Iqtisodiytahlil


Rentabellik ko’rsatkichlari tizimi va ularni aniqlash usullari


Download 46.93 Kb.
bet3/3
Sana07.03.2023
Hajmi46.93 Kb.
#1243995
1   2   3
Bog'liq
Махсудов Муслим СБХА81 Иктисодий Тахлил

Rentabellik ko’rsatkichlari tizimi va ularni aniqlash usullari
O’zbekiston Respublikasida 2010 yilda islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, 2009-2010 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini so’zsiz bajarish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash asosiy ustuvor vazifa hisoblandi. Bu esa iqtisodiyot tarmoqlarini iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qilish asosida ichki xo’jalik imkoniyatlaridan unumliroq foydalanishni va sifat ko’rsatkichlarni muttasil yaxshilab borishni taqozo etdi. Mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo’lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko’tarishimiz muhim vazifalardan hisoblanadi.
Rentabellik ko’rsatkichlarini iqtisodiy tahlil qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadalaridan biri tahlil qilinayotgan iqtisodiy ko’rsatkichlarni xolisona va to’g’ri baholash uchun ularni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqishdan hamda ularni nazariy va uslubiy jihatdan asoslashdan iboratdir.
Rentabellik keng qamrovli tushunchalar qatoriga kirganligi bois, uning holati va undan foydalanish darajasi xususida to’liq hamda mukammal xulosa chiqarish uchun ko’rsatkichlar tizimidan foydalanish zarur. Shu boisdan Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari qabul qilgan rasmiy hujjatlarga asosan rentabellik ko’rsatkichlar tizimi va ularni hisoblash usullarini ko’rib chiqamiz. Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu masala yuzasidan iqtisodchi olimlar o’rtasida birlik yo’q. Masalan, O’zbekiston Respublikasi korxonalar bankroti va sanatsiya masalalari bo’yicha hukumat hay’ati tomonidan 1997 yil 17 aprelda tasdiqlangan “Moliyaviy tahlil bo’yicha uslubiy tavsiyalar”da quyidagi rentabellik ko’rsatkichlari tavsiya etilgan: sotilgan mahsulot rentabelligi, asosiy vositalar rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi, permanent kapital rentabelligi, jami kapitalning rentabellik koeffitsenti.
“Xarajatlar tarkibi to’g’risida...” Nizomga asosan quyidagi rentabellik ko’rsatkichlari tavsiya etilgan: jami aktivlarning renta-belligi, sotilgan mahsulot rentabelligi, xususiy (o’z) kapitalining rentabelligi.
O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishi qo’mitasi tomonidan 1997 yil 10 dekabrda tasdiq-langan “Qishloq xo’jaligi korxonalarini moliyaviy tahlil qilish bo’yicha tavsiyalar” va “Qishloq xo’jaligi korxonalarini iqtisodiy nochorligini e’tirof etishni vaqtincha tartibi”da rentabellik darajasini baholash uchun faqat ikki ko’rsatkich tavsiya etilgan: mahsulot rentabelligi va aktivlar rentabelligi. Rossiya iqtisodiy tahlil fanining ko’zga ko’ringan yirik olimlari M. I. Bakanov, A. D. Sheremet, G. V.Savitskaya, V. V.Kovalev, L.I. Kravchenko va boshqalarning moliyaviy tahlil bo’yicha chop etilgan qator darslik, o’kuv qo’llanma va ilmiy maqolalarini e’tirof etish joiz. Xususan, A. D. Sheremet, E. V.Negashev20 tomonidan moliyaviy tahlilga bag’ishlangan “Moliyaviy tahlil usuli” o’quv qo’llanmasida rentabellik ko’rsatkichlarini uchta guruhga umumlashtirish tavsiya etilgan:
1.Kapital (aktivlar) rentabelligi;
2.Mahsulot rentabelligi.
3.Pul mablag’lari oqimi asosida hisoblangan rentabellik ko’rsatkichlari.
O’zbekistonda ham iqtisodiy tahlil va uning ayrim sohalariga bag’ishlangan adabiyotlar, o’kuv va amaliy qo’llanmalar, risolalar, ilmiy maqolalar chop etilgan. Bular jumlasiga I. T.Abdukarimov, E. A.Akramov, Yo. A. Abdullaev, I.O.Voljin, E. Ergeshev, A. Ibrohimov, B. I.Isroilov, S. Najbiddinov, M. Q. Pardaev, M. M.To’laxo’jaeva, V. V.Ergashboev, N. Xasanov kabilarning ishlarini kiritish mumkin.
Bevosita korxonalarning moliyaviy holatiga bag’ishlagan adabiyotlarda rentabellik ko’rsatkichlarining tahliliga ko’p e’tibor berilgan nufuzli ishlardan biri sifatida E. A.Akramov21 tomonidan chop etilgan “Korxonalarning moliyaviy holati tahlili” o’kuv qo’llanmani e’tirof etish joiz. Ushbu ishda muallif rentabellik ko’rsatkichlarini ikki tizimli ko’rsatkichlarga umumlashtirishni tavsiya etgan:
IMoliyaviy tahlilga bag’ishlangan adabiyotlar ichida rentabellik ko’rsatkichlarini tahlil qilishga alohida e’tibor berilgan tadqiqotlar qatoriga I. T. Abdukarimov22, I. O. Voljin va V. V.Ergashboev23, M. Q. Pardaevlarning24 ishlarini kiritish mumkin. Xususan, I. T. Abdukarimov tomonidan chop etilgan «Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish yo’llari» nomli risolada quyidagi rentabellik ko’rsatkichlari tavsiya etilgan: mahsulotni sotish rentabelligi, asosiy sarmoya rentabelligi, o’z sarmoyasi rentabelligi, xarajatlar rentabelligi.
I. O. Voljin, V. V. Ergashboevlar «Moliyaviy taxlil» nomli uslubiy qo’llanmada quyidagi 12ta rentabellik ko’rsatkichlarini tavsiya etadilar: xarajatlar rentabelligi, sotish rentabelligi, asosiy faoliyat rentabelli-gi, jami aktivlar rentabelligi, xususiy (o’z) kapital rentabelligi, asosiy kapital rentabelligi, permanent kapital rentabelligi, aylanma kapitalning rentabelligi, qarzga olingan kapital rentabelligi, soliq kesimi, real asosiy kapital rentabelligi, investitsiya kapitali rentabelligi.
Yuqorida keltirilgan adabiyotlarning birortasida ham rentabellik ko’rsatkichlari iqtisodiy mazmuni bo’yicha tizim sifatida tavsiflanmagan. Ko’rsatkichlar haqida to’g’ri xulosa chiqarish uchun, eng avvalo, ularni ilmiy asoslangan holda tasniflash kerak.
Bu borada iqtisodchi olimlardan M. Q. Pardaev va B. I. Isroilovlarning tavsiyalarini diqqatga sazovor deb hisobladik. Ularning tavsiyalariga ko’ra, rentabellikni ifodalovchi ko’rsatkichlar iqtisodiy mazmuni bo’yicha to’rt guruhga bo’linadi: ishchanlik bilan bog’liq umumiy rentabellik ko’rsatkichlari, iqtisodiy salohiyat bilan bog’liq rentabellik ko’rsatkichlari, moliyaviy salohiyat bilan bog’liq rentabellik ko’rsatkichlari va moliyaviy bozordagi faollik bilan bog’liq rentabellik ko’rsatkichlari. Ularning tasnifi keltirilgan.
Rentabellikni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimi 4 guruhdan iborat. Lekin har bir guruhga kiritilgan ko’rsatkichlar o’z navbatida yana bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Masalan, chetdan jalb qilingan qarz mablag’lari (Chjqqm) bilan bog’liq rentabellik ko’rsatkichi yana ikkiga: uzoq muddatga chetdan jalb qilingan qarz mablag’lari







Download 46.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling