Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet117/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

2.O‘rta adaptasiya – bolaning yurish-turishi yoki emosional holatidagi o‘zgarishlar 15-30 kun ichida me’yoriy holatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik u o‘z vaznini tiklab oladi. MTMga qatnay boshlashidan bir oy mobaynida bir marotaba yengil kasallikka chalinadi va 7-10 kun MTMga kelmasligi mumkin.
3.Og‘ir adaptasiya shunda namoyon bo‘ladiki bolalarda tez-tez qaytadan kasal bo‘lish kuzatiladi va u kasalliklar ba’zi hollarda jiddiy tus olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu holatda adaptasiya bir oydan ziyod vaqtga cho‘ziladi, rivojlanish va sog‘liq ko‘rsatgichlarida noxush holatlar ham namoyon bo‘ladi.
Adaptasiyaning noxush holatlarini maksimal bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog 9oylikdan 1,5 yoshgacha bo‘lgan bolalar mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir o‘tkazishlarini inobatga olishi lozim. Shuningdek, adaptasiya jarayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari ham og‘irlashtirishi mumkin:

  1. noto‘g‘ri ovqatlanish;

  2. bolani noto‘g‘ri belash;

  3. salbiy odatlar;

  4. yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar;

Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: tashxis, tayyorlov, amaliyot.
Ijtimoiy-gigiyenik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptasiya davrida bir qator muhim parametrlarni, ya’ni kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi.
Birinchi bosqich patronaji xaritasi:
1. Ota-onasi haqida ma’lumotlar:

  • otasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi);

  • onasi (F.I.Sh., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi);

  • onasida homilaning kechishi va bola tug‘ilishi.

2. Maishiy sharoitlari:

  • bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi muassasalarga qatnashadi?


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling