Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


MHXSga asosan konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish va uni takomillashtirish


Download 415.84 Kb.
bet2/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

MHXSga asosan konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tuzish va uni takomillashtirish......................................................

47


3.1.

Xalqaro standartlar asosida konsolidatsiyalashgan hisobot tuzish va taqdim etish.....................................................................................

47


3.2.

MHXSga asosan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotni konsolidatsiyalash tartibi.................

58





Uchinchi bob bo‘yicha xulosa………………………………………

66




Xulosa.............................................................................................

67




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati...................................................

69





Kirish
Magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yangi iqtisodiy, tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyalash, barqaror o’sishini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni jahon moliyaviy inqirozi salbiy ta’siridan himoyalash vositasini o’tamoqda. Shu bilan birga, iqtisodiyotimizning real sektorida jahon moliyaviy inqirozi salbiy oqibatlarini bartaraf etishning xal qiluvchi omillari O’zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturida aniq belgilab berildi. Birinchi navbatda, bu -iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida eksportga yo’naltirilgan va import o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirishda namoyon bo’lmoqda. Mazkur vazifalarni ijro etishda to’g’ridan-to’g’ri xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb qilish ko’lamini kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro hisob standartlariga ko’ra, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bosh korxona rahbarligidagi korxonalar guruhi uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish bilan shug’ullanadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot moddalari korxonalar guruhidagi moliyaviy ahvol, operatsiyalar natijalari va moliyaviy ahvoldagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish maqsadida rivojlantirilgan. Aynan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotgina iqtisodiy va moliyaviy jihatdan bir-biriga bog’liq bir nechta kompaniyalarning guruhi xususida umumiy ma’lumot olishni ta’minlab, ushbu kompaniyalar guruhining faoliyati natijalari va istiqbolini o’zida aks ettiradi. Turli xil mulkchilik shakllari qaror topgan hozirgi sharoitda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish va ular asosida umumiy ma’lumotlarni audit yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida mavjud holatni o’z vaqtida aniqlash hamda kerakli qaror qabul qilish, avvalo, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xolding kompaniyalar, tarkibidagi aktsiyadorlik kompaniyalari, aktsiyadorlik jamiyatlari, sho’’ba korxonalari mavjud bo’lgan iqtisodiy sub’ektlar uchun ayniqsa zarurdir.
Yuqorida qayd qilingan natijalar va yangi iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlari respublikamizda investitsion faollik darajasini oshirishni, biznesni birlashtirish jarayonlaridan keng ko’lamda foydalanishni, jami investitsiyalar tarkibida ularning ulushini kupaytirishni, biznesni birlashtirish vositasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy va moliyaviy resurslarning barqaror manbalarini shakllantirish, ulardan samarali foydalanishni, birlashayotgan korxonalarning moliyaviy holati hamda faoliyat natijalari to’g’risida to’liq ma’lumotlar bilan foydalanuvchilarni ta’minlash kabi muammolarni hal etishni keskin vazifa qilib qo’ymoqda.

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling