Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


Muammoning o’rganilganlik darajasi


Download 415.84 Kb.
bet3/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil qilishni tadqiq qilishda chet ellik olimlardan: V.G.Getmanu1, Xendriksen.M.F. Van Breda2, Sokolov Ya.V3, Paliy V.F4, Ageeva O.A5, Aliev Z.M, Ashmarina Ye.M, Baranov.K.S, Vladimires A.A, Kostyunin D.S, Repnikova.Yu.A, Furnosov.I.Yu, Barxatov A.P, Beskorovaynaya S.A larni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, chet el olimlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tishkil qilishga doir ilmiy ishlari asosan jahon amaliyotiga xos bo‘lgan buxgalteriya hisobini yuritish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun hisob siyosatini ishlab chiqishga mo‘ljallangan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish va yuritish tartibi bo‘yicha Respublikamiz olimlaridan: i.f.d., prof. Z.N Qurbanov va tadqiqotchi F.A Akramovlar6, PhD. S.Djumanov, i.f.d., dos. S Toshnazarov, i.f.d., prof. A.A Karimov kabi olimlarni ko‘rsatib o‘tishimiz lozim
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqot ishi bo‘yicha shaxsiy kalendar ish rejasi tuzilib, unga ko‘ra quyidagi izlanishlar olib borildi:
- tadqiqot ishi uchun zarur bo‘lgan usul va yo‘nalishlar ro‘yxati tuzildi va o‘rganib chiqildi, hamda tadqiqot o‘tkazish uchun tanlab olindi;
- tadqiqot ishi muammosi shakllantirildi va tavsiflandi;
- tadqiqot ishi jarayonida hal etilishi lozim bo‘lgan savollar tuzildi;
- tadqiqot ishi dolzarbligi, yangiligi, amaliy ahamiyatga egaligi asoslandi;
- xulosa va takliflar shakllantirildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishidagi ilmiy xulosalar va tavsiyalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
Tadqiqot ishi natijalaridan respublikamizda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar buxgalteriya hisobini tashkil etish borasida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda, hamda korxonalarda amaliy qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin/

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling