Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


III-BOB. MHXSga asosan konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish va uni takomillashtirish


Download 415.84 Kb.
bet18/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

III-BOB. MHXSga asosan konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish va uni takomillashtirish
3.1. Xalqaro standartlar asosida konsolidatsiyalashgan hisobot tuzish va taqdim etish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar o‘z maqsadlariga etishishlari uchun birgalikda hamkorlik qilish va zarurat bo‘lsa birlashish uchun qarorlar qabul qilishlariga to‘g‘ri keladi.
Korxonalarning birgalikdagi faoliyatlariga to‘g‘ri baho berish uchun ularning faoliyati natijalarini bayon etadigan moliyaviy hisobotlarni birlashtirish, zarurati kelib chiqadi. Halqaro amaliyotda bunday jarayonlarni ko‘plab kuzatish mumkin. Mamlakatimiz iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan biznes sub’ektlari ham bunday hodisalarga duch kelishlari mumkin. Bu esa yagona xo‘jalik yurituvchi sub’ekt konsepsiyasining qo‘llanilishiga olib keladi. SHuning uchun konsolidatsiyalashgan hisobotlarni tuzish va ularni taqdim etish yuzasidan o‘z echimini kutayotgan muammolar mavjud.
10-son MHXS maqsadi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzish prinsiplarini belgilash bo‘lib hisoblanadi, shunday holatdaki, qachonki kompaniya bitta yoki bir netcha kompaniyani nazorat qiladi.
Ushbu maqsadga erishish uchun:
Kompaniya qanday holatlarda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishga majburligini belgilovchi qoidalarga aniqlik kiritadi;
nazorat qilish prinsiplarini aniqlaydi va o‘rnatadi;
nazorat prinsiplarining qo‘llanilishini tushuntiradi;
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishga qo‘yiladigan talablarni tushuntiradi.
10-son MHXS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish prinsiplarini belgilaydi. 10-son MHXS 2011 yil may oyida nashr ettirilgan. 10-son MHXS 27-son BHXS “Konsolidatsiyalashgan va alohida moliyaviy hisobot” standartining konsolidatsiya bo‘yicha qismini almashtiradi. Ushbu standart quyidagi “5 ta paket standart” tarkibiga kiruvchi standart hisoblanadi va ularning birining qo‘llanilishi boshqasining ham qo‘llanilishini taqozo qiladi:
10-son MHXS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot”
11-son MHXS “Qo‘shma faoliyat”
12-son MHXS “Boshqa kompaniyalarga qatnashish hissasi to‘g‘risidagi axborotlarni ochiqlash”
27-son BHXS “Alohida moliyaviy hisobot”
28-son BHXS “Assotsiatsiyalashgan kompaniyalarga investitsiyalar va qo‘shma korxonalar”
Konsolidatsiyalashgan hisobotlarni tuzish va taqdim etishdan quyidagi maqsadlar ko‘zlangan: (3-rasm).



Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling