Progeriya( erta qaruvchan) kasalligi Poligen nasl kasalliklari - Poligen nasl kasalliklarining mutatsiyaga uchragan (kasallangan) genlari ota-onadan, ularning avlodidan, keyingi avlodlarga beriladi. Bu kasalliklarning belgilari chaqaloqda va bolalik davrlarida namoyon bo`lmaydi.
- Bolaning yoshi ulg`ayganda, ya`ni o`smirlik, yigitlik, katta odam yoshida, hatto keksalik davrida, uning hayoti jarayonida tashqi muhitning noqulay ta`sirlari (kimyoviy, fizikaviy, biologik, ayniqsa, psixogen ta`sirlar) natijasida yashirin shaklda saqlanayotgan mutatsiyaga uchragan genlar, faollashib, yuqorida ko`rsatilgan poligen nasl kasalliklarining bitta, ikkita, hatto uchta turini mazkur odamda yuzaga keltirishi mumkin.Shuning uchun ham qandli diabet, ateroskleroz, gipertoniya, glaukoma va boshqa poligen nasl kasalliklari hamma odamlarda ham paydo bo`lavermaydi.Bu kasalliklarni paydo bo`lishi uchun birinchidan, shu kasallikni vujudga keltiradigan mutatsiyaga uchragan genlar, mazkur odamning avlodida bo`lgan va mazkur odamning otasi yoki onasining jinsiy hujayralaridagi mutatsiyaga uchragan genlar orqali beriladi.
Ikkinchidan, shu odamning hayoti jarayonida, unga tashqi muhitning noqulay faktorlari ta`siri tufayli, ayniqsa, uning sog`lom turmush tarzi qoidalariga amal qilmasligi tufayli yashirin holda saqlanayotgan, mutatsiyaga uchragan genlar faollashib, yuqoridagi kasalliklarni vujudga keltiradi. - Ikkinchidan, shu odamning hayoti jarayonida, unga tashqi muhitning noqulay faktorlari ta`siri tufayli, ayniqsa, uning sog`lom turmush tarzi qoidalariga amal qilmasligi tufayli yashirin holda saqlanayotgan, mutatsiyaga uchragan genlar faollashib, yuqoridagi kasalliklarni vujudga keltiradi.
- Poligen nasl kasalliklarini davolashga oid ma`lumotlar mazkur kasalliklarga taaluqli mavzularda batafsil beriladi.
Tug‘ma kasalliklar - Tug‘ma kasalliklarning yuzaga kelishi xromasoma va genlarning mutatsiyalanishi bilan bog`liq emas, ya`ni ular ota-onadan nasl orqali berilmaydi.
- Tug‘ma kasalliklar ayolning homiladorlik davrida ayrim yuqumli kasalliklar, ayniqsa, nizomiq, sitomegaliya, gripp bilan kasallanishi, shuningdek, unga kimyoviy va dori moddalarning zararli ta`sirining asorati sifatida yuzaga keladi.
- Tug‘ma kasalliklarning ko`pchiligini tug`ma norasoliklar tashkil etadi. Masalan, egizaklar tanasini bir-biriga yopishgan holda tug`ilishi (Siam egizaklari), yurakning tug`ma poroklari, lab tirtiqligi, tanglayda teshikni bo`lishi kabilar.
- Bulardan tashqari, homilador ayol yuqumli kasallik bilan xastalangan bo`lsa, shu kasallikni qo`zg`atuvchi mikrob (virus) kindik qoni orqali homilaga o`tishi tufayli chaqaloqning yuqumli kasallik bilan xastalangan holatda tug`ilishi. Masalan, sitomegaliya, OITS, sil kasalliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |