1-jadval
Ichki va tashqi konsolidatsiyalashgan hisobotlarning qiyoslanishi
Ichki konsolidatsiyalashgan hisobot
|
Tashqi konsolidatsiyalashgan hisobot
|
Ichki yoki rasmiy konsolida-tsiyalashgan hisobotni tuzish qoida bo’yicha yil davomida, har oyda va har chorakda, eng qisqa muddatda tegishli davr oxirida amalga oshirilishi kerak.
Rasmiy jamlangan hisobotda qisman buxgalteriya ma’lumotlar asosida tuziladi. Bu borada aniqlik ham tezkorlik ham muhim sanaladi.
Ichki konsolidatsiyalashgan hisobot odatda alohida jamiyatlarga, faoliyat doirasi, xududlar va hokazolarga bo’linadi.
Ichki konsolidatsiyalashgan hisobot ixtiyoriy shaklda tuziladi va tezkor boshqaruv xamda nazorat uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarga tegishli bo’ladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
· mahsulot va xizmatlarni sotishdan tushgan daromad to’g’risida ma’lumotlar;
· moliyaviy natijalar;
· harajatlarning asosiy tarkibiy qismlari va ularning hajmi.
Resurslarni nazorat qilish va boshkarish uchun quyidagilar zarur:
· resurslar manbai va ulardan foydalanish haqida ma’lumot;
· mablag’lardan foydalanish yo’nalishi;
· investitsiyalar va boshqa moliyalashtirish summalari, tez pulga aylana olishi va to’lovga layoqatliligining o’zgarishi.
|
Tashqi yoki moliyaviy - konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish yiliga bir marta hisobot davriga nisbatan katta vaqt oralig’ida amalga oshiriladi.
Bunda moliyaviy konsolida-tsiyalashgan hisobot qisman auditorlar tomonidan tekshirilgan buxgalteriya ma’lumotlar asosida tuziladi. Hisobotning ushbu turini tuzishda tartiblarga rioya qilish muhim sanaladi.
Moliyaviy jamlangan hisobot bosh va shu’ba korxonalari guruhi uchun tuziladi va odatda balans, moliyaviy natijalar to’g’risidagi va hisobot-lardan iborat bo’ladi. Tushuntirish xatida eng ahamiyatli ma’lumotlar keltiriladi.
Moliyaviy jamlangan hisobot iqtisodiy jarayonlar sabablari tushunadigan shaklda tuziladi. Hisobot-ning ushbu turi tegishli mamlakatning me’yoriy xujjatlari tomonidan tartibga solinadi.
|
Hisobotni bir xil tartib va qoidalardan foydalangan holda tuzish zarurati hisobotning u yoki bu shaklining o’xshashligi hisoblanadi. Ularni ma’lumotlarni taqqoslash maqsadida tuzish uslubidan bir necha hisobot davri mobaynida ketma-ket foydalanish lozim. Birok, aniq tafovutlarga qaramasdan, bu va boshka turlar yagona tizimni tashkil etishi, ularning ma’lumotlari biri-biriga ayniksa yil oxirida mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |