Irsiy (nasl) kasalliklarning yuqorida aytilganidek, avloddan-avlodga o`tishidan tashqari, har bir odamning yashash jarayonida ichki jinsiy a`zosi kasallanishi (yallig`lanishi), turli xil kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi tufayli unda ishlab chiqariladigan jinsiy hujayralar (erkakda spermatozoid, ayolda tuxum hujayra) yadrosidagi 23 tadan xromasomaning qaysi biridir va uning tarkibidagi ko`plab genlarning qaysi biridir mutatsiyaga uchrashi mumkin. Natijada, mazkur ayol va erkak jinsiy hujayrasining urug`lanishidan paydo bo`lgan homilada xromasoma yoki genetik kasallik yuzaga kelishi mumkin. Vaholanki, bu shaxsning avlodida bunday kasallik bo`lmasa ham. - Irsiy (nasl) kasalliklarning yuqorida aytilganidek, avloddan-avlodga o`tishidan tashqari, har bir odamning yashash jarayonida ichki jinsiy a`zosi kasallanishi (yallig`lanishi), turli xil kimyoviy moddalar bilan zaharlanishi tufayli unda ishlab chiqariladigan jinsiy hujayralar (erkakda spermatozoid, ayolda tuxum hujayra) yadrosidagi 23 tadan xromasomaning qaysi biridir va uning tarkibidagi ko`plab genlarning qaysi biridir mutatsiyaga uchrashi mumkin. Natijada, mazkur ayol va erkak jinsiy hujayrasining urug`lanishidan paydo bo`lgan homilada xromasoma yoki genetik kasallik yuzaga kelishi mumkin. Vaholanki, bu shaxsning avlodida bunday kasallik bo`lmasa ham.
- Shu bois, har bir yigit va qiz yosh bolalik davridan boshlab, o`zining butun reproduktiv (farzand ko`rish) davrida, ayniqsa ichki jinsiy a`zosini shamollashi (yallig`lanishi) dan extiyot qilishi lozim. Shuningdek, kimyoviy moddalar, narkotiklar, tamaki, spirtli ichimlik kabilardan extiyot bo`lishga alohida e`tabor qaratish lozim.
- Irsiy kasalliklar - genetik informatsiya (irsiy axborot) ning buzilishi natijasida kelib chikadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutatsiyalar tufayli paydo boʻlib, nasldan -naslga oʻtadi. Mutatsiyalar tashqi muhit omillari (ionlashtiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organizm va hujayralardagi salbiy taʼsirlar oqibatida roʻy berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |