Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


Download 415.84 Kb.
bet7/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

I . Milliy standartlarga asosan:

  • BHMS №8 – “Jamlanma moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik jamiyatlari sarmoyalarini hisobga olish”;

  • BHMS № 12 – “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”.

II. Xalqaro standartlarga asosan:

  • MXXS №27 “Jamlama va alohida moliyaviy hisobotni tuzish”;

  • MXXS №28 “Assotsiatsiyalangan korxonalarga investitsiyalar”;

  • MXXS №31 “Qo’shma faoliyatda ishtirok etish”;

  • MXXS №39 “Moliyaviy qurollar: tan olinishi va o’lchanishi”;

  • IFRS №3 “Biznesni birlashtirish”;

Bosh jamiyat konsolidatsiyalashgan (jamlangan) moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi lozim. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi.
“Tashqi” va “ichki” umumlashtirilgan hisobot. Yuqorida biz Bosh va shu’ba korxonalari guruhining iqtisodiy ahvoli va rivojlanishi to’g’risidagi axborotni ifoda etadigan ochiq umumlashtirilgan hisobotga asosiy e’tibor qaratgan edik. Biroq, ushbu axborot bosh va shu’ba korxonalari guruh raxbariyati uchun uning aniq, ma’lum ma’noda cheklanganligi va norasmiyligi tufayli etarli emas. Aynan yuqorida qayd etilgan umumlashtirish, shuningdek, uning natijasida yuzaga keladigan masala uchun kerakli barcha axborotni aks ettiradigan boshqaruv yoki rasmiy “Konsolidatsiyalashgan buxgalterlik hisoboti”ni joriy qilish zaruratining qo’shimcha sababi hisoblanadi. Bundan tashqari, “Konsolidatsiyalashgan buxgalterlik hisoboti” nafaqat yil oxirida, balki tezkorlik bilan - har oyda, har chorakda Bosh va shu’ba korxonalari guruhidagi ishlar ahvoli to’g’risida ma’lumotlarni, ya’ni rasmiy hisobotni takdim etish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. O’zining ichki boshqaruv imkoniyati bo’yicha bunday “ichki konsolidatsiyalashgan hisobot” yillik moliyaviy hisobotdan turi va mazmuni bo’yicha farq qiladi. Rasmiy konsolidatsiyalashgan hisobot mazkur ilmiy tadkikot ishining maqsadi hisoblanmasada, uning muhimligi tufayli jamlangan moliyaviy hisobotga nisbatan uning xususiyatlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Hisobotning ushbu ikki turining bir-biridan farqi quyidagi jadvalda keltirilgan:

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling