4-jadval
Bosh korxonaning ta’sir qilish darajasi, Bosh va sho’’ba korxonalari guruh jamiyatlari turlaridan qat’iy nazar ularni birlashtirishda qo’llaniladigan uslub o’rtasidagi bog’liqlik17
Ta’sir darajasi yoki munosabatlar shakli
|
Qaram korxonaning bir bosqichdan ikkinchisiga o’tishga o’tishdagi izchilligi
|
Konsolidatsiyalashgan hisobotda aks ettirish uslubi
|
Hal qiluvchi nazorat, yagona rahbarlik
|
Sho’’ba jamiyat
|
To’liq birlashtirish
|
Hamkorlikdagi nazorat, umumiy rahbarlik
|
Qo’shma jamiyat
|
Mutanosib birlashtirish uslubi yoki kamdan-kam uchraydigan Eguity (kapitaldagi ulushlar) uslubi
|
Ahamiyatli nazorat
|
Qaram jamiyat
|
Eguity uslubi (kapitaldagi ulushlar)
|
Uzoq muddatli munosabat, ahamiyatli ta’sirning yo’qligi
|
Uzoq muddatli moliyaviy mablag’lar
|
Moliyaviy mablag’lar uchun mo’ljallangan umumiy tartib
|
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzuvchi tashkilotlar (xoldinglar, korporatsiyalar, kontsernlar, assatsiatsiyalar) o’ziga xos xususiyatga ega. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin Bosh korxona barcha sho’’ba korxonalaridan quyidagi ma’lumotlarni olishi kerak:
- boshqa korxonalarning xususiy kapitaliga qo’yilgan moliviy qo’yilmalar;
- tashkilot aktsiyalarining nominal qiymati to’g’risidagi ma’lumot;
- emissiya daromadi to’g’risidagi ma’lumot;
- sho’’ba va bosh jamiyat o’rtasidigi debitorlik va kreditorlik karzlarining koldig’i;
- berilgan kredit va ssudalar to’g’risidagi ma’lumot;
- sotib olingan va hisobdan chiqarilmagan xom ashyo materiallar, tovar va tayyor mahsulot to’g’risidagi ma’lumot.
Do'stlaringiz bilan baham: |