- 0‘zini o‘zi boshqarish. Jamiyatdagi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning ikkita turi mavjud bo'lib, ulaming birinchisi yuqoridan beriladigan buyaiq va ko'rsatmalar asosida boshqarish bo'lsa, ikkinchisi bozor munosabatlariga tayangan holda o'zini o‘zi boshqarishdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlaming xo'jalik amaliyotida o'zini o‘zi boshqarish muhim tamoyil hisoblanadi. Mazkur tizim sharoitida iqtisodiy taraqqiyotni davlat boshqamvi va menejerlar tajribasi hamda donoligi ma’lum darajada belgilab beradi.Biroq hal qiluvchi omil bo‘lib erkin bozor munosabatlari va erkin baholar xizmat qiladi. Adam Smit tomonidan „ko‘rinmas qoT deb atalgan talab va taklif iqtisodiyotni nafaqat tartibga solib turadi, balki boshqaradi ham. Tovar va xizmatlarning taklifi talabga nisbatan ko‘payib ketsa, narx-navo tushadi, aks holda ular ko'tariladi. iqtisodiyotning qaysi tarmog'i yoki sohasi ko‘proq daromad keltirsa, sarmoyadorlarning mablagiari o‘sha tomonga oqib kela boshlaydi. Sifatsiz tovarlar va xizmatlar yaratayotgan korxona va firmalar iqtisodiy jihatdan sinib, o‘z-o‘zidan yopilib ketadi. Yuqori sifatli tovar ishlab chiqaruvchilarning omadi chopaveradi, chunki, bir tomondan, tovarga talab katta bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu tovar yuqori baholarda sotiladi.
- 0‘z-o ‘zini moliyalashtirish. Har qanday xo'jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy faoliyat ko'rsatar ekan, uning oldida bitta muhim vazifa turadi. Bu vazifa o‘z mustaqilligini to‘la-to‘kis ta’minlashdir. Buning uchun u o'zining xo'jalik faoliyati bilan bog'Iiq bo'lgan barcha moliyaviy sarf-xarajatlarni qoplashi va olgan foydasi hisobidan o‘z taraqqiyotini amalga oshirishi kerak. O'zbekona ta'birbilan aytadigan bo'lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida Jiar kim o‘z aravasini o‘zi tortishi kerak". To‘g‘ri, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mablag‘lari yetarli bo'lmagan hollarda bankdan kredit (qarz)lar olishi mumkin. Biroq bu ham „o‘z aravasini o‘zi tortish" bilan teng narsa. Chunki bankdan olingan qarzlarni qaytarish, qaytarganaa ham foizlari bilan qaytarish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |