Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


Download 415.84 Kb.
bet11/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

3-jadval
Korxonalarni birlashtirish orkali erishiladigan iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari12

Makroiqtisodiy

Mikroiqtisodiy

- Ayrim korxonalarning rakobat, ayniksa halqaro rakobat tazyikiga dosh bera olish layokatining oshishi
- Rakobatning erkin bozori ta’sirini cheklash
- Bozorni mahsulotlar va xizmatlar bilan yaxshirok tuldirish
- Bosh va sho’’ba korxonalari guruhida manfaatlarni yaxshirok himoya qilish imokniyati va shu kabi

- Foydani kupaytirish
- Harajatlarni kamaytirish va optimallashtirish
- Harajatlarning ma’lum turini tejash
- Tavakkalchilikni kamaytirish
- Rentabellikni oshirish
- Birlashma kuchi va «nufuzi»ni oshirish
- Kapitalni sarflash va faoliyat sohasini kengaytirish
- Yangi texnologiyalardan foydalanish imkoni
- Yangi tajribali xodimlarni jalb etish
- Soliq tulovlarini optimal-lashtirish
Ishlab chiqarishning texnologik darajasi va mahsulot sifatini oshirish
- Yangi bozorlarni egallash va shu kabilar.

Buning natijasida AQShda birinchi bo’lib, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish zaruriyati paydo bo’lgan. Manbalarga ko’ra, birinchi konsolidatsiyalashgan hisobot General Electric kompaniyasi tomonidan 1893 yilda tayyorlangan, ammo u erdagi ma’lumotlar faqat bosh korxonaga tegishli bo’lgan. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning tarkibiga barcha sho’’ba korxonalari bo’yicha tuzilgan “Foyda va zararlar” to’g’risidagi hisobot kiritilgan. Hozirgi kuda ham bu amaliyotda keng qo’llanilib kelinadi.
1903 yil 12 martda U.S.Steel Corporation kompaniyasi tomonidan 1902 yil 31 dekabr sanasiga o’zining birinchi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tayyorlangan edi. AQShdagi Price Waterhouse auditorlik firmasi vakili, ingliz buxgalteri Artur Dikinson Konsolidatsiyalashning muallifi hisoblanadi. U ushbu kompaniya bosh buxgalteri V.Filbert bilan birgalikda o’zaro hamkorlik qiluvchi kompaniyalar yaxlitligiga doir iqtisodiy nazariyadan foydalangan holda umumlashtirish texnikasini ishlab chiqdi13.
1903 yilda “Amerikalik olim” jurnali bu hisobotni: “AQSh kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan eng mukammal va aniq hisobotdir” - degan.14
Sekin astalik bilan XX asr boshlarida AQSh amaliyotida konsolidatsiyalashgan hisobot ommalashib bordi. Buning asosiy sabablari:

  • xolding biznesining shiddat bilan rivojlanishi, turli sohalar bo’yicha iqtisodiy birlashish va yuridik jihatdan tartibga solish natijasida hisobotni umumlashtirish imkoniyatining berilishi;

  • hisobotni tuzishda va yangi usullarning qo’llanilishida hech qanday to’siqlarning mavjud emasligi;

  • yirik fond birjalari tomonidan konsolidatsiyalashni qo’llab quvvatlanishi;

Shunday qilib, konsolidatsiyalashgan hisobotning paydo bo’lishi, investorlarni xolding kompaniyalarni tashkil qilish unga investitsiyalarni jalb qilish uchun birinchi qadam bo’ldi.
Angliyada umumlashgan hisobot ilk bor 1907 yilda PK Ltd kompaniyasi tomonidan tayyorlandi. Mashxur Nobel Industries firmasi 1922 yilda umumlashgan hisobotini chop etib, uni novatorlik deya ta’rifladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi to’g’risida birinchi kitob Angliyada 1923 yilda chop etilgan (kitob muallifi Gilbert Garnzey (Gilbert Garnsey)). 1939 yilda London fond birjasi umumlashtirish g’oyasini ma’qulladi hamda uni birjada ro’yxatdan o’tgan barcha kompaniyalar uchun majburiy qilib qo’ydi.
Frantsiyada 1967 yilda faqatgina 24 ta kompaniya konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni taqdim etgan15. Frantsiyada 1985 yilgacha umumlashtirish haqida maxsus qonun yo’q edi, shu tufayli umumlashtirilgan hisobot ayrim hollarda tuzilar edi. Biroq 1983 yilga kelib, qimmatli qog’ozlar birjasida ro’yxatdan o’tgan barcha kompaniyalarning 75% ixtiyoriy ravishda umumlashtirilgan hisobot tuzdi.
Yaponiyada “Buxgalteriya hisoboti bo’yicha nizom” 1977 yilda Moliya vazirligi tomonidan chiqilgan bo’lib, uning tamoyillari ingliz-amerika maktabining ta’limotiga asoslangan.
Frantsiyada konsolidatsiyalashgan hisobot amal qililishi Evropa Ittifoqining Ettinchi direktivasi qabul qilinganidan so’ng paydo bo’ldi. Konsolidatsiyalashgan hisobotning majburiy tarkibiy qismlari: balans, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va tushuntirish xati bilan birgalikda u o’z mablag’lari va kapitalining harakatlanishiga doir hisobot bilan to’ldirilishi mumkin.

  1. Frantsiyada umumlashtirilgan hisobot asosan axborot tusiga ega, ayni paytda soliqlarni hisoblashda ham qo’llanilishi mumkin.

Germaniyada konsolidatsiyalashgan hisobot tuzilishi asosan IAS standartlarining qo’llanilishiga yo’naltirilgan, ayni paytda qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega. Shuni qayd etish lozimki, Germaniyada konsolidatsiyalashgan hisobot boshqa mamlakatlardan farqli ravishda asosan axborot harakteriga ega va soliqqa tortishga aloqasi yo’q. Germaniyada umumlashtirilgan hisobotga xos xususiyatlarga quyidagilar kiradi:

  1. Agar kompaniyaga jamiyat emas, shirkat boshchilik qilsa, u umumlashtirilgan hisobot tuzmaydi. (Bu esa bizningcha, unchalik to’g’ri emas va Ettinchi direktiva talablariga mos kelmaydi);

  2. Umumlashtirilgan hisobot tuzishda asosiy va sho’’ba korxona munosabatlari mavjudligi asosiy omil bo’lib xizmat qiladi. Ular bosh korxona tomonidan yagona rahbariyatga yoki nazoratga tayanadi.

  3. “Yagona raxbariyat” tushunchasi “amaldagi kontsern” vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Bunda ishtirok etish tizimi, IAS da ko’zda tutilgan boshqa xususiyatlarga ega bo’lmagan, biroq bitta jamiyat tomonidan boshqariladigan va shunga ko’ra kontsernni tashkil qiladigan tashkilotlar bosh va sho’’ba korxonalari guruhi kontsern hisoblanishi mumkin;

  4. Shirkatlar konsolidatsiyalashgan hisobot tuzmaydi, uni faqat jamiyatlar tuzishi lozim;

Konsolidatsiyalashgan hisobotning shakillanishida asosiy dastak bo’lib, birinchidan – yirik xususiy korporatsiyalar hisoblansa, ikkinchidan, yaxshi rivojlangan moliya bozori hisoblanadi. Yirik xususiy korporatsiyalar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda vujudga kelgan. Bundan ko’rinib turibdiki hozirgi amaliyotda kichik va xususiy tadbirkorlikka konsolidatsiyalashgan hisobot tuzish milliy buxgalteriya tizimi bo’yicha talab etilmaydi.
Shuni ham aytib utish joizki, texnika va texnalogiyaning vujudga kelishi va buxgalteriya hisobi tizimini korxonani avtomatik boshqaruv tizimining qo’llanilishi biznesni rivojlanishigi keng imkon yaratdi. Agar AQShda tashkil qilingan birinchi U.S. Steel kompaniyasi 6 kishidan iborat bo’lgan bulsa, hozirgi kunga kelib Germaniyaning Bosch kompaniyasi 300dan ortik sho’’ba korxonalariga va turli xorijiy davlatlarda uzining filiallariga ega, Henkel komnaniyasi esa 350 dan ortik sho’’ba korjonalariga ega.
Umumlashtirish amaliyoti hamon ayrim ilmiy xususiyatlarga ega. Amalda deyarli har bir mamlakat umumlashtirish sohasida o’z milliy standartlariga ega. Masalan, AQShda ABR №11, 16, 18, 52, Buyuk Britaniyada SSAP №1,14,15,20-standartlardir. Biroq xalqaro buxgalteriya tashkilot-lari harakatlari samarasi o’laroq, ushbu standartlar orasidagi farqlar kamayib, ular birxillashib bormoqda.
Birinchi bob bo‘yicha xulosa
Birinchi bob bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelindi:
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotning nazariy mohiyati ochib berildi, buxgalteriya hisobi va iqtisodiy axborot tizimidagi hamda o’zaro bog’langan tashkilotlar bosh va shuba korxonalar guruhini boshqarish tizimidagi roli va o’rni aniqlandi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotining zamonaviy holati tanqidiy tadqiq qilindi, shu jumladan tadqiq etilayotgan sohadagi mamlakatimiz va xorijiy, ayniqsa hozirgi paytda buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga ega ko’plab ilmiy asarlar va me’yoriy hujjatlar ko’rib chiqildi;
Alohida korxonaning hisoboti va ilgari mamalakatimizda tuzilgan jamlanma hisobotga nisbatan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishning o’ziga xos jihatlari aniqlandi va tadqiq etildi;
Bosh va shuba korxonalar guruhi hisobotini tahlil qilish asosida, mazkur sohada mavjud bo’lgan mamlakatimiz va xorijiy tajribaga asoslanib, konsolidatsiyalash jarayonining tartibi tadqiq qilindi



Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling