Iqtisodiyotning globallashuv sharoitida bozor munosabatlarini amal qilishi


Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari


Download 92.62 Kb.
bet4/9
Sana07.05.2023
Hajmi92.62 Kb.
#1438483
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Презентация1 (1)

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Iqtisodiy faoliyat erkinligi. Odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan bogliq bo'lgan faoliyati iqtisodiy faoliyat deb yuritiladi. Tovar va xizmatlarni yaratish, ayirboshlash va ulami iste’mol etishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin kechadi. Xususiy mulkchilik bu tizinuiing asosini tashkil etgani tufayli erkin xususiy tadbirkorlik butun jamiyat iqtisodiy faoliyatining asosini tashkil etadi.
  • Xo'jalik yurituvchi har qanday subyekt (alohida shaxs, oila, odamlar guruhi, yuridik shaxslar va h.k.) iqtisodiy faoliyatning o‘ziga ma'qul va manzur bo'lgan hamda davlat qonunchiligi bilan taqiqlanmagan turini tanlaydi.
  • Inson 0‘zining jismoniy va aqliy layoqatini o‘zi istagan soha (tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, savdo-sotiq, tijorat, vositachilik va hokazojga yo'naltirishi, o'zining pul mablag'laridan o‘zi xohlagan maqsadlarda (biron-bir tovar ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, bank depozitlariga qo'yish, aksiyalar sotib olish va hokazo) foydalanish huquqiga ega.

Bozor Iqtisodiyotining Asosiy Tamoyillari

  • Xojalik yurituvchi subyektlarning teng huquqliligi. Iqtisodiy erkinlik xo'jalik yurituvchi subyektlarning faqatgina iqtisodiy faoliyat erkinligida namoyon bo'lib qolmay, balki davlat tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarda ham o‘z ifodasini topadi. Soliqlar, jarimalar. turli xil imtiyozlar davlat tomonidan belgilanadi. Agar xo'jalik yurituvchi subyektlarning biridan (masalan, xususiy firmadan) yuqori foizlarda
  • soliq undirilsa-yu, ikkinchisidan (masalan, davlat korxonasidan) kamroq foizlarda undirilsa, bu, albatta, adolatdan bo'lmaydi va ijtimoiy noroziliklarga sabab bo'ladi. Qaysidir mulkchilik shaklidagi subyektlaiga soliq yoki bojxona imtiyozlari berilsa-yu, kimlardir bundan mahmm etilsa, bunda ham xuddi shunday adolatsizlik ro'y beradi.
  • Demak, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarning teng huquqliligi bozor iqtisodiyotining muhim tamoyili hisoblanadi.

Download 92.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling