Isayeva Guli Parpiyevna ijtimoiy pedagogika 60110100- pedagogika va psixologiya


Sharq uyg'onish davri mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy asarlarida belgilangan ikkita muhim tezis


Download 1.94 Mb.
bet56/126
Sana18.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1566877
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika-o`quv qo`llanma-2023

Sharq uyg'onish davri mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Navoiy asarlarida belgilangan ikkita muhim tezis:
- Shaxs madaniyat orqali shakllanadi
- Har qanday madaniyat asosi, boyligi esa inson



Agar bola o’z me’yorida rivojlangan bo’lsa, u o’sha jamiyat madaniyatini o’zlashtiradi, ya’ni jamiyat bilan integratsiyaga kirishadi. Shu bilan uning o’zi ham o’sha madaniyatning yaratuvchisiga aylanadi. Bu tamoyilga ko’ra bolalarning madaniyatini rivojlanishidagi chekinishlarni hisobga olish hamda ularning ijodkorligini oshirish talab etiladi.



Prezidentimizning ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishning davlatimiz, jamiyatimiz uchun zarur ekanligini isbotlab bergan Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida so’zlagan nutqini keltirishimiz mumkin. Unda farzand tarbiyasida oilaning, oilaga xos an’analar, qadriyatlar va urf-odatlarning bola tarbiyasidagi roli aniq ko’rsatib berilgan: "Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talabalarini anglaydi, his etadi"—deydi Prezidentimiz o’z nutqida. Bunda farzand tarbiyasida oilaning, ota – onaning, atrof-muhitning roli katta ekanligi tasdiqlangan.


3.Insonparvarlik tamoyili “Insonparvarlik” va “odamiylik” so’zlari yunoncha humanus “odamiylik” bir so’zdan kelib chiqqan. Insonparvarlik, odamiylik ma’naviy-axloqiy tushunchalardir. Insonparvarlik g’oyasi antik davr faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar) qarashlarida ilk bor ko’zga tashlanadi. Markaziy Osiyoda insonparvarlik g’oyalari Sharq Uyg’onish davrida keng rivojlandi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, bolani eng avval o’qimishli, saxovatli inson qilib tarbiyalash kerak, zero, salbiy nuqsonlar bolalikdan paydo bo’ladi. Shu bois oilada tarbiyani yo’lga qo’yishda xato qilmaslik zarur.



O’zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda uzluksiz ta’lim tizimi oldida barkamol, har tomonlama rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur vazifa ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo’lish orqali ijobiy hal etiladi. Bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo’lish ularning taqdiri haqida qayg’urish, uning qobiliyatini ko’ra olish, unga ishonish, shuningdek, bolaning xatoga yo’l qo’yish, shaxsiy nuqtai nazarga ega bo’lish huquqini qadrlashni nazarda tutadi. Ta’limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta’minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi, unga hayotda o’z o’rnini topishda yordam ko’rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.




Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling