Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet107/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Internet ma’lumotlari:

  1. Aim.uz

  2. Ziyo.uz




20-MAVZU:

YETIM BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN FAOLIYAT



Asosiy savollar

        1. Yetimlikning kelib chiqish sabablari.

        2. Yetim bolalarning psixologiyasi.

        3. Bola asrab olgan oila bilan olib boriladigan ijtimoiy pedagogik faoliyat



KALIT SO‘ZLAR: yetim bolalar, bolalar uyi, ijtimoiy pedagogika, adaptatsiya, ijtimoiy yetim, tirik yetim, oila
1.Ota-ona qaramog’ida bo’lmagan bolalar.Xar qanday davlatda, xar qanday jamiyatda xam ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar bo’lgan, xozir xam mavjud keyin xam bo’ladi. Bunday xollarda davlat bu bolalarning rivojlanishini va tarbiyalanishini mas’uliyatini o’z zimmasiga oladi.
Ota-onasini yo’qotgan bola bu, xaqivatlant xam, fojia. Ota onaga ega bo’lish extiyoji bolaning eng kuchli extiyojlaridan biridir. Ota onasiz bolalar o’z o’zidan “yetim” degna maqomni oladilar. “Yetim”va “ijtimoiy yetim”degan tushunchalar bir biridan farq qiladi.
Yetim bolalar bu 18 yoshgacha ota onasining bir yoki ikkovi vafot etgan bolalardir. Ijtimoiy yetim bolalar esa biologik ota onalari boru, biroq ular turli sabablarga ko’ra uning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydilar. Bu holatda ham unga g’amxo’rlik qilishni davlat o’z zimmasiga oladi. Ijtimoiy yetimlik muommosi aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarga xos muammo xisoblanadi.
Bola muammolarini o’rganish bilan shug’ullanayotgan pedagog va psixologlar, xayotining ilk davrlaridanoq yaqinlaridan ajralib qolish bolaning keyingi taqdirini belgilab berishini aniqlashgan. Ota onasidan va umuman yaqinlaridan ayrilib qolish bolalar rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Bolalik insonning ruhiy bardoshligidan , xayotga qiziqishini, maqsadga intiluvchanligini ta’minlovchi asosiy xislatlarning shakllanish davridir. Bu ma’naviy xislatlar betartib shakllanmasdan, ota ona mehri ta’sirida , oilaning bola oldidagi har tomonlama mas’uliyat va majburiyatlaridan kelib chiqib shakllanadi.
Qarovsiz qolgan bolalar oilaviy aloqalarining barbod bo’lishi natijasidir. Dunyo miqyosida ijtimoiy yetimlar soni borgan sari oshib bormoqda. Shuning uchun davlat, birinchi navbatda, bolani oiladagi saqlab qolish va davlat muassasasiga tarbiyalash uchun topshirishning oldini olishga barcha kuchini ishga solish kerak. Agar bolani oilada saqlab qolishning iloji bo’lmasa, uning uchun yangi oila qidiriladi. Biroq bolani yangi oila yoki tarbiya muassasasiga topshiryotganda, bolaning etnik guruhi, maxalliy an’anlar bilan bog’liq muhitda qolishi uchun shar sharaitlar yaratiladi.
Xar bir davlatda bola tarbiyasi va rivojlanishiga doir ijtimoiy qarorlar tizimi tarkib topmoqda va mustaxkamlanmoqda. Ularga quyidagi variantlarni kiritsak bo’ladi: bolan o’z oilasida saqlab qolish, o’z oilasiga qaytarib berish davlat ichida bolalikka olish, boshqa davlatda bolalikka olish, maxsus tarbiya muassasalariga topshirish. Agar bola bolalikka olinmasa yoki qabul qiluvchi oilaga topshirilmasa, unda uning tarbiyasi va rivojlanishi bilan davlat muassasalari shug’ullanadi.
Xayotning uchinchi yilida bola mavxum anglashning ilk belgilari namoyon bo’lishi lozim: bola o’zini shaxs sifatida ajrata boshlaydi, uning nutqi muomala vositasiga aylanishi mumkin. Bola dunyoga kelgach inson tomonidan yaratilgan muxitga tushadi. Kattalarning ta’siri va shaxsiy faoliyat natijasida bolda shu muxitga mos keluvchi yurish turish reaksiyalari paydo bo’ladi. Turli yosh davrlarida bolalar va o’smirlar mikroijtimoiy muhit o’zgarishlariga duch kelishadi vabu o’zgarishlar ularning yurish turishlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Ijtimoiy pedagogning bolalar uyidagi faoliyat bolani ijtimoiy munosabatlariga qo’shish va uning boshqalar muomalasini kengaytirish, insoniy munosabatlariga kirishish qobiliyatini rivojlantirishga yo’nalt irilgan bo’lishi kerak. Ijtimoiy pedagog go’daklari uyi tarbyachilari va boshqa xodimlar bilan yaqin xamkorlik qilib, bolalardagi ijtimoiy adaptatsiya qobiliyatini rivojlantirish metodlarini bilish lozim.




Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling