Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya
Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga ta'siri
Download 1.94 Mb.
|
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023
Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga ta'siri.
Ijtimoiy pedagogika garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30-yillarida boshlangan ijtimoiy tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi. Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun, mamlakat aholisining farovonligi va turmush darajasini ko’tarishga qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko’rishimiz mumkin. Hayot, bozor iqtisodiyotiga o’tish, islohotlar jarayonida ya'ni jamiyat a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o’zgarishlar ro’y bermoqda, fuqarolik jamiyati taraqqayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo’lda o’z yo’lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va qanday ta'sir o’tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir ko’rsatmoqda. Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi: kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi sifatida e’lon qilinishi; aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi; sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi; “Milliy dastur” ning har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy qilinishi. O’zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi birinchi prezident I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o’rin tutmoqda. Ularda insoniylik, mehribonlik o’zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi ko’pgina muammolar- sog’liqni saqlashni, maktab va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yashash va sport majmualarini qurish, ko’p bolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o’zining mustaqil taraqqiyot yo’lini belgilab oldi. Bu yo’l jamiyatimizning kelajagini o’z qo’llariga oluvchi - yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 2020yil 23 sentyabrda “Ta'lim to’g’risida”gi qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda shaxs bosh va markaziy o’rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi. Ta'lim-tarbiya muassalari o’z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to’g’ri xulosa chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko’rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o’rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko’rinib turganidek, ijtimoiy qayotning turli jabhalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o’z ta'sirini ko’rsatadi. Bunga misol tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling