Ырмондан фойдаланиш щу=У=И
O`rmonlardan foydalanish huquqi mazmuni
Download 33.88 Kb.
|
O`rmondan foydalanish huquqi
3.O`rmonlardan foydalanish huquqi mazmuni.
O`rmondan foydalanish huquqining mazmuni o`rmondan foydalanuvchi subyektlarga taalluqli bo`lgan huquq va majburiyatlar yig`indisidan iborat. Avvalo shuni aytish kerakki, o`rmon huquqIy munosabatlar mazmuni uchta elementdan o`rmonni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqidan iborat bo`ladi. Demak, o`rmon huquqIy munosabatlari subyektlarining, jumladan o`rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari mazmuni o`rmonni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf hiqish huquqlari bilan xarakterlanadi, ya`ni o`rmondan foydalanuvchilar yuqoridagi sanalgan huquqlarga ega bo`lishlari mumkin. Harakatdagi o`rmon qonunchiligimizga ko`ra o`rmondan foydalanuvchilar o`rmonni tasarruf hilish huquqiy ega emaslar. Bu huquq faqat o`rmonning egasi bo`lmish davlatda saqlanib qoladi. Demak, o`rmondan foydalanuvchi subyektlarga xo`jalik faoliyati yuritish uchun o`rmon berilganda unga nisbatan mulk huquqi davlatda saqlanib qoladi va huch vaqt ikkinchi tomonga o`tmaydi. Kunday ekan o`rmondan foydalanuvchilar o`rmonning mulk huquqi asosida egasi hisoblanmaydilar va tasarruf qilish huquqlariga ega bo`lmaydilar. Kundan kelib chiqqan holda va «O`rmon to`g`qrisida »gi qonunning 7-moddasiga asoslangan holda aytish mumkinki, o`rmondan foydalanuvchi subyektlar faqat o`rmonni egallash va undan foydalanish huquqiga egadirlar. O`rmondan foydalanuvchi subyektlarning o`rmon bog`liq bo`lgan munosabatlarida o`rmonga egalik huquqi muhim ahamiyat kasb etadi. Egalik qilish huquqi adabiyotlarda o`rmon uchastkasiga amaliy qukmronlik qilish, deb ta`riflanadi. Bu huquq orqali o`rmondan foydalanish huquqi subyektlari o`zlarini batamom o`rmonning «xo`jayini» sifatida xis etadilar. O`rmonga egalik huquqi tufayli o`rmondan foydalanuvchilar qonunda belgilangan tartibda undan mustaqil tarzda foydalanishlari mumkin bo`ladi. O`rmonga nisbatan egalik huquqi undan foydalanish huquqini ham keltirib chiqaradi. O`rmonni egallamasdan turib undan foydalanib bo`lmaydi. Kuning uchun ularni ko`p jihatdan bir-biri bilan uzviy bog`liq deyish mumkin. O`rmondan foydalanish huquqi mazmuni haqida fikr yuritganda, bu huquqni cheklash, tugatilishi masalalariga to`xtalib o`tish kerak. Foydalanish huquqini cheklash ikki turga bulinadi: to`liq cheklash va qisman cheklash. Huquqni cheklashning asosiy maqsadi o`rmonning qonunda berilgan maqomini ta`minlash va muhofaza rejimini ta`minlash, o`rmondan foydalanish huquqini cheklash natijasida o`zgarib turishi mumkin. Bu o`zgarishlar o`z-o`zidan, boshboshdoklik bilan emas, balki qonunda belgilangan, ko`rsatilgan tartibda ro`y berishi lozim. Ma`lumki, o`rmondan foydalanuvchilarning o`rmondan foydalanishlari har xil zaruriyatga ko`ra o`zgarib turishi mumkin. Chunonchi, ularning o`rmonga egalik qilish va foydalanish huquqi boshqa subyektga o`tishi yoki berilgan o`rmon maydoni qisqartirilishi yoxud umuman davlat va jamoat ehtiyojlari uchun qaytarib olinishi, yoki bo`lmasa o`rmon tashkiloti tugatilishi mumkin. Bunday holatlar o`romndan foydalanish huquqining o`zgarishiga emas, balki ularning o`rmondan foydalanish huquqining bekor bo`lishiga olib keladi.Yoki o`rmondan foydalanuvchi foydalanib kelayotgan o`rmon maydoniga yana ma`lum miqdorda o`rmon maydonlari qo`shib berilsa, yoki bo`lmasa foydalanilayotgan o`rmon maydoniga nisbatan foydalanish huquqi vujudga kelsa, olib qo`yilgan o`rmon maydoniga nisbatan esa foydalanish huquqi tugaydi, ya`ni bekor bo`ladi. Ma`lumki, davlat ahamiyatiga molik o`rmonlar hamda boshqa idoralar va yuridik shaxslar ixtiyoridagi o`rionlar foydalanish jarayonida uzluksiz yaxshilanib borishi yoki foydalanishga yaroqsoz holatiga ham tushib qolishi mumkin. Bu holat o`rmondan foydalanish maqsadini o`zgartirishga olib kelishi, bir turdagi o`rmon maydonini ikkinchi turga aylantirishga sabab bo`lishi mumkin. Bunda o`rmondan foydalanish bekor qilinmaydi, yoxud o`rmondan foydalanish yangidan vujudga kelamydi, shuningdek o`rmondan foydalanish subyektlari o`zgarmaydi, o`rmon maydonlarining miqdori ham o`zgarishsiz qoladi, faqat o`rmondan foydalanish maqsadi o`zgaradi. Ku bilan birgalikda, o`romndan foydalanish huquqiy holati ham o`zgaradi. Bu esa muhim xo`jalik va huquqiy ahamiyatga ega. Bir turdagi o`rmon maydonining ikkinchi turga aylantirilishi shunday yuridik fakt hisoblanadiki, bu Bilan o`rmondan foydalanish huquqi mazmuniga qonunchilik ma`lum o`zgarishlar belgilaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, o`rmondan foydalanishda subyektlarning almashishi, yoki o`rmon maydoni miqdorining ko`payishi yo kamayishi va boshqalar undan foydalanish huquqi mazmunining o`zgarishiga olib kelmaydi. O`rmondan foydalanish huquqi mazmunining o`zgarishi deganda foydalanishda bo`lgan o`rmon maydonlarining bir tonfadan ikkinchi tonfaga o`tishi, ayrim maydonlardan foydalanish rejimining o`zgarishi tushuniladi. O`rmonlardan foydalanish huquqi mazmuni to`g`risida gapirganda shunday huquq subyektlarining huquq va majburiyatlariga alohida to`xtalib o`tish lozim. O`rmondan foydalanuvchilarning konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlari barcha huquq va majburiyatlar ichida muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Konstitutsiyasi yuridik va jismoniy shaxslarning o`rmondan foydalanish bo`yicha eng asosiy huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasiga ko`rsatilishicha, yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir; ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir. Konstitutsiyado` belgilangan boshqa bir tamoyilga binoan mulkdan foydalanuvchi barcha subyektlar ekologik muhitga ziyon yetkazmasliklari, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning qonun Bilan qo`riqlanadigan manfaatlari va huquqlarini buzmasliklari kerak (54-modda) Konstitutsiyaning 100-moddasida tabiatni maxofaza qilish va samarali foydalanish, degan iboraning qisqartirilgan shakli bo`lgan «atrof- muhitni muhofaza qilish» tushunchasi berilgan. Bu yerda atrof-muhitni muhofaza qilish mahalliy hokimiyat organlari vakolatining ajralmas qismi sifatida berilgan. Kunday qilib, O`zbekiston Respublikasi Konstiutsiyasida atrof-muhit muhofazasiga tegishli uch xil ifoda, ya`ni «tabiiy muhitni muhofaza qilish» (50-modda). «Ekologik ziyon» (54-modda) va «atrof-muhitni muhofaza qilish» (100-modda) uchraydi. Konstitutsiyaviy asosiy qoidalardan kelib chiqib tarmoq qonunchiligi ham tabiat boyliklari, xususan o`rmonlardan foydalanish huquqi mazmunini, ya`ni o`rmon munosabatlari subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida»gi qonunning 12-moddasida ko`rsatilishicha, O`zbekiston Respublikasi aholisi o`z salomatligi uchun qo`lay tabiiy muhitda yashash, o`z salomatligini atrof-muhitning zararli ta`siridan muhofaza qilish huquqiga ega. Fuqarolar tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga extiyotlik Bilan munosabatda bo`lishi, ekologiya talablariga rioya qilishlari shart. O`rmondan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilashda tarmoq huquq sohalari ichida muhim o`rinni yer qonunchiligi egallaydi. O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksida o`rmon fondi yerlaridan foydalanishda yerdan foydalanuvchining asosiy huquq va majburiyatlari ko`rsatib berilgan. Yerdan foydalanuvchilarga berilgan umumiy huquq va majburiyatlar bevosita o`rmon fondi yerlaridan foydalanuvchilarga ham taluqli bo`ladi. Chunonchi, O`zbekiston Respublikasi Yer kodeksida ko`rsatilishicha, yerdan foydalanuvchilar yer uchastkasida mustaqil xo`jalik faoliyatini amalga oshirish, har xil imorat va inshootlar kurish, yerning foydali xususiyatlarini o`zlashtirish, yer ostidagi va ustidagi boyliklardan foydalanish va boshqa qator huquqLarga ega bo`lsalarda, yerdan samarali va oqilona foydalanish, yerni ifloslantirmaslik, suv va shamol eroziyasiga uchratmaslik, yerdan xo`jasizlarcha foydalanmaslik, yerni talon-taroj qilmaslik, yer haqini o`z vaqtida to`lab turish va shunga o`xshash bir qator majburiyatlarga ham egadirlar. O`romndan foydalanish huquqi mazmunini aniqlashda o`rmon qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirda harakatdagi O`zbekiston Respublikasining «O`rmon to`g`risida»gi qonuniga ko`ra, davlat o`rmon fondi egalari egalik qili shva foydalanishga berilgan davlat o`rmon fondi yerlarida o`rmon xo`jaligini mustaqil olib borish, o`rmon daraxtlarini eki shva o`rmon xo`jaligini yuritish bilan bog`liq bo`lgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish, suv xo`jaligi tomonidan belgilangan limitlar miqyosida sug`orish maqsadida suv resurslaridan va davlat o`rmon fondi yerlaridan foydalanish, o`simlik va hayvonot dunyosidan, hamda umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish, ishlab chiqilgan mahsulot va daromadiga mulkdorlik qilish huquqlariga egadirirlar. Ku bilan birga qonunda davlat o`rmon fondi egalarining majburiyatlari ham o`rnatilgan. Unga ko`ra, davlat o`rmon fondi egalari o`rmonlarni uzlusiz ko`paytirish, o`simlik va hayvonot dunyosini qo`riqlash, o`rmonlarning sanitar holatini va o`rmon tuprog`ini xosildorligini yaxshilash va muhofaza qilish, o`rmondan foydalanishni to`g`ri tashkil qilish, o`rmon hisob-kitobini yuritish, o`rmonning o`simlik va hayvonot resurslaridan, shuningdek uning foydali tabiiy xususiyatlaridan ilmiy asoslangan o`lchovlar asosida samarali va oqilona foydalanish kabilarga majburdilar. Bundan tashqarii, o`rmon resurslaridan foydalanuvchilar o`rmondan foydalanish ishlarini ruxsatnoma xo`jjatlarida ko`rsatilgan muddatda, foydalanish turi va obyektlar miqyosida amalga oshirish, belgilangan tartibda yo`llar o`tkazish, mahsulot saqlash uchun maydonchalarni jihozlash, ishlab chiqarish va xo`jalik kurilmalarini tiklash, mahsulotni qayta ishlash uchun moslamalar o`rnatish, transport to`xtash joylarini ti`mirlash, yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o`rmon yerlaridan oqilona foydalanish, yong`in xavfsizligiga rioya qilish, ish joylarida yong`inga qarshi tadbirlarni qurish, o`z vaqtida haqini to`lash hamda o`rmon fondi yerlarining ijarasi haqidagi shartnoma shartlarini bajarish, zarar yetkazilgan o`rmon fondi yerlarini maqsadli foydalanish uchun yaroqli holatga keltirishga ham majburdirlar. O`zbekiston Respublikasining «O`rmon to`g`risida»gi qonunida o`romnlardan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari subyektlarining xarakterli xususiyatlariga qarab turlarga ajratib belgilangan. Chunonchi, «O`rmon to`g`risida»gi qonunning 21-moddasida o`rmondan doimiy foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari sanab ko`rsatilgan. Unga ko`ra o`rmondan doimiy foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: davlat o`rmon fondining o`zlariga berib qo`yilgan uchastkalarida o`rmon xo`jaligini mustaqil yuritish; o`rmon fondi yerlaridan suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan o`rmon xo`jaligi ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish; belgilangan tartibda yo`l ochib, o`rmon mahsulotlarini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish va uy-joy binolari hamda inshootlari qurish; tayyorlangan mahsulotga va uni sotishdan olingan daromadga mulkdor bo`lish. Ku bilan birga o`rmondan doimiy foydalanuvchilarga majburiyatlar ham yuklatilgan. Bular: o`rmonlarni muhofaza qilish, qo`riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko`paytirishni ta`minlash, o`rmonlarning davlat hisobini olib borish; o`rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko`paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta`sir ko`rsatishga yo`l quymadigan usullar Bilan ish olib borish; o`rmonlardan foydalanishlik uchun o`z vaqtida haq to`lash; alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini ta`minlash; o`rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmaslikdan iborat. O`zbekiston Respublikasi «O`rmon to`g`risida»gi qonuni o`rmondan vaqtinchalik foydalanuvchi subyektlarning ham huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Ku qonunning 22-moddasiga ko`ra, o`rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega bo`ladilar: o`rmondan foydalanish; belgilangan tartibda yo`l ochish; o`rmon muhsulotlarini joylashtirish uchun maydonchalar jihoxlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish. O`rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar quyidagi majburiyatlarga ega; o`zlariga berib qo`yilgan yaylovlar, pichanzorlar va boshqa o`rmonzorlardan oqilona foydalanish; o`rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko`paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta`sir ko`rsatishga yo`l qo`ymaydigan usullar bilan ish olib borish; o`rmondan foydalanganlik uchun, o`z vaqtida haq to`lash; o`rmondan foydalanuvchi boshqa shaxslarning huquqlirini buzmaslik va boshqalar. O`rmondan foydalanuvchi subyektlarning o`z huquq va majburiyatlari maxzmunini yaxshi anglab yetishlari hamda unga rioya qilishlari o`rmonlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etish, o`rmon qonunchiligi talablarini bajarishga, ushbu talablarni buzmaslikka xizmat qiladi. Download 33.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling