Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot (consolidated financial statements)


Download 415.84 Kb.
bet20/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot (consolidated financial statements) –bosh kompaniyalar guruhining moliyaviy hisoboti bo‘lib, qaysiki bosh kompaniya va sho‘‘ba kompaniyalarning aktivlari, majburiyatlari, kapital, daromad va xarajatlar, pul oqimlari yagona kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromad va xarajatlari sifatida taqdim etiladi.
Nazorat (control of an investee) - investitsiya ob’ektlari ustidannazoratni ushlab turadi, agar investor investitsiya ob’ektlariga qatnashishidan oladigan o‘zgaruvchan daromadlar bilan bog‘liq holda riskka tortilsa yoki shunday daromadni olish huquqiga ega bo‘lsa, shuningdek, investitsiya ob’ektiga nisbatan o‘z vakolatlarini amalga oshirish orqali daromadga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘lsa.
Guruh (group) bu – sho‘‘ba kompaniyalar bilan bosh kompaniya
Nazorat qilinmaydign qatnashish hissasi (non-controliling interest) bu – sho‘‘ba kompaniya kapitalidagi hissa bo‘lib, qaysiki u bosh kompaniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, yoki boshqa sho‘‘ba kompaniyalar orqali hech qanday taalluqli bo‘lmaydi.
Bosh kompaniya (parent) bu – kompaniya, qaysiki unga bitta yoki bir nechta kompaniyalar taalluqli bo‘ladi.
Ta’sir kuchi huquqi (power) bu – hozirga momentda salmoqli faoliyatni boshqarish imkoniyatlarini taqdim etuvchi huquq.
Relevant faoliyat (relevant activities) – ushbu MHXS maqsadlari uchun investitsiya ob’ekti faoliyati, qaysiki investitsiya ob’ekti daromadiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi.
SHo‘‘ba kompaniya (subsidiary) bu – kompaniya, qaysiki boshqa (bosh kompaniya sifatida ma’lum bo‘lgan) kompaniya tomonidan nazorat qilinadi
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadigan kompaniyalar guruhiga bosh kompaniya hamda u tomonidan nazorat qilinadigan barcha sho‘‘ba kompaniyalar kiradi. Bosh kompaniyaning strukturasini quyidagi
4-rasm orqali ifodalashimiz mumkin.
Guruh tarkibiga kiruvchi korxonalar ichidagi o‘zaro operatsiyalar natijalari chiqarib tashlanishi zarur, jumladan, moliyaviy ahvol to‘g‘risidagi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda debitorlik va kreditorlik qarzdorligi faqat uchinchi tomonlarning qarzdorligi summalarini o‘z ichiga oladi.



Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling