Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


Magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati


Download 415.84 Kb.
bet5/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

Magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy ahamiyati. Magistrlik dissertatsiyasining nazariy asosini O`zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish va bozor munosabatlariga bag`ishlangan farmonlari, asarlari hamda ko`rsatmalari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya Vazirligining buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyotiga oid me`yoriy hujjatlari, shuningdek, iqtisodchi olimlarning shu sohaga oid ilmiy ishlari, xo`jalik korxonalarining statistik ma`lumotlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining tavsiyalaridan foydalanildi.
Magistrlik dissertatsiyasida Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzish va uni takomillashtirishga oid me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishi. Magistrlik dissertatsiyasi kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatlaridan iborat. Ishning tarkibi uning maqsadi, vazifalari va yo’nalishlarni aks ettiradi.
1-BOB. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari
1.1. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari
Respublikamiz iqtisodini, shu jumladan bozorini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlaridan biri, boshqaruvni to’g’ri yo’lga qo’yish hisoblanadi. Chunki turli xil mulkchilik shakllariga asoslangan korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari asosidagi qo’shma korxonalar, aktsiyadorlik jamiyatlari, korporatsiyalar, kompaniyalar va boshqalarning tashkil etilishi tufayli xorijiy davlatlar, tashkilotlar va xususiy shaxslar bilan aloqalar tobora mustahkamlanib, ularning iqtisodiyotdagi o’rni tobora salmoqli bo’lib bormoqda.
Jahon mamlakatlari tajribasidan ma’lumki, korxonalarni samarali boshqarishda ko’proq ularni yirik guruhlarga birlashtirgan holda tuzish maqsadga muvofiqdir. Bunda ikki yoki undan ortiq kompaniya moliyaviy-iqtisodiy jihatdan bir kompaniya ostida birlashadi.
Korxonalarning birlashuvi deb, alohida bir korxonaning ikkinchisiga qo’shilishi yoki bir korxona ikkinchi korxonaning sof aktivlari va ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazoratni sotib olish oqibatida bir iqtisodiy birlikka qo’yilishiga aytiladi. Bu, asosan, biror-bir faoliyat bilan shug’ullanayotgan kompaniyaning egalari tomonidan ushbu kompaniya tarkibida bir nechta mayda mustaqil korxonalarni tashkil etishga bo’lgan harakatidan kelib chiqadi. Buning natijasida soliq to’lovlari bo’yicha muayyan tejash yuzaga keladi.
Ko’pchilik hollarda biznesning kengayishi zaruriyat hisoblanadi. Bunday vaziyatda transmilliy (transmilliy korporatsiyalar - bu xorijiy aktivga ega bo’lgan milliy monopoliyalar. Ularning ishlab chiqarish va savdo-sotiq faoliyatlari bir davlat chegarasidan chiqib ketadi) kompaniyalar o’z faoliyatini butun jahon bo’ylab kengaytiradi.
Transmilliy korporatsiyalarning huquqiy rejimi filiallar va sho’’ba korxonalari tashkil etish orkali turli davlatlarda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Bu kompaniyalar nisbatan mustaqil bo’lgan ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlarni sotish, ilmiy tadqiqot, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish xizmatlariga egadirlar.
Umuman ular yagona ishlab chiqarish - sotish majmuini tashkil etadilar va bu majmuada xissadorlik kapitalga faqat ta’sischi davlat egalik qiladi. Shu bilan birga filial va sho’’ba korxonalari aralash korxonalar bo’lishi va ularda milliy kapital ustunlik qilishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar guruhining bosh korxona nazorati ostida birlashuvi yuz bersa, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuziladi.
Moliyaviy hisobot konsolidatsiyasi (konsolidatsiya inglizcha consolidate so’zidan olingan bo’lib, birlashtirmoq, mustahkamlamoq degan ma’noni anglatadi) bu yuridik jihatdan mustaqil, ammo iqtisodiy va moliyaviy tomondan o’zaro bog’liq ikki yoki undan ortiq kompaniyalar hisobotlarini birlashtirishdir. Konsolidatsiyalashgan tushunchasi turli xil adabiyot, qo’llanmalarda turlicha ataladi, masalan, konsolidatsiyalashgan umumlashgan, umumlashtirilgan, jamlangan va hokozo.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishning asosiy maqsadi – korporatsiya faoliyati natijalarini va moliyaviy holatini tuligicha ochib berish hamda bosh va sho’’ba kampaniyalari foaliyatini yagona xo’jalik tashkilotidek qilib ko’rsatib berishdan iboratdir.7 Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga ko’yilgan investitsiyalar hisobi 8–son “Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’’ba xo’jalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish” nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti bilan tartibga solinadi.
Jamlangan moliyaviy hisobotlar - hisobot sanasidagi moliyaviy ahvolni va xo’jalik yurituvchi jamiyatlar guruhining hisobot davri uchun moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi ko’rsatkichlar tizimi.8
Jamlangan moliyaviy hisobotni umumiy - bosh va sho’’ba korxonalar guruhi sifatida ko’rib chiqiladigan o’zaro bog’liq tashkilotlar bosh va sho’’ba korxonalari guruhining moliyaviy hisobotini ifoda etadi. Shu sababli uning asosiy maqsadi ayrim jamiyatning hisobot maqsadi kabi hisobot davrida mulk va moliyaviy ahvolni, shuningdek hisobot davri uchun faoliyatning natijalarini ishonchli ifoda etish hisoblanadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot iqtisodiy va moliyaviy jihatdan bir – biriga bog’liq bo’lgan bir nechta kompaniyalarning guruhi xususida umumiy xususdagi ma’lumotlarni olishni ta’minlab, ushbu kompaniyalar guruhining faoliyati natijalari hamda istiqbolini o’zida aks ettiradi.
Bunda bosh va sho’’ba korxonalari guruhi hamda ayrim jamiyat uchun hisobotni tuzishda hal etilayotgan vazifalar o’xshash bo’ladi: bu ma’lumotni to’plash, hujjatlashtirish, tahlil qilish va guruhlashtirish demakdir. Biroq, bunda ayrim jamiyat hisoboti va konsolidatsiyalashgan hisobotning maqsadi, vazifalari bir-biriga to’liq mos kelmaydi. Konsolidatsiyalashgan hisobot uchun esa ushbu maqsadi va vazifalar bir nechta boshqa jamiyatlar hisobotini umumlashtirish zarurati bilan bog’liq xususiyatlar sababli kengayadi.
Masalan, xo’jalik operatsiyalarini hujjatlashtirishni ko’rib chiqamiz. Bundan tashqari, birlashgan jamiyatlarning barcha xo’jalik operatsiyalari hisobga olinishi lozim. Konsolidatsiyalashgan hisobot uchun esa quyidagilar alohida aks ettirilishi kerak:

  • jamiyatlar bosh va sho’’ba korxonalari guruhlari o’rtasidagi bitimlar;

  • ayrim jamiyatlarning birlashishidagi hisobotida o’zgarishlar;

  • konsolidatsiyalashgan balansning yangi pozitsiyalarning umumlashishi va moliyaviy natijlar hisoboti, shuningdek, ularning yillar bo’yicha o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan hajmlari;

  • yashirin zahira va sarf-harajatlar hajmi hamda hisobga olishni, shuningdek, firmalar narxi va hokozolarni aniqlash uslubi.

Natijada umumlashtirish uchun zarur bo’lgan, shuningdek uning natijasida yuzaga keladigan va barcha axborotni aks ettiradigan “umumlashtirilgan” buxgalteriya hisobini joriy qilish zarur hisoblanadi. Bunday hisobni joriy qilmasdan turib bosh va sho’’ba korxonalari guruhi hisobotini tuzish uchun ishonchli ma’lumotlar olish mumkin emas. Bunda “umumlashtirilgan buxgalteriya hisobi” har qanday hisobotni tuzish uchun umumiy hisoblangani kabi, konsolidatsiyalashgan hisobotni ham uning o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan hisob yuritish tartibiga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Ushbu shart kontsern hisobotining ishonchliligini tasdiqlash uchun juda muhim.
Ayrim jamiyatlar hisoboti ma’lumotlari etishmasligining “kompensatsiya”si sifatida xizmat qiladigan “kompensatsiya” maqsadi va vazifalari bosh va sho’’ba korxonalari guruhining hisoboti uchun o’ziga xos xususiyat hisoblanadi.
Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi tarkibiga kiradigan ayrim jamiyatlar hisoboti asosida uning mulk va moliyaviy ahvoli hamda faoliyati natijasini baholash mumkin emas. Ushbu holatda konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish zarur hisoblanadi va uni tuzish xususiyatlari tufayli u yagona iqtisodiy tuzilma sifatida bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ishlarining aniq ahvolini ishonchli taqdim etish qobiliyatiga egadir. Konsolidatsiyalashgan hisobotning aynan ushbu ma’lumotlar etishmasligini bosh va sho’’ba korxonalari guruhining ayrim jamiyatlari hisobotini shunchaki jamlash uslubi bilan emas, balki bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi operatsiyalarni istisno qilishni inobatga olgan holda umumlashtirish orqali engib o’tish qobiliyati “kompensatsiya” maqsadi deb ataladi.
Kompensatsiya maqsadiga shu narsa davomida erishildiki, bunda barcha operatsiyalar va ularning hisobot davrining u yoki bu ko’rsatkichlariga ta’siri ayrim hisobotlarni umumlashtirish chog’ida birxillashtiriladi hmda bosh va sho’’ba korxonalari guruhi nuqtai nazaridan yagona iqtisodiy tuzilma sifatida baholanadi. Ushbu jarayon birxillashtirish yoki to’plash deyiladi.
Aynan mana shuning uchun umumlashtirishda bosh korxonaning sho’’ba jamiyatlariga sarflagan barcha harajatlari, mulkkning qiymat bahosiga kiradigan «o’rtadagi» daromad va zararlar, bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi yuzaga keladigan daromad hamda sarf-harajatlar istisno qilinadi.
Kompensatsiya maqsadini ikkita tarkibiy vazifasiga shartli ravishda bo’lish mumkin: to’ldirish va birlashtirish. Birlashtirishning vazifasi konsolidatsiyalashgan hisobotda bosh va sho’’ba korxonalari guruhlari ichidagi barcha operatsiyalar va ularning natijlarini istisno qilish, ya’ni kontsernnig iqtisodiy ahvoli qayta hisob-kitobsiz taqdim etilishi lozim.
Kontsern tarkibiga kiruvchi jamiyat odatda huquqiy emas, balki o’zining iqtisodiy xo’jalik mustaqilligini yo’qotadi. Biroq, uning hisoboti jamiyat tomonidan Bosh va sho’’ba korxonalari guruhidagi boshqa jamiyatlar bilan amalga oshiriladigan moliyaviy aloqa va operatsiyalar hajmini aniqlash hamda baholash imkonini bermaydi.
Chunki, bu operatsiyalar va o’zaro aloqalar jamiyat mulki va moliyaviy ahvoliga sezilarli ta’sir qilishi mumkin, konsolidatsiyalashgan hisobotda esa bular istisno qilinadi. Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi ichidagi operatsiyalar ayrim jamiyatlarning barcha qoidalariga ko’ra tuzilgan hisobotning sezilarli darajada buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, hisobot davrining moliyaviy natijalari bosh va sho’’ba korxonalari guruhi doirasida yuqori narxlarda mahsulot sotishi tufayli yaxshilanishi mumkin. Kontsernning bitta jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan va ikkinchisiga sotilgan nomoddiy aktivlarni sotishda ushbu operatsiya ishtiokchilarining hisoboti ham buziladi. Boshqa ko’plab misollar ham borki, ular ham faqatgina konsolidatsiyalashgan hisobot va uning tahlili u yoki bu jamiyat hisoboti bilan hamkorlikda jamiyat va Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining mulk hamda moliyaviy ahvolini aniq ko’rsatishini isbotlaydi.
Shunday qilib, konsolidatsiyalashgan hisobot ayrim jamiyatning hisobotiga nisbatan to’ldirish masalasini hal etadi. Bu shu bilan ifodalanadiki, konsolidatsiyalashgan hisobot ham ayrim jamiyat hisoboti singari ko’rib chiqiladi va asoslanadi. Aynan mana shuning uchun ham konsolidatsiyalashgan hisobot ayrim jamiyatlar hisobotini almashtirmaydi, aksincha uni to’ldiradi.
Konsolidatsiyalashgan hisobot vazifalari va uni qo’llash sohasi bir-biriga bevosita bog’liq va asosan konsolidatsiyalashgan hisobotning maqsadlari va vazifalaridan kelib chiqadi. Yuqorida qayd etilganidek, hisobotning ushbu turi hisobot davriga mulk va moliyaviy ahvol to’g’risida ma’lumotni va shuningdek, bosh va sho’’ba korxonalari guruhi faoliyatining hisobot davri uchun moliyaviy natijalarni ifoda etadi.
Hisobot bunday axborotning ichki va tashqi iste’molchilari-korxonalar egalari, bosh va sho’’ba korxonalari guruhi hamda kengashlar rahbarlari, uning tarkibiga kiruvchi jamiyatlar xodimlari, investor va kreditorlar, mahsulot etkazib beruvchilar, haridorlar, davlat, shuningdek, boshqa manfaatdor foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan. Ya’ni, konsolidatsiyalashgan hisobotning asosiy vazifalarini ta’riflash mumkin:



Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling