Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Download 1.94 Mb.
bet54/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo'lgan barqaror aloqalar yig'indisi




Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo'lgan barqaror aloqalar yig'indisi. Tarbiya jarayonining quyidagi qonuniyatlari mavjud:
ijtimoiy muhitning obyektiv va subyektiv omillariga bog'liqligi;
tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog'liqligi;
faoliyat va munosabatni e’tirof etish shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai;
tarbiyalanuvchilaming o'zaro tarbiyaviy ta’siri, o'zaro munosabatlari hamda faol faoliyati о‘rtasidagi bog'lanish;
tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi;

K. Sosinitskiyning fikricha: “Ta’lim prinsiplari umumiy qonuniniyatlar bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonida qat’iy rioya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi”
N.A.. Sorok ta’limning rivojlantiruvchanlik va tarbiyalovchanlik xususiyatlarini qonuniyat sifatida belgilaydi va shular asosida ta’lim prinsiplari xususiyatlarini bayon etadi
Zagvyazinskiy ham o’quv- tarbiya jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va ta’lim prinsiplari o’rtasidagi aloqadorlikni hisobga olib keyingilarini, ya’ni ta’lim prinsiplarini tasnif etadi


Didaktlar ta’lim prinsiplari mohiyatini yoritishda turli nuqtai nazarlarni asos qilib olishgan. K. Sosinitskiyning fikricha: “Ta’lim prinsiplari umumiy qonuniniyatlar bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonida qat’iy rioya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi”. Uning fikricha, har bir prinsip ta’lim jarayonining muayyan komponentiga taaluqli: ko’rsatmalilik prinsipi ta’lim vositalariga, bola shaxsini rivojlantirish prinsipi ta’lim maqsadiga bog’liq. Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni komponentlariga bog’lab bayon etish tendensiyasi - moyilligi Yu. K. Babanskiy2 tadqiqotlarida ham uchraydi: ta’limning ilmiyligi, hayot va ishlab chiqarish bilan bog’liqligi, sistemalilik, izchillik, tushunarlilik prinsiplari ma’lumot mazmuniga ko’ra, onglilik va faollik ta’lim metodlari, vositalarini o’zaro uyg’unlashtirish prinsiplari ta’lm metodlari hamda vositalariga ko’ra, o’quvchilarning indivudial guruh va frontal ishlarini qo’shib olib borish prinsipi ta’lim turlariga ko’ra, bilim va maalakalarning puxtaliga prinsipi ta’lim natijalariga ko’ra belgilanadi. Ta’lim prinsiplarini o’quv-tarbiya jarayoni komponentlari mohiyatidan kelib chiqib belgilash g’oyasi ularga yangicha yondashishdir. Ammo ta’lim prinsiplarini o’quv-tarbiya jarayoni komponentlari asosida belgilash ularning umumiy qoidalar ekanligini inkor qilishga olib keladi. Zero, ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga, barcha o’quv predmetlarini o’qitish masalalariga daxldor umumiy talablar, qodalardir. Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni qonuniyatlari asosida belgilash g’oyasi ham mavjud. N.A. Sorokni ta’limning rivojlantiruvchanlik va tarbiyalovchanlik xususiyatlarini qonuniyat sifatida belgilaydi va shular asosida ta’lim prinsiplari xususiyatlarini bayon etadi. V.I Zagvyazinskiy3 ham o’quv- tarbiya jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va ta’lim prinsiplari o’rtasidagi aloqadorlikni hisobga olib keyingilarini, ya’ni ta’lim prinsiplarini tasnif etadi. Prinsiplarni ta’lim jarayoni qonuniyatlaridan kelib chiqib belgilash, garchand bu ularga yangicha yondashish bo’lsa-da, u mohiyat bilan bilan zaruriyatgi tenglashtirishga hatto almashtirishga olib keladi. Zotan, qonuniyatlar kishiga, uning ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud. Boshqacha aytganda, ular narsaning o’zida, o’rganilayotgan jarayonining tarkibiga amal qiladi. Fanning vazifasi shu qonuniyatlarni izlash, topish va izohlashdan iborat. Ta’lim prinsiplari, birinchi navbatda, amaliyotga, binobarin, zaruriyatga daxldor. Shu tufayli ular ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat etish 4mezonlari sifatida amal qiladi. Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari (individual, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang’ich, o’rta, professional, oliy), sub’ektlari (o’qituvchi, o’quvchilar kollektivi), o’quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlari (ta’limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy qoidalardir. Shuningdek, ular maktab rahbarlari, metodis va inspektorlar, ilmiy-pedagogik izlanishlar olib boruvchi shaxslar, talabalar uchun ham zarur. Bulardan, ta’lim prinsiplarini pedagogik faoliyat bilan mashg’ul kishilarning barchasi o’rganishlari lozim, degan xulosa kelib chiqadi. “Tamoyil” tushunchasi lotincha “asos” degan ma'noni anglatadi. Har bir fan yoki soha o`z tamoyillari asosida rivojlanib boradi. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari pedagogika fanining umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning muammolari uzoq tarixga ega bo`lishiga qaramasdan yevropa, Rossiya va O`zbekistonda aloqida fan sifatida o`zining dastlabki qadamlarini qo`ymoqda. Shuning uchun ham uning tamoyillarini belgilashda ham ancha murakkabliklar vujudga keldi. Shunga qaramasdan, bu fanning quyidagi uchta tamoyilga suyanishi, ya'ni asosga ega ekanligi aniq. Bular: 1) Tabiatga muvofiqlik tamoyili; 2) Madaniyatga muvofiqlik tamoyili; 3) Insonparvarlik tamoyili. Har qanday fan uchun ishlatilgan muayyan koidalardan kelib chiqaligan o’z prinsiplari mavjud. Fanlarda prinsip va qoidalar bizga bog’liq bulmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat befoyda balki ham zararli bo’ladi. Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi, tabiiyki o’z asosida shu fan prinsiplariga tayanadi. Shu prinsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos xususiyatiga ega.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling