Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


- jadval Umumiy hisob tamoyillaridagi tafovutlar


Download 415.84 Kb.
bet10/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

2- jadval
Umumiy hisob tamoyillaridagi tafovutlar10

Ko’rsatkichlar

Bir tomondan

Ikkinchi tomondan

Hisobotning asosiy maqsadi

Aktsionerlarni ma’lumotlar bilan ta’minlash

Axborotlarning tarqalib ketishidan kreditorlarni himoyalash, axborotlarni tarqalib ketishi raqobatga ta’sir qilishi mumkin

Hisobotga qo’yiladigan talab

Aniq yo’riqnomalar ishlab chiqish

Menejerlar koror qabul qilishi uchun aniq tamoyillar ishlab chiqish

Hisobotning mazmuni

Hisobotni to’ldirish tartibi bo’yicha ma’lumotlar beriladi

Ba’zi sohalar bo’yicha qonunlarning rioya qilinmasligi (masalan, pensionerlar uchun tibbiy yordam).

Daromad solig’ining qonuniyligi

Buxgalteriya va soliq foydasi orasidagi farq

Moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko’ra daromad solig’ini hisoblash

Hisobotning tuzulishi

Har kvartalda

Har 6 oyda va yilda

Hisobot ma’lumotlarini ochib berish (shaffoflik)

Hisobotni yuritish bo’yicha maslahat va ma’lumotlar berish

Hisobotni to’ldirish tartibi

Xususiy kapital schyotiga olib borish

Sof foyda – daromad va xarajatlari to’g’risidagi hisobotda aks etishi lozim

Sof foyda taqsimlanmagan foyda schyotida ko’rinishi kerak

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar: investorlar, kreditorlar, tahlilchilar, moliya organlari bo’lishi mumkin. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:
Hisob amaliyotini tartibga solish darajasi va shakli. Hisob tizimini tartibga solish darajasi va shakliga ko’ra barcha mamlakatlar ikki guruhga bo’linadi:

  1. Buxgalteriya hisobi uslubiyati va amaliyoti maxsus qonunlar yordamida davlat tomonidan tartibga solinadigan davlatlar;

  2. Buxgalteriya hisobi uslubiyoti va amaliyoti nohukumat professional buxgalterlar tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan maxsus standartlar asosida tartibga solinadigan davlatlar.

Buxgalteriya hisobi uslubiyoti va amaliyotini tartibga solish harakteriga mos ravishda hisobot tuzish va taqdim etish tartibi ham o’zgaradi. Buxgalteriya hisobotlarini tuzishni markazlashgan davlat boshqaruvi nazorat qilib turadigan davlatlarda hisobot tuzish konservativ harakterga ega. Bu konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.
Siyosiy va iqtisodiy aloqalar. Jahon mamlakatlari o’rtasida hisob amaliyoti va uslubiyati bo’yicha tajriba almashish ushbu mamlakatlar o’rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalarning qay darajada o’rnatilganligiga bog’liqdir. Meksika va Filippinning AQSh bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilganligi sababli, bu mamlakatlarda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi va uning amal qilish ko’lami AQShdagi amaliyotga to’la-to’kis mos keladi. Buyuk Britaniyada tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar Hamdo’stlik tarkibiga kiruvchi mamlakatlar: Avstraliya, Malayziya, JAR va boshqalar bilan bir xil.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish transmilliy kompaniyalar faoliyatida odatiy holat hisoblanadi. Lekin bu jarayonda investor shu narsani bilishi lozimki, korporatsiya rahbarlari ko’pincha bo’linmalar faoliyati bo’yicha zararlar, yo’qotishlarni bekitishi mumkin. Natijada korporatsiyaning real holati hisobotda aks etmasligi mumkin.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishning afzalliklari bilan birgalikda kamchiliklari ham mavjud. Agarda kompaniyaning faoliyati faqat bitta ishlab chiqarish-texnologik liniya yoki alohida mintaqaviy bo’linma faoliyati bilan belgilansa, hisobotda analitik hisob-kitoblar tushib qoldiriladi, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar esa kompaniyaning bu hatti-harakatini bekitmaydi. Yig’ma hisobotda kompaniyaning zarar ko’rib ishlaydigan shu’ba korxonalari bo’yicha ishlab chiqarish va moliyaviy ko’rsatkichlari ko’rsatilmaydi. Shu sababdan moliyaviy hisoblar batafsilroq, analitik hisob-kitoblar ilova qilingan holda tuzilishi kerak.
Milliy valyutalarni qayta baholash muammolari. Transmilliy kompaniyalarning xorijdagi bo’linmalar ular qaysi mamlakat hududida joylashgan bo’lsa, ular o’sha mamlakatning valyutasida hisob va hisobotni yuritadilar. Bu buxgalteriya hisob-kitoblarini xorijiy valyutada yuritish uchun noqulaydir. Shu sababdan transmilliy kompaniyalar yig’ma hisobot tuzishda o’zlarining shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat valyutasida barcha operatsiyalarni qayta hisob-kitob qilishlari lozim bo’ladi.
Hisobotni bir valyutadan boshqasiga o’tkazish funktsional valyutadan kelib chiqadi. Funktsional valyuta – bo’linmaning asosiy faoliyati amalga oshiriladigan mamlakatning valyutasidir. Bundan tashqari, funktsional valyutani tanlashda ularda bajariladigan muomalalar turiga ham e’tibor qaratiladi. Bo’linmalar tomonidan amalga oshiriladigan muomalalarning yirik guruhi bor:

  1. O’zi joylashgan mamlakat iqtisodiyotiga to’la asoslanib faoliyat ko’rsatadigan bo’linmalarda bajariladigan operatsiyalar;

  2. Asosiy operatsiyalar yoki bosh kompaniya operatsiyalari davomi ko’rinishidagi operatsiyalar.

Birinchi guruhga kiritiladigan operatsiyalarni bajaradigan kompaniyalar o’zlari joylashgan davlatning valyutasida hisob va hisobotni yuritadilar.
Ikkinchi guruhga kiradigan asosiy operatsiyalarni bajaradigan kompaniyalar bosh kompaniya ishlatadigan valyutada hisob va hisobotlarini yuritadilar. Jahon mamlakatlari tarixidan ma’lumki, korxonalarni samarali boshqarishda ko’proq ularni yirik guruhlarga birlashtirgan holda tuzish maqsadga muvofiqdir. Bunda ikki yoki undan ortiq korxona moliyaviy-iqtisodiy jihatdan bir kompaniya ostida birlashadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar guruhining bosh korxona ostida birlashuvi yuz bersa, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuziladi. Moliyaviy hisobot konsolidatsiyasi bu yuridik jihatdan mustaqil, ammo iqtisodiy moliyaviy tomondan o’zaro bog’liq ikki yoki undan ortiq kompaniyalar hisobotlarini birlashtirishdir.
Avvaldan shuni ta’kidlamoqchimizki, tajribaga ko’ra, rejali iqtisodiyotga xos bo’lgan jamlama hisobot va konsolidatsiyalashgan hisobot o’rtasidagi farq bir tomondan, ularning maqsadli yo’naltirilishi bo’lsa, ikkinchi tomondan tuzish usullari va ko’rsatkichlar tarkibiga bog’liqdir. Ayni paytda o’xshash jihatlari shundaki, hisobotning har ikki turi o’zaro bog’liq tashkilotlarning yaxlit hisobotidir.
1.3. Konsolidatsiyalashgan hisobotning nazariy asoslari
Xalqaro hisob andozalariga ko’ra, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bosh korxona rahbarligidagi korxonalar guruhi uchun konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish bilan shug’ullanadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot moddalari korxonalar guruhidagi moliyaviy ahvol, operatsiyalar natijalari va moliyaviy ahvoldagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish maqsadida rivojlantirilgan. Aynan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotgina iqtisodiy va moliyaviy jihatdan bir-biriga bog’liq bir nechta kompaniyalarning guruhi xususida umumiy ma’lumot olishni ta’minlab, ushbu kompaniyalar guruhining faoliyati natijalari va istiqbolini o’zida aks ettiradi.
Konsolidatsiyalashgan hisobot va alohida korxonaning hisoboti. Konsolidatsiyalashgan hisobotning nazariy asoslarini ko’rib chiqishda davom etishdan oldin, fikrimizcha, hisobotning bu turi va alohida korxona hisoboti urtasidagi o’xshash va farqli tomonlarni aniqlash zarur.
Konsolidatsiyalashgan hisobot va alohida korxonaning hisoboti katta o’xshashliklar va katta farqlarga ega:

  1. Ikkala tur ham muayyan iqtisodiy tuzilmaning hisobotidir. Biroq, alohida jamiyatning iqtisodiy tuzilma sifatidagi mavkei mustakil yuridik shaxs sifatida qonun bilan mustahkamlangan bir paytda, ya’ni iqtisodiy va huquqiy birliklar bir xil bo’lgani holda, tashkilotlar bosh va sho’’ba korxonalari guruhi yoki kontsern huquqiy aniqlikdan maxrumdir.

  2. Ikkala hisobotning maqsadi tegishli iqtisodiy tuzilma ahvolining haqiqiy manzarasini ifodalashdan iborat. U yoki bu korxonaning hisobotini tayyorlash balans bandlarini baholashning belgilangan qoidalari qo’llash bilan amalga oshiriladi. Bu baholash qoidalari asosini tashkil etuvchi kontseptsiyalar amaliydan ko’ra ko’proq nazariy ahamiyatga ega. Ayni paytda konsolidatsiyalashgan balans bandlarini baholash uslubini tanlashda ular asoslangan u yoki bu kontseptsiyaga qat’iy amal qilish lozim. Alohida jamiyat hisobotidan farqli ravishda konsolidatsiyalashgan hisobotni tayyorlash hisob va hisobotni tayyorlashning asosiy masalalarini yanada chuqurroq o’rganishni talab etadi.

  3. Hisobotning u turi ham, bu turi ham tashqi foydalanuvchilar uchun ham, ichki foydalanuvchilar uchun ham axborot vazifasini utaydi. Lekin, konsolidatsiyalashgan hisobotdan foydalanuvchilarning doirasi ancha keng, kup kirrali va turlichadir. Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi hisobotini tayyorlashda qo’shimcha muammolarning paydo bo’lishi shunga bog’liq.

  4. U yoki bu hisobotni tayyorlashda muayyan qonunchilik me’yorlarini inobatga olish zarur. Biroq, jamiyat hisobotidan farqli ularok, Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi hisoboti bir mamlakatdagi emas, kupincha bir necha mamlakatdagi qonunchilikni hisobga olishi lozim. Buning ustiga umumlashtirilgan hisobot bosh kompaniya mamlakatining qonunchiligiga muvofiq tayyorlansa ham u boshqa mamlakatlar qonunchiligi ta’sirida bo’ladi. Shunday qilib, jamiyat hisobotidan farqli ravishda umumlashtirilgan hisobotda boshqa mamlakatlar qonunchiligi va hisob siyosati inobatga olinishi zarur.

  5. Konsolidatsiyalashgan hisobot va alohida jamiyat hisobotining eng katta farqi ularni tayyorlash texnikasida bo’ladi. Jamiyat hisoboti xo’jalik faoliyatining buxgalteriyada hisobga tegishli tarzda aks ettirilgan faktlariga asoslanadi. Konsolidatsiyalashgan hisobot bosh va sho’’ba korxonalari guruhiga kiruvchi alohida jamiyatlar hisobotiga asoslanadi, shu sababli umumlashtirishni tayyorlashning o’ziga xos amallari va uslublari zarur bo’ladi.

  6. Alohida jamiyatning hisoboti uning faoliyati va ahvolini tahlil qilish uchun asos vazifasini utaydi, ammo u bosh va sho’’ba korxonalari guruhining yagona iqtisodiy tuzilma sifatidagi faoliyati va ahvoli tahlili uchun zarur axborotlarni bera olmaydi. Bu korporativ oilaga kiruvchi jamiyat resurslarini uning uzigagina emas, kontsern raxbariyati ham boshqarishiga bog’liq. Umumlashtirilgan buxgalteriya hisoboti tayyorlash natijasida paydo bo’ladigan butunlay boshqacha axborotga extiyoj yuzaga keladi.

Jamiyatlar birlashganda yuzaga keladigan iqtisodiy samara 3-jadvalda ko’rib chiqiladi.
Jadvaldan ko’rinib turganidek, korxonalar va tashkilotlar o’zlari oldiga qo’yiladigan vazifalarni bajarish va yakuniy maqsadga erishish imkonini beruvchi ustuvorliklarga ega bo’ladi.
BHXSning rivojlanishi natijasida konsolidatsiyalashgan hisobotni tayyorlash jahon amaliyotida keng qo’llanila boshladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot – foydalanuvchilar uchun yagona xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida bir nechta sho’’ba korxonasi bo’yicha axborotlarni umumlashtirib beradi. “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot – foydalanuvchilar uchun yagona xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida bir nechta sho’’ba korxonasi bo’yicha axborotlarni umumlashtirib beradi”11.
Konsolidatsiyalashgan buxgalteriya hisoboti tuzishning paydo bo’lishi tarixi va zamonaviy tartibga solinishi. Ilk bor konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot AQShda XIX asr oxirida tayyorlangan. Aynan usha davr jadal iqtisodiy rivojlanish davri bo’lib, hozirgi iqtisodiy gigantlar o’sha vaqtdagi kichik korxonalarni “yutib yuborish” hodisasi mamlakat bo’ylab keng yoyilgan.

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling