Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet58/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Insonparvarlik tamoyiliga ko’ra:
qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar jamiyatdagi barcha insonlarga hurmat bilan munosabatda bo’lish;
“Mening o’zim hal qilaman” pozitsiyasini tanlashga, o’z muammolarini o’zi hal etishga o’rgatish va yordam berish;
Bolalarga yordam berishni ularga ayanch hissi bilan emas, balki ularning jamiyatga kirishishiga yordam berish asosida bildirish talab etiladi


Insonparvarlik insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir. Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida Insonparvarlik gʻoyalari azaldan keng tarqalgan boʻlib, uning koʻp ming yillik tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Oʻrta osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Ali-sher Navoiy va b. asarlarida Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaati, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, sahovatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi. Insonparvarlik yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor Yevropada Uygʻonish davrida shakllangan. Insonparvarlik g'oyalari Yevropada oʻrta asrlarda insonning kamsitili-shiga, uni xudo va din nomidan haqoratlab inkvizitsiya gulxaniga tashlagan shafqatsiz dindorlarga va ularni qoʻllabquvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi, inson huqukari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon boʻldi (qarang Gumanizm). Insonparvarlik keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, sanʼat va b. sohalarda 14—17-asrlarda Italiyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi. Keyingi asrlar davomida Insonparvarlik g'oyalari gumanizm nomi bilan rivojlandi. Bu atama birinchi marta 19-asr boshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-asrning oʻrtalarigacha jamiyatdagi adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. Ikkinchi jahon urushidan ke-yin jahon taraqqiyotida tub oʻzgarishlar yuz berib, haqiqiy Insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qoʻyildi. Buni BMT, YUNESKO kabi xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlar deklaratsiya va hujjatlarida koʻrish mumkin.



Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling