Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


-rasm: Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni afzalliklari


Download 415.84 Kb.
bet22/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

5-rasm: Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni afzalliklari
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, korxona faoliyatining belgilangan vaqt oralig‘idagi yakunlari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirishga, korxonaning rentabelligini baholashga imkon beradi. Hisobot taqqoslash yordamida korxona nimaning evaziga daromad olganini yoki zarar qilganini ko‘rsatadi. U biznesning yo‘nalishlarini, rentabelligi nolga yoki manfiy ko‘rsatkichga ega loyiha va segmentlarni aniqlashga, shuningdek, e’tiborni nima foyda keltirsa, shunga qaratishga yordam beradi.
Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot – bu korxonadagi pul mablag‘lari oqimini aks ettiruvchi hisobot. U manfaatdor shaxslarga korxona qancha pul oldi, qancha va nimaga ishlatdi, yakunda qancha qolganligi to‘g‘risidagi axborotni olish imkonini beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida korxona o‘zining joriy faolligini ushlab turishga, shuningdek kreditlarini to‘lashga va rivojlanishga qanchalik qodir ekanligi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
Kapitalning o‘zgarishi to‘g‘risidagi hisobot – bu kapital harakati va korxonani taqsimlanmagan foydasining o‘zgarishi haqida ma’lumotlar aks ettirilgan hisobot.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobining xalqaro va milliy standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlaridan alohida tuziladi va soliq idoralariga topshirish uchun mo‘ljallanmagan. Standartlarda ushbu tushunchaning o‘zining ta’rifi beriladi, va ushbu ma’lumotlarni tayyorlash, taqdim etish va chop etish bo‘yicha qoidalar va asosiy talablar mavjud bo‘ladi. Konsolidatsiyalash uslubiyotini quyida ko‘rib chiqamiz.
Hisobotni konsolidatsiyalash jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • Bosh korxona tarkibiga kiruvchi barcha alohida korxonalar bo‘yicha hisobotlarni ishlab chiqish;

  • to‘ldirilgan shakllarni tekshirish;

  • tuzatishlarni bajarish;

  • bevosita konsolidatsiyalashag moliyaviy hisobotni tuzish.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni, boshqaruv hisoboti singari aloqa vositasi va manfaatdor shaxslarga muayyan korxonalardagi ishlarning holati to‘g‘risidagi ahamiyatli axborotlarni etkazib berish usuli bo‘lib hisoblanadi.
Quyidagilar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishdan ko‘zlangan maqsadlar bo‘lib hisoblanadi:

  • Hisobdorlikni ta’minlash (quyi bo‘g‘indagi sub’ektlar bosh korxonaga hisobdor);

  • Resurslarni boshqarish (rahbariyat tomonidan korxona moliyaviy resurslaridan strategik maqsadlarga erishish uchun foydalanish);

  • SHaffoflikni ta’minlash (axborotning shaffofligi va hamma uchun ochiqligi talabini bajarish);

  • Boshqarish (boshqaruv jarayonlarini ishchilar va korxonalar tomonidan o‘z funksiyalarining yanada sifatliroq bajarishlari uchun tashkil etish);

  • Tahlil va nazorat (ishchilar va jarayonlarning nazoratini amalga oshirish uchun monitoring instrumentlarini shakllantirish).

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tarkibidagi ma’lumotlarning sifat tavsilotlari orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
tushunarlilik (tayyorlangan umumlashtirilgan ma’lumotlarni amalda qo‘llash mumkin bo‘lishi uchun ular tushunarli bo‘lishi lozim);
ishonchlilik (axborotning ichida noaniqliklar va xatolar bo‘lmasligi kerak);
ahamiyatlilik (shunday axborotga ega bo‘lishi kerakki, uning mavjud emasligi uning asosida qabul qilinadigan qarorlarga salbiy ta’sir qiladigan bo‘lsin);
qiyosiylik (konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tarkibiga kiruvchi axborot manfaatdor shaxslarga tahlilni bajarish, turli hisobot davrlaridagi va turli hisobot sanalaridagi ma’lumotlarni, shuningdek turli korxonalar ma’lumotlarini o‘zaro taqqoslash yo‘li bilan korxonaning rivojlanish istiqbollarini kuzatib borish imkonin berishi lozim);
o‘rinlilik (axborotning o‘rinliligi uning xarakteri bilan aniqlanadi, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotdagi axborot o‘tmishdagi, joriy va kelajakdagi hodisalarni baholash imkonini berishi lozim).
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobotiga nisbatan bir qator farqlarga ega:

  • Bir emas, balki bir necha korxonalar xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi axborot qayd etiladi;

  • Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot guruh faoliyati to‘g‘risida umumiy tasavvurni shakllantirish uchun tuziladi;

  • Hisobotdan guruh ishtirokchilari o‘rtasidagi operatsiyalar chiqarib tashlanadi, unda faqat tashqi kontragentlar bilan operatsiyalar qoladi;

  • Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot o‘z foydalanuvchilari doirasiga ega;

  • Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot va buxgalteriya hisobotlarini shakllantirishda hisobotlarni shakllantirishning turli texnikalari qo‘laniladi;

  • Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot guruhga kiruvchi korxonalar faoliyati to‘g‘risidagi yig‘ma axborotni aks ettiradi, unda bir korxonaning foydaliligi va barqaror moliyaviy ahvoli ortida boshqasining zararliligi va noabarqaror holati yashirinishi mumkin;

  • Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda agar ular turli biznes sohalariga taaluqli bo‘lsa, alohida olingan korxonalarning muhim detallari yashirilib qolishi mumkin.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarga bir qator talabalar qo‘yiladi:

  • bosh korxona va quyi darajadagi korxonalar tomonidan qo‘llanidigan hisob siyosati bir xil bo‘lishi lozim;

  • bir xil valyutada va yagona tilda shakllantirilishining majburiyligi;

  • quyi korxonalar tomonidan bosh korxonaga hisobotlarni taqdim etishining yagona sanasi o‘rnatilgan;

  • konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidagi barcha korxonalar tomonidan tayyorlanadi;

  • ishonchli axborotga ega bo‘ladi;

  • ishlab chiqilgan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bo‘yicha auditorlik xulosasi shakllantirilgan bo‘lishi lozim.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning shakllanishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Konsolidatsiyalashgan guruhdagi ishlarning holati haqidagi axborot to‘la-to‘kis aks ettirilishi lozim;

  • konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot bosh korxona hisoboti tuzilgan sanaga tuzilgan bo‘lishi lozim;

  • bosh korxona va quyi darajadagi korxonalar uchun bir xil hisob siyosatidan foydalanilishi lozim;

  • hisobotda faqat manfaatdor shaxslar uchun muhim va ahamiyatli bo‘lgan axborot aks ettirilgan bo‘lishi lozim, chunki u u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llaniladi;

  • hisobot tushunarli, ob’ektiv va shaffof bo‘lishi lozim;

  • bosh korxona konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzishida baholashning umumiy uslubini qo‘llashi talab etiladi.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni ishlab chiqishning bir qancha uslublari mavjud. Uslubni tanlashni bosh korxona amalga oshiradi. U yoki bu uslubni tanlash korxona faoliyatning xarkteri va bosh korxona ta’sir darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu quyidagi 6-jadvalda keltirilgan

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling