Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


Download 415.84 Kb.
bet16/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

Tushunish (aniqlik) tartibi. Bu hisobot axboroti shu tarzda taqdim etilishi kerakki, mutaxassislar uni o’qiyotganida hech qanday jiddiy muammoga duch kelmasliklari lozim. Biroq, bu qaror qabul qilish uchun muhim bo’lgan ushbu axborotni agarda u majmuaviy va tushunish qiyin bo’lsa chop etilmasin degani emas.
Jiddiylik tartibi. Ma’lumki, axborot jiddiy bo’lsa u qaror qabul qilish jarayoni uchun hisobot davrlarining ma’lumotlari asosida taxmin tuzilib, oldingi taxminlar tasdiqlansa yoki tuzatilsa foyda keltiradi. Moliyaviy hisobotlar shu tarzda jamiyat ishlari ahvolining o’ziga xos indikatori hisoblanishi va barcha relevant axborotni taqdim etishi kerak. Axborotning moddiyligi uning muhimligi uchun dastlabki shart-sharoit hisoblanadi. hisobotdan foydalanuvchilarning iqtisodiy ahloqiga axborotni chop etish yoki yashirish orqali ta’sir qilish imkoniyati ahamiyatlilik mezoni hisoblanadi.
Solishtirish tartibi. Bunda hisobotda oldingi davrlardagi solishtirma ma’lumotlarni keltirish tushuniladi. Shu maqsadda hisobotni tuzishda jamiyatning hisob-kitob siyosatini, undagi o’zgarishlarni ochib berish, shuningdek, ushbu o’zgarishlar oqibatlarining qiymatini ifoda etgan holda baholash lozim.
Muhimlik chegaralariga rioya qilish va axborotning ishonchliligi tartiblari. Bu axborotning foydaliligi hisobotda aks ettirilgan sarf harajatlar bilan bog’liklikka nisbatan yuqoriroq bo’lishi kerakligini anglatadi. Ishonchlilik va vaqtinchalik yaqinlik o’rtasidagi balansni shunday tanlash kerakki, hisobotdan foydalanuvchi qaror qabul qilishda uning ehtiyojlarini qondirishga to’sqinlik qilmasligi lozim.
Yuqorida qayd etilganidek, bosh va sho’’ba korxonalari guruhi yoki ayrim jamiyat hisoboti ularning umumiyligiga qaramasdan, konsolidatsiyalashgan hisobot o’z xususiyatlari tufayli ayrim korxonalar hisobotining maqsadlari, vazifalarini kengaytirishi va to’ldirishi bilan ajralib turadi. Uni tuzishning ayrim talablariga nisbatan ham ana shunday deyish mumkin. Yuqorida keltirilgan qoidalar ayrim jamiyat hisobotiga taalluqli bo’lgani kabi konsolidatsiyalashgan hisobotga ham taalluqlidir.
Biroq, konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish uchun ba’zi bir o’ziga xos va kengaytirilgan tartiblar va qoidalar mavjud. Quyida ularning asosiylarini keltiramiz:
Bosh va sho’’ba korxonalari guruhini nafaqat yangi iqtisodiy, balki yuridik shaxs sifatida taqdim etish tartibi. Ushbu tartib bosh va sho’’ba korxonalari guruhini mustaqil iqtisodiy tuzilma sifatida ko’rib chiqish shart-sharoiti asoslaridan kelib chiqad



Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling