Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari
-rasm. Konsolidatsiyalashgan hisobotning asosiy vazifalari
Download 415.84 Kb.
|
Eshonqulov B 17.05.23 22222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat qilish vazifasi.
- Rejalashtirish va tartibga solish vazifasi .
- Solishtirish va tahlil qilish vazifasi .
1-rasm. Konsolidatsiyalashgan hisobotning asosiy vazifalari.
Axborot vazifasi. Aynan mana shu vazifa bosh va sho’’ba korxonalari guruhi bo’yicha har qanday bosh va sho’’ba korxonalari guruhi va korporativ birlashmalar, kichik milliy kompaniyalar uchun axborot olish imkonini beradi. Ushbu axborot vazifasi bir nechta tarkibiy qisimga bo’linadi masalan quyidagilar: bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi operatsiyalar, shuningdek uning natijalarini hujjatlashtirish; konsolidatsiyalashgan hisobotni yuritish uslubi va uni tuzish usullarini hujjatlashtirish; bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi iqtisodiy o’zaro aloqalarni taqdim etish; bosh va sho’’ba korxonalari guruhi tarkibiga kiruvchi har bir jamiyatning chala hisobotiga nisbatan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va uni tahlil qilish uchun to’liqroq hamda foydaliroq axborot taqdim etish. Nazorat qilish vazifasi. Konsolidatsiyalashgan hisobotdan bosh korxonaning u yoki bu jarayonlarini nazorat qilish vosita sifatida foydalanish mumkin. Bundan tashqar, u hukumat organlari tomonidan yirik korporativ bosh va sho’’ba korxonalari guruhlar faoliyatini nazorat qilish imkonini beradi. Rejalashtirish va tartibga solish vazifasi. Tashqi iste’molchilar uchun, masalan, ushbu vazifa shundan iboratki, konsolidatsiyalashgan hisobotdan bosh va sho’’ba korxonalari guruhi faoliyatini rejalashtirish, uning ichidagi u yoki bu jarayonlarni tartibga solish, moliyalashtirish va daromadlarni moliyaviy rejalashtirish, ichki dividendlarni to’lash uchun foydalaniladi. Solishtirish va tahlil qilish vazifasi. Bu vazifa Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi ayrim jamiyatlar va ba’zi Bosh va sho’’ba korxonalari guruhlari o’rtasida ularning faoliyati va iqtisodiy ahvolini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Shu’ba xo’jalik jamiyati - ( "shu’ba jamiyat" deb xam yuritiladi) - bosh jamiyat tomonidan nazorat qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt. Bosh jamiyat – bir yoki bir necha kichik jamiyatlarga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektdir. Guruh – bosh jamiyat va unga qarashli barcha shu’ba jamiyatlar. Nazorat – korxona faoliyatidan foyda olish bo’yicha moliyaviy va operativ boshkarish xukukidir. Alohida moliyaviy hisobotlar – guruh har bir a’zosining jamlash lozim bo’lgan hisoboti. Kamchilik ulushi – shu’ba jamiyat xo’jalik faoliyatining sof daromadlari (zararlari) hamda sof aktivlarining bosh jamiyatning bevosita yoki bilvosita shu’ba jamiyatlardagi ishtiroki ulushiga to’g’ri kelmaydigan qismidir. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot 1970 yilda qabul qilingan “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot” nomli 3 – son BXXS qabul qilinishidan keyin ilk marotaba qonuniy kuchga ega bo’ldi. 1979 yilda 3 –son BXXS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot va shu’ba korxonalarga qo’yilgan investitsiyalar hisobi” nomli 27 – son BXXSga o’zgartirildi, shu bilan birgalikda 1983 yilda Evropa Ittifoqining (EI) “Konsolidatsiyalashgan schyolar” nomli 7 – son Derektivasi qabul qilingan. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunining yangi tahriridagi 17 – moddasida shu’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari bo’lgan korxonalar umumlashtirilgan moliyaviy hisobot tuzadi. Yuridik shaxslar o’z filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishlari mumkin bo’lib, ularning balanslari va boshqa hisobot shakllarini o’zlarining umumlashtirilgan hisobotiga kiritishlari shart. Umumlashtirilgan hisobotga bosh korxona, uning shu’ba korxonalari, filiallari va vakolatxonalarining moliyaviy hisobotlari ilova qilinadi. Umumlashtirilgan hisobot buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tuziladi. Ushbu moddaning talablari vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlarining jamlama moliyaviy hisobotiga nisbatan tatbiq etilmaydi.9 Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tartibga solish uchun xalqaro va milliy amaliyotda quyidagi standartlar ishlab chiqilgan: Download 415.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling