Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


II-BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning amaliy jihatlari


Download 415.84 Kb.
bet12/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

II-BOB. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning amaliy jihatlari
2.1. Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning ob’ektlari, sub’ektlari va uslubiy jihatlari
Bosh va sho’`ba korxonalari guruhining turli jamiyatlarini umumlashtirilgan hisobotga kiritish uslublari. Yuqorida ko’rib chiqilgan barcha turdagi - Sho’’ba, harkorlikda nazorat qilinadigan va qaram jamiyatlar u yoki bu turdagi iqtisodiy moxiyat bilan bog’liq alohida ko’zda tutilgan uslub yordamida jamlangan hisobotga turlicha kiritiladi.
Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining u yoki bu jamiyati iqtisodiy moxiyatidan qat’iy nazar ularni birlashtirish uslubining bog’liqligi tushunchasini soddalashtirish uchun biz “Bosh va sho’’ba korxonalari guruhini tuzishning kontsentrik kontseptsiya”si yoki markazida Bosh va sho’’ba korxonalari guruhining o’zaro qaram jamiyatlari yadrosi hisoblangan bosh korxona turadigan kontsentrik doiralar tizimidan foydalanishni taklif etamiz. Kontseptsiya asosiy jamiyatning Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi yadrosidan “tashqi dunyoga” bosqichma-bosqich o’tishi kuzda tutadi. Bunda bosh korxonaning ta’sir darajasi markazdan uzoqlashib, kamayib boradi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Sho’’ba jamiyatlarini to’liq birlashtirishda Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi Sho’’ba jamiyatining 100 foizdan kamoq kapitaliga ega bo’lgan holda yuzaga keladigan ozchilik ulushi moddasini alohida aks ettirish muhimdir. Ozchilik ulushi (boshqa ishtirokchilar ulushi) deb Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi sho’’ba jamiyatlarining kapitali yoki mulki (aktivlar) hajmi, shuningdek, uning tarkibiga kirmaydigan tashkilotlarga tegishli va ularning foizli ishtirokidan qat’iy nazar mo’ljallangan daromadlari yoki zararlari hajmi tushuniladi. Ushbu bandni shaxsiy mablag’ va kapital sifatida (Birlik nazariyasini qo’llagan holda) yoki qarz kapitali sifatida (Manfaatlar nazariyasini qo’llagan holda) ko’rib chiqish mumkin.
Ikkinchi ko’rinish yoki ichki birlashtirishning ikkinchi doirasi, chet elda “kvotalarni birlashtirish” deb nomlanadigan mutanosib birlashtirish doirasini hamkorlikda nazorat qilinadigan jamiyatlar tashkil qiladi. Bosh korxonaning ta’sir darajasi qo’shma jamiyatda sho’’ba jamiyatiga nisbatan kamoq va mutanosib bo’lib, u jamiyatning ishtirok ulushi bilan aniqlanadi. Demak, bosh va sho’’ba korxonalari guruhiga hamkorlikda nazorat qilinayotgan korxonada faqat asosiy jamiyatning ishtirok etish ulushiga to’g’ridan-to’g’ri mutanosib bo’lgan ma’lum bir qismigina tegishlidir. Shuning uchun jamlangan hisobotga hamkorlikda nazorat qilinayotgan jamiyatlar va hamkorlik faoliyati mutanosib birlashtirishi uslubi yordamida kiritiladi. Mohiyati bo’yicha bu sho’’ba jamiyatlarini to’liq birlashtirishga o’xshash, faqat uning bitta o’ziga xos xususiyati bor: bunga qo’shma jamiyat yoki hamkorlik faoliyatining mulk va majburiyatlari, barcha harajatlari hamda daromadlari kiritiladi, bosh va sho’’ba korxonalari guruh qo’shma korxonasi va jamiyatlari o’rtasidagi muomalalar esa bosh korxonaning ishtirok etish ulushiga mutanosib ravishda konsolidatsiyalashgan hisobotdan istisno qilinadi.
Bosh va sho’’ba korxonalari guruhi – Eguity (kapitaldagi ulushlar) uslubi bilan birlashtirish doirasini asosiy jamiyat iqtisodiy siyosatiga ahamiyali ta’sir ko’rsatadigan qaram jamiyatlar ifoda etadi.
Mazkur uslubning asosiy xususiyati shundan iboratki, to’liq va mos ravishda umumlashtirish uslubidan farqli o’laroq, alohida jamiyatning hisobotidan mol-mulk va majburiyatlar, daromad yoki xarajatlar bosh va sho’’ba korxonalari guruhi hisobotiga kiritilmaydi. Unda faqat ishtirok qiymatining “rivojlanishi” (inglizcha - Equity) - qaram jamiyatning o’z kapitaliga, bosh kompaniyaning ishtirok ulushiga mos ravishda aks etadi. Equity qiymatini aniqlash uchun (to’liq umumlashtirishdagi kapitalni umumlashtirishga o’xshash tarzda) ikki uslub qo’llanishi mumkin:
- balans va mos qiymat uslublari (qiymatiga nisbatan bu kapitalni umumlashtirishdagi yangi qiymat uslubiga to’g’ri keladi). Balans qiymati uslubi ishlatilganda Equity qiymati birlamchi umumlashtirishda qaram jamiyatga katta ta’sir ko’rsatayotgan jamiyat balansida ifodalangan qiymatga ko’ra, ya’ni xarid o’ilish qiymatiga ko’ra belgilanadi. Ayni paytda, to’liq umumlashtirishdagi kabi ishtirokning balans qiymatiga qaram jamiyatning o’z kapitalining tegishli qismi bilan tenglashadi. Ular o’rtasidagi farq foydalanilmagan rezervlar aniqlangandan va tegishli moddalarga qo’shilgandan so’ng konsolidatsiyalashgan balansning alohida moddasi sifatida ifodalanadi.
- mos (proportsional) qiymat usluli ishlatilganda birinchi yilda qaram jamiyatda ishtirok balans qiymati (xarid qiymati) bo’yicha emas, “ta’sir ko’rsatuvchi jamiyatning qaram jamiyatning o’z kapitali ulushiga mos”16 summada aks etadi. Bunda o’z kapitali deganda o’z balans kapitali emas, yangi qiymat uslubiga o’xshash tarzda kapitalni umumlashtirishda mol-mulk va majburiyatlar qayta baholangandan so’ng belgilanadigan miqdor tushuniladi.
Keyingi jadval yuqorida bayon etilganlarni birlashtiradi va u yoki bu jamiyatga ta’sir qilish darajasidan qat’iy nazar ular umumlashtirilgan hisobotga kiritilishini aks etiradi.

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling