Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari
-rasm. Eng bosh kompaniyaning strukturasi
Download 415.84 Kb.
|
Eshonqulov B 17.05.23 22222
4-rasm. Eng bosh kompaniyaning strukturasi
Bosh korxonaning moliyaviy holat to‘g‘risida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotida aks ettirilgan sho‘‘ba korxonalar aksiyalariga investitsiya, sho‘‘ba komrxonaning sof aktivlari va ushbu investitsiyalar va sho‘‘ba korxonasining xususiy kapitalining u xarid qilingan sanaga qiymati o‘rtasidagi farqni ifodalovchi gudvil bilan almashtiriladi. Shunday qilib, moliyaviy holat to‘g‘risida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot o‘zida quyidagilarni aks ettiradi: guruhning sof aktivlari; guruhning aksiyadorlik kapitali har doim bosh korxonaning aksiyadorlik kapitaliga teng; guruhning taqsimlanmagan foydasi, u bosh korxonaning taqsimlanmagan foydasiga va sho‘‘ba korxonasini taqsimlanmagan foydasidagi guruh ulushining u xarid qilingan sanadagi holati bo‘yicha teng. Ba’zida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni turli ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni qo‘shish yo‘li bilan olingan qandaydir yakuniy hisobot sifatida qabul qiladilar. Biroq bu unchalik to‘g‘ri emas, chunki uning tayyorlanish tamoyili arifmetik operatsiyalarning bajarilishi bilan emas, balki biznesning iqtisodiy mohiyati bilan aniqlanadi. Ushbu jarayonga ehtiyoj biznesning o‘sishi, bir qancha korxonalarning qo‘shilib ketishi yoki yutib yuborilishi natijasi sifatida yirik biznes-tuzilmalarning paydo bo‘lishi natijasida yuzaga keladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot biznesnnig shaffofligidan dalolat berib, bu potensial investorlar uchun ijobiy nufuzni yaratish va IPO talablariga mos kelish uchun zarur. SHu bilan bir qatorda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot o‘z ichiga turli faoliyat yo‘nalishiga ega bo‘lgan turli o‘lchamdagi korxonalarni olgan, murakkab tuzilmali korxonalar boshqaruv bo‘g‘ini uchun instrument (dastak) bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni, uning olinishi boshqaruvchilarga o‘z ishida dolzarb va to‘laqonli ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi, investorlar va aksiyadorlarga esa moliyaviy holat nuqtai-nazaridan “murakkab” korxonalardagi ishlar haqida “xikoya qilib beradi”. Oxirgilar uchun o‘zida har bir korxonadan olingan, yoyilgan hisobotlar to‘plami bo‘yicha korxonalar guruhini yoki xoldingni ifodalovchi kompaniyaning ishlarini aniqlash murakkab bo‘lgan bo‘lar edi. SHunday qilib, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot – bu o‘zaro bog‘liq bo‘lgan korxonalarning umumiy, birlashtirilgan hisoboti bo‘lib, unda barcha korxonalar faoliyatining yakunlari yagona korxona faoliyati yakunlari sifatida taqdim etilgan. Boshqacha qilib aytganda, unda bosh korxona va unga bo‘ysunuvchi quyi darajadagi korxonalarning aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va sarfxarajatlari to‘g‘risidagi axborot umumlashtiriladi va aks ettiriladi. Bosh korxonaga quyi darajadagi korxonlar tomonidan hisobotlarning shakllantirilishi ustidan nazorat qilish mas’uliyati yuklangan. Uning o‘zi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlaydi, unda o‘zaro majburiyatlar va talablar to‘g‘risidagi axborot bo‘ladi. SHunga ko‘ra bosh korxonaning ishlarining muayyan sanaga holati va muayyan davrdagi faoliyati natijalari haqida xulosa shakllanadi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni afzalliklari ichida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: (5-rasm). Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot o‘z ichiga quyidagilarni oladi: Buxgalteriya balansi – korxona mulkining qiymati va majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. U debitorlik va kreditorlik qarzdorligini, foydaning taqsimlanishi va ishlatilishini nazorat qilishga imkon beradi. Balans korxona tasarrufida nima borligi, va zararlar qaerdan kelib chiqqanligi haqida axborot b eradi. Download 415.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling