Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


-rasm: Konsolidatsiyalashgan hisobotlarni tuzish va taqdim etishning maqsadlari


Download 415.84 Kb.
bet19/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

3-rasm: Konsolidatsiyalashgan hisobotlarni tuzish va taqdim etishning maqsadlari
Korxonalarning qo‘shilishi natijasida shakllangan moliyaviy natijalar va sof aktivlar, ular xuddi bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt bo‘lganidek aks ettiriladi. Ushbu yondashuv guruhning har biri alohida yuridik shaxs hisoblanadigan korxonalari o‘rtasidagi munosabatlarning yuridik shakli bilan qarama-qarshilikka kirishadi. YAgona xo‘jalik yurituvchi sub’ekt konsepsiyasining qo‘llanilishi – bu hisobda yuridik shaklni emas, balki iqtisodiy mohiyatni aks ettirishda ifodalanadi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashning bir qancha usullari bor, biroq eng oddiy yondoshuv – guruhning barcha xo‘jalik operatsiyalarini bitta yagona korxona amalga oshiradi deb tasavvur qilish bo‘lib, uning uchun moliyaviy ahvol haqidagi hisobot, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot va boshqa yig‘ma daromadlar to‘g‘risidagi hisobot tayyorlanadi. Bunday hisobotlar yig‘ma holatda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot deb ataladi.
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish jarayonini muvofiqlashtirish quyidagi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi:
MHXA (IFRS) 3 Kompaniyalarni birlashtirish (2008 y. yanvar tahririda);
MHXA (IFRS) 10 Umumlashgan moliyaviy hisobot (2011 yil mayda chiqarilgan);
MHXA (IAS) 28 Uyushgan kompaniyalar va qo‘shma korxonalarga investitsiyalar (2011 yil may tahririda).
Guruh tarkibiga kiruvchi har bir korxona moliyaviy hisobni mustaqil yuritadi va o‘zining alohida moliyaviy hisobotini odatdagi tartibda tuzadi va taqdim etadi. Bosh korxona konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini guruh tarkibiga kiruvchi korxonalarning alohida moliyaviy hisobotlari asosida tayyorlaydi.
YUqorida aytib o‘tilgan standartlarga qo‘shimcha ravishda MHXA bo‘yicha Kengash (IASB) umumlashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashga taaluqli yana bir standartni chop etdi:
MHXA (IFRS) 12 Boshqa kompaniyalarda ishtirok etish ulushlari to‘g‘risidagi axborotni ochib berish. Moliyaviy ahvol to‘g‘risida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashning asosiy tamoyili shundan iboratki, unda bosh va sho‘‘ba korxonaning barcha aktivlari va majburiyatlari aks ettirilgan.

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling