Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- KALIT SO‘ZLAR
- “ Vasiy”
Asosiy savollar
Vasiylik va xomiylik tushunchasi. Vasiylik va xomiylik tarixidan. Vasiylik va xomiylikning me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aks ettirilishi. O’zbekiston va chet ellarda vasiylik va xomiylik KALIT SO‘ZLAR: Vasiylik, xomiylik, yetimlkik, asrab olish, go’daklik, ijtimoiy adaptatsiya, ruxiy faoliyat, ijtimoiy pedagog 1.Xomiylik va vasiylik. Vasiylik – voyaga yetmagan yetim bolalarga ular voyaga yetguncha g’amxo’rlki qilish va ularga qolgan mol- mulkka qarab turish, ya’ni ma’naviy otalik. “ Vasiy” deganda muomalaga layoqatsizlarni, shaxsiy va mulkiy xuquqlarini qo’riqlovchi shaxs tushuniladi. Yetim bolalarga vasiylik qilish ikkki yo’l bilan amalga oshiriladi: bolalikka olish yoki davlat qaramog’iga topshirish. Xomiylik- biror kimsani ximoya etish, tarafini olish. Shuninng uchun “xomiylik” deganda, bu kabi majburiyat zimmasiga yuklatilgan shaxs yoki korxona “xomiy” deyiladi. Shunday qilib, ota ona qaramog’isiz qolgan bolalarga ota onalari: vafot etgan; ota onalik xuquqidan maxrum bo’lgan; bedarak yo’qolgan; muomalaga layoqatsiz; axloq tuzatish kaloniyalarida jazo o’tayotgan; jinoyat sodir etishda ayblanib, xibsda bo’lgan; bola tarbiyasidan bo’yin tovlayotgan; vaqtincha shifo, ijtimoiy maskanlarga joylashtirilgan, biroq olib ketilmayotgan bolalar kiradi. Bolani asrab oluvchi oila bolaning yuridik jixatdan yangi oilasi xisoblanadi. Bola u oilaning familiyasini olish, oila esa unga boshqa ism xam berishi mumkin. Oila bolalikka olingan bolaning barcha xuquq va majburiyatlarini o’z bolalrining xuquq va majburiyatlariga tenglashtiradi. Bolalikka olish bir necha boskichda amalga oshirilishi mumkin bo’lib, bunda avvalo bola shu mintaqada yangi ota va ona topishga xarakat qilinadi, agar buning imkoni topilmasa, u xolda bolalikka oluvchilarni davlatdan tashqaridan qidiriladi. Bola asrab oluvchi ota onalar bolali yoki bolasiz bo’lishi mumkin. Shuningdek, to’liqsiz oilalar yakka shaxslar ham bolaasrab olishi mumkin. Ularni bolani o’z oilasiga qabul qilishga undovchi bir qator sabablar mavjud bo’lib, ular quyidagidan iborat: O’z bolasining vafot etishi; O’z bolasi ulg’aygach yana bolali bo’lish xohishi; Jamiyatda muxtoj bolalarni rahmdillik xissi; Yolg’izlik xissi; Diniy sabab va boshqalar. Bolani oilaga berish avalanbor bunday oilalarni tanlab olish ularni bu faoliyatga tayyorlashning samarali mexanizmini ta’minlaydigan me’yoriy va xuquqiy bazani yaratilishini talab qiladi. Bola asrab oluvchi oilalar va ularda vazifalarning farqlanishiga qaramay, ijtimoiy pedagogning bu oilalar bilan ish yuritishini belgilab beruvchi bir qator bosqichlarga ajratsak bo’ladi: Oilalarni tanlash, ota va onalarni o’qitish, bolalar ta’lim va tarbiyasi masaalasi bo’yicha faoliyatlarining patranajini o’tkazish va boshqalar. Qarovsiz qolgan bolalar oilaviy aloqalarining barbod bo’lishi natijasidir. Dunyo miqyosida ijtimoiy yetimlar soni oshib bormoqda. Shuning uchun davlat, birinchi navbatda bolani oilada saqlab qolish va davlat muassasiga tarbiyalash uchun topshirishning oldini olishga barcha kuchini ishga solish kerak, agar bolani oilada saqlab qolishning iloji bo’lmasa uning uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshirayotganda bolaning etnik guruxi, maxalliy an’anlari bilan bog’liq muhitda qolishi uchun shart va sharaoitlar yaratiladi. Xar bir davlatda bola tarbiyasi va rivolaninshga doir ijtimoiy qarorlar tizimi tarkib topmoqda va mustaxkamlanmoqda. Ularda quyidagi variantlarni kiritsak bo’ladi: bolani o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarish, davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatga bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish. Agar bola bolalalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa unda uning tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug’ullanadi. Бола асраб олувчи ота- оналар Ўз боласи улғайгач яна болали бўлиш хоҳиши; Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling