Isajon Sultonning


Nazar Eshonqul qissalaridan biriga ixcham taqriz yozing


Download 23.69 Kb.
bet3/3
Sana14.11.2021
Hajmi23.69 Kb.
#174205
1   2   3
3. Nazar Eshonqul qissalaridan biriga ixcham taqriz yozing.

N.Eshonqulning «Urush odamlari» qissasi voqealari hozirgi Qamashi tumanining Tersota qishlog'ida, urushning oxirgi yilida kechadi. Shuni aytish kerakki, qissa bir o‘qishdayoq o'quvchi ko'ngliga chippa yopishadigan, uni befarq qoldirishi mumkin bo‘lmagan asariardan. Albatta, qissada keskin dramatizmga yo‘g‘rilgan hayotiy holatning qalamga olingani, urush atalmish olamiy fojianing kichik bir qishloq ahli hayoti misolida akslantirilgani bunda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayni paytda, o‘quvchining asar ruhiga kirishi, betakror fe’l-sajiyali tersotaliklarga hamdard-u hamnafas bo'lib qolishida uning tili ham g'oyat muhim. Qissani o‘qiganda «xalq ruhi tilda aks etadi» degan gapning shunchaki lutf emasligiga amin bo'ladi kishi. Ilk sahifalarda eshitilgan - Normatning urushdan qaytishi munosabati bilan uyushtirilgan to‘ychiqdagi yosh bolalar kurashi qo‘zg‘agan shavq-u tarafkashlik ifodasi bolmish luqmalar, pardali yo behayo ekaniga hukm qilishga shoshib qolinadigan tagdor hazillar-u qochirimlar- bari sodda samimiyatdan, xalqonalikdan darak. Kurashda g‘olib bolakay qo‘llagan usulning mana bu tarzda olqishlanishi haqida ham shunday deyishga tola asos bor. Tersota turmushiga xos tushuncha - qishloq chorvasini navbat bilan har kuni bir xonadon vakilining boqishi nazarda tutilyaptiki, navbati kelganda Biydi momo ham podachilik qilgani aytilmoqda. Yoki boshqa bir o'rinda Biydi momo «sarg'ayib ketgan junni oldidagi taroqdan o'tkazib olmoqda edi» deyiladi. Bunda «taroqdan o‘tkazish» junni ipga aylantirish jarayonidagi bir bosqichni anglatadi, ya’ni Biydi momo turmushida chorva keng o‘rin tutgan tersotalik ayollar uchun odatiy mashg'uiot bilan band ekan. E’tibor berilsa, keltirilgan parchalarda umumiste’moldagi «navbat» va «taroq» so'zlarining shevaga xos ma’nolari aktuallashgani ko'riladi. «Normat hayotining Keldiyor so‘pi bilan tutash qismiga go'ng tashiy boshladi» degan jumlani 0‘qiganda beixtiyor «hayot» so'zining tersotaliklar shevasida anglatadigan «tomorqa, bog'cha» ma’noiari bilan adabiy tildagi ma’nosi orasidagi aloqa qandayligini o'ylab qolasan. Eng avval «peshana teri bilan non topib yemoqni hayot deb bilganlar-da!» degan o‘y keladi-da, shu xulosada taq to'xtab qolishni istab qolasan. Yoki o'Iimini bo'yniga olib qo'ygan Anziratning «Agar men dumalab ketsam, Xolmat bilan Hojar hovara qolmasin, opajon...» deya zorlanishi-chi?! Ayol «o‘lsam» demaydi - «dumalab ketsam» deydi: tog‘dan tubsiz jarlikka dumalagancha go‘yo yo'qlikka singib ketgan toshga mengzaydi olimni. Sag'irlarim qarovsiz qolmasin demaydi, yo‘q, «hovar»da - kimsasiz bir maydonda qolishmasin deydi. Qarang, oddiy odamlar nutqida poeziya bor: fikrlashlarida obrazlilik, metaforiklik kuzatiladi. Bu hol esa ularni qadim ajdodlar bilan bog'lab turgan tomirlar nihoyatda baquwat ekanidan, o‘zlarining asliga – tabiatga yaqinligidan dalolatdir. Shevalar adabiy tilning so‘z xazinasini toldiradigan engboy manba sanaladi. Boisi, shevada adabiy tildagi ko‘plab so'zlarning muqobili bor. Masalan, «Urush odamlari»ning o'quvchisi Biydi momo kelinlarini «Bir vaqtlari o‘n beshíalab inakka o'zim qaragich edim...» deya yozg’irganida, «inak» - «sigir», Normat shu kampirga «jezdam tushingizga kirdimi» deya hazilnamo so‘z qotganda esa «jezda» -«pochcha» ma’nosini berishi kuzatiladi. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidiash zarur: badiiy adabiyot miiliy tilimizdagi so‘z javohirlarini avaylab asrovchi xazinabon vazifasini o‘taydi. Sababi, adabiy til me’yorlarining ommalashishiga mosholda sheva xususiyatlarining kamayishi kuzatiladiki, bu - qonuniyat maqomidagi hodísadir. Aytaylik, N.Eshonqul «Urush odamlari»ni o'ttiz yillar ilgari yozgan bolsa, o'sha vaqtlartersotaliklartilida qo'liangan ko'plab so'zlarning hozirda iste’moldan chiqqan, unutilgan bo'lishi tayin. Demak, ijodkor o‘zi mansub sheva xususiyatlarini oqilona me’yor darajasida va mohirlik bilan aks ettirsa, ularni mangulikka muhrlagan bo‘ladi. Buning ahamiyatini esa, masalan, qissada qo'liangan o'shak, o'shakchi so‘zlari misolida ko'rish murnkin. Dastlab, Biydi momo «Tursunoy guj-gujni o'shakligi uchun yoqtirmasligi» haqida xabar topganida, o‘quvchi Tursunoyning fe’l-amalidan kelib chiqib bu so‘z «g‘iybat qiluvchi», «gap tashuvchi» kabi ma’nolarni anglatishini tusmollab biladi. Keyinroq, Normat Biydi momoga «Agar shu martayam o'shak surgan bo'lsang, kelib sen yalmog'izni otaman» deya tahdid qilganida esa so‘z ma’nosi birmuncha konkretlashadi - unda «g'iybat» ma’nosining ustuvorligi anglashiladi. Ayon boladiki, tushunchani ifodalovchi asi turkiy so‘z mavjud bo'lgani holda o‘zbek adabiy tilida uning arabiy muqobiü ishlatilar ekan. Shunga o‘xshash, o'jar qat’iyat bilan Anziratga o‘lim talab qilib turib oigan Biydi momoga Sharif chavandoz tahdid-ia do‘q uradi: «Ayg'oqilik qilmang...» Ma’lum bo‘lishicha, o‘zi haq bo‘lmagani holda biíta fikrda qattiq turib olish «ayg‘oqilik» deyilar ekan. Xuddi shu tushunchani anglatuvchi boshqa so‘z esa adabiy tilimizda mavjud emas, shu sababli uni bir necha so‘z bilan ifodalashga majburmiz. Holbuki, agar bu so'z adabiy til mulkiga aylansa, ommalashtirilsa, tilimizning ifoda imkoniyatlari kengaygan bo‘lur edi.
Download 23.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling