1.2. Konsolidatsiyalashtirilgan hisobot tuzishning asosiy tamoyillari va qoidalar
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot iqtisodiy va moliyaviy jihatdan bir-biriga bog’liq bo’lgan bir nechta kompaniyalarning guruhi xususida umumiy ma’lumot olishni ta’minlab, ushbu kompaniyalar guruhining faoliyati natijalari hamda istiqbolini o’zida aks ettiradi.
Buxgalteriya hisobining halqaro standartlari muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot muayyan tamoyillarga asoslanishi lozim:
To’liqlik tamoyili. Konsolidatsiyalashgan guruhning jami aktivlari, majburiyatlari, kelgusi davr harajatlari, kelgusi davr daromadlari bosh kompaniyaga bog’liq bo’lmagan holda to’liqligicha qabul qilinadi. Kamchilikning ulushi balansda alohida moddada ko’rsatiladi.
Xususiy kapital tamoyili. Bosh kompaniya va shu’ba korxonada yaxlit iqtisodiy birlik bo’lishiga qaramasdan, xususiy kapital konsolidatsiyalanadigan korxona aktsiyalarining balans qiymati, shuning bu korxonalarning foyda va zararlari hamda rezervlari asosida aniqlanadi.
Adolatli va haqqoniy baholash tamoyili. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tushunarli va qulay shaklda taqdim qilinishi va guruh tarkibiga kiradigan korxonalarning aktivlari, majburiyatlari, moliyaviy holati, foyda va zararlari xususida ishonchli ma’lumot berish lozim.
Konsolidatsiyalash va baholash usullaring doimiy amal qilish tamoyili. Konsolidatsiyalash usullari korxona faoliyat yuritayotgan vaqtda doimiy amal qiladi. Ushbu vaziyatda chetga chiqish holatlari hisobotning ilovalarida ochib berilishi lozim.
Muhimlilik tamoyili. Ushbu tamoyil korxona moliyaviy – xo’jalik faoliyati xususida qaror chiqarishga ta’sir o’tkazadigan hisobot moddalarini ochib berishda ko’zda tutiladi.
Yagona baholash usullari. Konsolidatsiyalashgan kompaniyaning avtivlari, passivlari, kelgusi davr harajatlari, foyda va zararlar yaxlit holda aks ettirilishi lozim. Ya’ni, bosh kompaniya va shu’ba korxona aktivlari hamda passivlarini konsolidatsiyalashda bosh kompaniyada qo’llaniladigan baholash usullaridan foydalanish shart.
Hisobot tuzishning yagona sanasi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bosh kompaniya balansi tuziladigan kunda tuzilishi lozim. Shu’ba korxonalar hisobotlari ko’rsatkichlari konsolidatsiyalash sanasiga hisob - kitob qilinishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |