Repraduktiv funksiya. Bu funksiya nasl davom ettirish bilan bog’liq.
Iqtisodiy funksiya. Ma’lum bir oila a’zolari tomonidan boshqalari uchun modddiy mablag’lar topilishi, voyaga yetmaganlar va qariyalarni moddiy ta’minlash, pul mablag’larni to’plash iqtisodiy funksiyaning asosini tashkil qiladi.
Ijtimoiylashuv funksiyasi. Oila bola shakklanishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy ijtimoiy guruh hisoblanadi.
Xo’jalik-maishiy funksiyasi. Oila jamiyatning asosiy va doimiy xo’jalik negizidir.
Tarbiyaviy funksiyasi. Biz bu funksiyani alohida ajratib ko’rsatamiz. Chunki u bolaning ilk ijtimoiylashuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi.
2. Oilaning ijtimoiy maqomi. Oilaning jamiyatga moslashuvining ko’rsatkichi uning ijtimoiy maqomi, ya’ni oilaning bugungi kundagi holati hisoblanadi. Oila maqomi oila a’zolarining individual tavsiflari majmuasidanshakllanadi. Oilaning to’rtta ijtimoiy maqomi mavjuddir. Ular: ijtimoiy – iqtisodiy, ijtimoiy – ruhiy, ijtimoiy – madaniy hamda vaziyatli – rolli maqomlardir.
Ijtimoiy – iqtisodiy maqom oilaning moddiy holaini belgilaydi. Bu oila daromadlari, yashash ko’rsattkichlarini o’z ichiga oluvchimoddiy ta’minlanganlikdir. Daromadlar yuqori, o’rta past bo’lishi mumkin.
Yuqori daromad va yashash sharoitlari darajasinafaqat maishiy extiyojlarni qondirish imkoniyatini beradi, balki boshqa hizmatlardan foydalanishga ham zamin yaratadi.
O’rta daromad va yashash sharoitlari, minimal ijtimoiy extiyojlarni qondirish bilan birqatorda dam olish, qo’shimcha ta’lim va boshqa imkoniyatlardan foydalanishga ham imkoniyat yaratadi.
Past daromad va yashash sharoitlari darajasi belgilangan me’yorlardan past, kiyim-kechak, yashash joyi to’lovikabi masalalarda ham muammo chiqib turadi.
Psixologik maqom – bu oiladagi psixologik iqlim. Yaxshi iqlim emotsional yaqinlik, hamkorlik teng huquqlilik, bilan tavsiflanadi. Yomon, noxush iqlim esa nizo-janjallar ko’pligida, emotsional noqulayliklarda namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |