Ырмондан фойдаланиш щу=У=И


O`rmondan foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari


Download 33.88 Kb.
bet2/4
Sana17.10.2023
Hajmi33.88 Kb.
#1707047
1   2   3   4
Bog'liq
O`rmondan foydalanish huquqi

2. O`rmondan foydalanish huquqining vujudga kelish asoslari.

Urmon fondidan foydalanish tartibi O`zbekiston Respublikasining O`rmon to`g`risidagi qonun bilan tartibga solinadi. Unga ko`ra, o`rmonlarning berish va foydalanishtartibi quyidagicha belgilangan, o`rmonlardan foydalanish (19-modda), o`rmonlardan foydalanish turlari (25-modda), ovchilik maqsadida foydalanish (28-modda), o`rmondan qo`shimcha tarzda foydalanish (27-modda) va boshqalar.


O`rmon fondini taksimlash va qayta taqsimlash uning uchastkalarini o`rmondan foydalanuvchi ma`lum shaxslarga berish va ularning ba`zilardan olib quyish tartibida amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham o`rmondan foydalanuvchi bo`lishlari mumkin. Davlat o`rmon xo`jaligi organlarining qarori o`rmonlarni foydalanish uchun berishning asosi bo`lib xizmat qiladi. Ijara tug`risida shartnoma o`rmondan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. O`rmonlar qisqa muddatga foydalanish uchun berilganda esa o`rmon kesish chiptasi yoki order beriladi.
O`rmonlarni foydalanish uchun berish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 1) chegaralarni belgilash va o`rmon xo`jaligi yoki o`rmonchilik uchastkasi o`rmon xo`jaligining ma`muriy-hududiy bo`linmasi) ga qarashli o`rmon fondining hududini tashkilashtirish; 2) o`rmonlarni xaritaga chizish hamda topografiya – geodeziya masalalari bo`yicha zaruriy ishlarni amalga oshirish; 3) o`rmondagi daraxtlarning turlari va ularning yoshini aniqlash, ularning holati va xo`jalikda foydalanish masalalarini anihlash uchun o`rmon fondini inventarizatsiya qilish; 4) o`rmon fondidagi turli xo`jalik va boshqa tadbirlarni o`tkazilishi lozim bo`lgan uchastkalarni aniqlash; 5) o`rmonlarni guruhlarga bo`lish hamda ba`zi o`rmonlarni bir guruhdan ikkinchi guruhga o`tkazish masalalari bo`yicha takliflar tayyerlash va ularni asoslabberish; 6) asosiy va ishlab chiqarishda foydalanish maqsadida kesiladigan daraxtlarni hisob-kitob qilish; 7) o`rmonlarni barpo etish, o`rmonlarni qayta tiklash, o`rmonlarni yong`indan muhofaza qilish, o`rmonlarni turli zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish, boshqa xildagi o`rmon xo`jaligi ishlarini amalga oshirishyuzasidan o`tkaziladigan tadbirlarning turlari va hajmlarini aniqlash; 8) o`rmonlardan qo`shimcha foydalanish hajmlarini, ikkinchi darajali o`rmon materiallarini tayyorlash hajmlarini, o`rmonlarda ov hilish miqdorini, ulardan sayyohlik, madaniy-sog`lomlashtirish, sport va boshqa tadbirlarni o`tkazish mAqsadlarida foydalanish hajmlarini aniqlash.



Download 33.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling