Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


-javdal Konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish uslubini tanlash tartibi


Download 415.84 Kb.
bet23/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

6-javdal
Konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish uslubini tanlash tartibi

Ta’sir darajasi

Foydalaniladigan uslub

> 50% aksiyalar

To‘liq konsolidatsiyalashgan

20%-50% aksiyalar

Ulushli ishtirok etish uslubi

˂ 20% aksiyalar

Operatsiyalarni yozish

To‘liq konsolidatsiyalashda faqat bosh korxonaning kapitali hisobga olinadi, quyi darajadagi korxonalarning ko‘rsatkichlari to‘liq jamlanadi, guruh ichki operatsiyalarini chiqarib tashlash amalga oshiriladi, shuningdek nazorat qilmaydigan aksiyadorlar ulushini aniqlash amalga oshiriladi. Ulushli ishtirok etish uslubida konsolidatsiyalashda nazorat ostidagi korxonadan dividendlar bosh korxona tasarrufidagi foydaning bir qismi bilan almashtiriladi, bosh korxona investitsiyalarining qiymati qo‘shma yoki assotsiatsiyalashgan korxonaning sof aktivlaridagi ulush bilan almashtiriladi, shuningdek qo‘l ostidagi korxonalarning ma’lumotlari yakuniy hisobotda moddalar bo‘yicha umumlashtirilmaydi. YUqorida bayon etilgan ikki uslub o‘zaro o‘xshash: ularning istalgan bittasidan foydalanilganda bosh korxona va nazorat qilinuvchi korxona uchun yagona hisob siyosatidan foydalanish lozim, shuningdek hisobotni tuzishning yagona sanasi tanlangan bo‘lishi lozim. Operatsiyalarni yozish yo‘li bilan umumlashtirishda investitsiyalar tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.


MHXS va BHMS o‘rtasidagi farqlar:
Soliq bazasini aniqlashga turlicha yondoshuvlar;
BHMSda yagona schyotlar rejasi qo‘llaniladi, MHXS da yagona schyotlar rejasi bo‘lmaydi;
MHXSda qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar va bank overdraftlari operatsion faoliyat tarkibiga kiritilishi mumkin;
Aktivlarni hisobga olishga turlicha yondoshuv (BHMSda aktivlarning likvidlilik darjasi hisobga olinmaydi);
MHXSga muvofiq, korxonaning o‘zi hisobot davrini o‘rnatishi mumkin;
BHMSda ma’lumotlarni aks ettirish uchun asos bo‘lib boshlang‘ich hujjatlar xizmat qiladi, MHXSda esa – kasbiy mulohazalar;
MHXSda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘proq ko‘rsatkichlar soniga ega.

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling