Isbot qilishdan maqsad nima?
-modda. Dalillarning turlari
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
81-modda. Dalillarning turlari
Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma’lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi. Bu ma’lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. Agar tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan bo‘lsa, ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaxslarning harakatlariga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud bo‘lganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkin. гувoҳ, жaбрлaнувчи, гумoн қилинувчи, aйблaнувчи, судлaнувчининг кўрсaтувлaри далил сифатида Guvoh isbotlovchi axborotning manbai sifatida tergov qili¬nayotgan hodisaning holatlaridan tashkil topadi va shuning uchun uning jinoyat protsessining ishtirokchisi–dalil manbai sifatidagi oʻrnini hech kim bosaolmaydi. Uning almashilmasligi guvohning majburiyatlarini protsessning boshqa ishtirokchilarining majburi¬yatlari bilan bogʻlashga yoʻl qoʻymaydi. Maʼlumki, tergov va sud organlari guvohdan biror fakt boʻyicha maʼlumot olishni rejalashtiradi. Demak, guvoh tergov qilinadigan fakt boʻyicha oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni tergov va sud or¬ganlariga berishi lozim, shuningdek u guvohlik koʻrsatuvining tabiyatini xarakterlovchi oʻziga xos xususiyat hisoblanadi. Guvoh oʻz koʻrsatuvlarida doimo ish uchun ahamiyatli boʻlgan fakt¬ni ifodalashi kerak. Oʻzi kuzatgan holatlar boʻyicha guvohlik koʻr¬satuvi begʻaraz, faktga nisbatan obʼektiv xususiyatlar bilan tafsif¬lanishi lozim. Guvoh ish uchun ahamiyatli faktni qay darajada toʻla va izchillik bilan yoritib bersa, koʻrsatuvlarning qadri shunchalik yuqori boʻladi. Guvohni soʻroq qilish jinoyat ishi boʻyich aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar yuzasidan oʻtkaziladigan tergov harakati hisobla¬nadi. Guvohni soʻroq qilishning samaradorligi dalillarni toʻplash vositasi sifatida koʻpgina holatlarga, yaʼni soʻroq qilishning pro¬sessual tartibi, uni oʻtkazish uchun sharoit yaratuvchi taktik usullar¬ni ishlab chiqish va qoʻllashga bogʻliq. Guvohni soʻroq qilishning taktik usullari ish boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlgan shaxslar doi¬rasini aniqlashdan; soʻroq qilish predmetidan; guvohni soʻroq qilish vaqti, joyi, ketma-ketligidan; ularni chaqirish usulidan; guvohning shaxsini oʻrganishdan; soʻroq qilishda guvohga koʻrsatiladigan huj¬jatlar va dalillarn tanlashdan; maxsus koʻrsatuvlar talab etiladi¬gan savollarni oydinlashtirish va maxsus iboralarni bilishdan iborat. Guvohning sudda ogʻzaki javob berishi sudga nafaqat guvoh koʻr-satuvining mazmunini tekshirish, balki dalil manbasini qabul qilish va baholash imkonini beradi. Guvoh oʻzidagi yozma belgilardan faqatgina xotirada saqlash qiyin boʻlgan raqamlar va boshqa maʼ¬lumotlarga taalluqli boʻlgan hollarda foydalaniladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling