bir xil bo’lib, qaram jamiyatlar hisoboti ma’lumotlarini kiritishdan ancha farq qiladi. Birinchisiga quyidagilar kiradi: 1) Kapitalni umumlashtirish; 2) “Majburiyatlar”ni (debitorlik, kreditorlik qarzlari va zahiralar) umumlashtirish; 3) “Oraliq majburiyatlar”ni istisno qilish; 4) Daromad va harajatlarni umumlashtirish; 5) Birlik nazariyasiga rioya qilish bilan bog’liq va texnikaning aniq nomga ega bo’lmagan ba’zi bir xususiyatlarini umumlashtirish. Dastlabki uchta tartib konsoldatsiyalashgan balansni tuzishga, to’rtinchisi esa moliyaviy natijalar hisobotiga taalluqli. Beshinchi punkt unisiga ham bunisiga ham taalluqlidir. Kapitalni umumlashtirish – bu balansning xususiy kapital bo’limida takroriy qo’shish natijasida umumlashtirilgan balansda yuzaga keladigan takrorlashlarni istisno qilish. Bu takroriy hisob har doim yuzaga keladi, chunki birinchidan bosh korxonaning sho’’ba jamiyati kapitalidagi ishtirok etish ulushi balansga tushadi, ikkinchidan, aynan shu kapital sho’’ba jamiyatining noto’g’ri hisoblangan xususiy kapitali rolida umumlashtirilgan kapital davomida to’g’rilanadi. Umumlashtirilgan hisobotni tuzishning birinchi bosqichi bo’lgan o’tish hisoboti. Yuqorida Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlari hisobotini umumlashtirishga ayrim hollarda bosh korxona talablariga javob beradigan o’tish hisobotini tuzish ko’rinishida tayyorlash zarurati asoslangan edi. Umumlashtirishga tayyorlash davomida Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi jamiyatlarining hisoboti lozim bo’lsa bosh korxona valyutasida qayta hisoblanadi. O’tish hisobotini tuzishni bir qancha tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Ushbu ajratish davomida qo’yidagi o’zgarishlar bo’lishi mumkin: - balans va hisobot tuzilmasida moliyaviy natijalar to’g’risida; - hisobot moddalari tarkibida; - hisobot moddalarini baholashda; - hisobot moddalarini bir valyutadan boshqasiga qayta hisoblashda. Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining asosiy va birlashtirilayotgan jamiyatlari hisoboti tarkibi va tuzilmasini o’rganish hamda taqqoslash o’tish hisobotini tuzishda dastlabki bosqich hisoblanadi. Ko’pincha buning natijasida moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va balansni bosh va sho’’ba korxonalari guruhlash amalga oshiriladi. Agarda birlashtirilayotgan jamiyatlar asosiy jamiyat bilan bir mamlakatda bo’lsa va hisobotni tuzishning yagona uslublaridan foydalansa, albatta, odatda bunga zarurat tug’ilmaydi. Ammo, chet el jamiyatlarining mamlakat joylashishining milliy talablari bo’yicha tuzilgan hisoboti asosiy jamiyat talablariga muvofiq o’zgartirilishi, qayta bosh va sho’’ba korxonalari guruhlashtirilishi mumkin. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bosh va sho’’ba korxonalari guruhi korxonasining moliyaviy hisobotini ifoda etadi. Bu esa ushbu hisobot alohida jamiyatning shunga o’xshash hisoboti tuzilishi shart va quyidagi asosiy tartiblardan foydalanilagan holda tuziladi; hisoblash tartibi, unga muvofiq daromad va sarf harajatlar pul mablag’larini to’lash yoki ularning kelib tushishi emas, balki ularning paydo bo’lish vaqti hisobga olinadi; izchillik tartibi, unga muvofiq tanlangan hisob-kitob siyosati izchil, bir davrdan ikkinchisiga qo’shilishi kerak. korxona faoliyatining uzluksizlik tartibi, bunga muvofiq kelgusida uning faoliyati to’g’risidagi taklif ko’zda tutiladi. Mabodo bu rejalashtirilmagan yoki mumkin bo’lmasa, ushbu vaziyatda qo’llaniladigan buxgalteriya hisobi joriy qilinishi kerak. Bundan tashqari, alhida jamiyat yoki bosh va sho’’ba korxonalari guruhining moliyaviy hisobotida aks ettirilgan axborotga taqdim etilayotgan sifatli o’ziga xos xususiyatlar ham shunga o’xshash hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi: Download 415.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling